1-mavzu: Kirish. O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifalari, dala ekinlarining umumiy tavsifi va guruhi. Reja


Download 25.57 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi25.57 Kb.
#1137170
Bog'liq
1 Mavzu O‘simlikshunoslik Fanining maqsadi va vazifalari, dala ekinlarining


1-mavzu: Kirish. O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifalari, dala ekinlarining umumiy tavsifi va guruhi.


Reja:
1.O‘simlikshunoslik fanining ahamiyati, maqsadi va vazifasi
2.O‘simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti
3. Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishi.

O‘simlikshunoslik - xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, axolini oziq-ovqat maxsulotlari, chorvachilik uchun em-xashak va engil sanoat ko‘pgina tarmoqlari uchun talab xom ashyo etishtirish maqsadida ekib o‘stirish va tabiatda yovvoi xolda o‘sadigan o‘simliklardan foydalanish masalalari bilan shug‘ulanuvchi fandir


Bu tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvola qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi, muayan agrotexnika tadbirlarini ma’lum muddatlarda o‘tkazish sharoitni xar doim o‘zgarib turishidir. Qishloq xo‘jaligida doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi u saxodagi mutaxxasslardan chuqur va xar tamonlama puxta bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi.
O‘simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog‘liq chorvaga talab qilinadigan ko‘kat, pichan, dag‘al va shirali ozuqalar o‘simliklardan tayyorlanadi. O‘simliklarga talab qilinadagan оrganik o‘g‘itlar chorvachilikning chiqindilaridan olinadi.
O‘simlikshunoslik qadimdan yani zamondan, madaniy o‘simliklar paydo bo‘lishi bilan kelib chiqqan va dehqonchilik bilan chambarchas bog‘likdir. Dastlab dehqonchilik Iroq, Hindistonda, Xitoy, Suriya, Misr, Meksika va Boliviyada markaziy Osiyoda rivojlana boshlangan.
O‘simlikshunoslik fani xozirgi davrda, asosan dala ekinlarini dadqiq etadi. O‘simlikshunoslik agronomiyaning bir bqlimidir Bu fan madaniy ekinlarni guruxlarga bo‘lib, ularnig biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganadi, ekinlar va navlardan mutasil mo‘l xosil olishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi.O‘simlikshunoslik, agrokimyo, dexqonchilik, seleksiya va urug‘chilik, biyokimyo, o‘simliklar fizologiyasi kabi qator fanlar bilan chambarchas bog‘langan.
Demak o‘simlikshunoslik- bu qisholq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib dala ekinlari va o‘rug‘larning biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish, ma’lum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo‘lgan ilg‘or trexnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mo‘ va sifatla xosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradigan fandir.
Dala o‘simliklarini ekib mo‘l va sifatli hosil etishtirishda ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Ekiladigan o‘simliklarning tur va nav xili ko‘paytirilmoqda, har yili yangi-yangi navlar tumanlashtirilmoqda, urug‘shunoslik va urug‘chilik ishlari tashkil etilmoqda.
O‘simlikshunoslik ilmiy fan sifatida. O‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligidagi mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlikshunoslikning rivojlanishi, umuman jamiyatning taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, fanning rivojlanishiga ko‘p olimlar o‘z hissasini qo‘shishgan. Ularning orasida fotosintez jarayonini yoritib bergan K.A.Timiryazev (1843-!920),. o‘simlklarning kelib chiqish markazlarini aniqlagan N.I.Vavilov (1887-1943), dala ekinlarini yangi navlarini yaratgan. P.P.Lukyanenko, V.S.Pustovoyt, E.N.Remeslo, N.V.Sitsin, M.N.Xodjinov va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.
O‘simlikshunoslik fanini rivojlantirishida o‘zbek olimlaridan akademik A.I.Imomaliev, M.V.Muhammadjonov, seleksioner S.M.Mirahmedov, M.A Karimov, 3.3okirov, N.N.Nazirovlar ham o‘z hissalarini qo‘shishgan.O‘simlikshunoslikda ilmiy ish olib borish fizika, kimyo, botanika, tuproqshunos lik meteorologiya Fanlari bilan bog‘langan va bundan tashqari maxsus qishloq xo‘jalik fanlariga asoslanish lozimligini taqozo etadi.
O‘simlikshunoslik fan sifatida o‘z uslubiga ega. Ilmiy ishlar dala vegetatsion va laboratoriya usulida olib boriladi. Dala uslubida ilmiy ishlar ilmgohlarda, oliygohlarda, tajriba rasadxonalarida, maxsus ajratilgan paykallarda olib boriladi. Bu usulda hamma agrotexnik tadbirlar va o‘simliklarning biologik xususiyatlari tekshiriladi. Vegetatsion usulda o‘simliklar idishlarda (maxsus idishlar, chelaklar va boshka idishlarda) o‘stiriladi. Bu tajribalarda o‘simlikning morfologik belgilari va biologik xususiyatlari kuzatiladi va biometrik, fiziologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Labora­toriya usulida ilmiy ish maxsus laboratoriyada olib boriladi.
O‘zbekistonda -.o‘simlikshunoslik bo‘yicha ilmiy ishlar barcha qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot nnstitutlarida, viloyat tajriba rasadxonalarida va oliy o‘quv yurtlarida olib boriladi. O‘zbekiston dalalarida mahalliy olimlar yaratgan navlar ko‘plab ekilmokda. Bu —g‘o‘za, makkajo‘xori, sholi, beda, jo‘xori, bug‘doy, arpa, kartoshka va boshqa ekinlardir.
Hozirgi vaqtda er yuzida juda ko‘p o‘simliklar ekilmoqda. Madaniy o‘simliklarning soni 1500 taga etdi, ammo eng kerakli xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turlarning soni 250 ta.
Ishlab chiqarishda ekilayotgan o‘simliklarning turi har doim ortib boradi, yovvoi turlari madaniylashtiriladi.
Jahon bo‘yicha ekiladigan ekinlarning asosoiy qismini (70%)-don ekinlari tashkil qiladi(bug‘doy,sholi, makkajo‘xori, arpa,suli, javdar).Texnik ekinlaridan g‘o‘za, soya, kartoshka ko‘p ekiladi. Er yuzida ekin maydonlar quyidagicha taqsimlangan: Osiyoda-37%, Evropada-26%, Amerikada-26%
O‘simlik turi va uning navi (nav sifati) ma’lum bir tashqi muhit sharoitida shakllanadi hamda shu sharoitda biologik xususiyati vujudga keladi. Demak, o‘simlikning tashqi muhitga bo‘lgan talabini aniqlash uchun qaysi sharoitda shakllanganini bilish zarur.
Tropik va subtropik mintaqada o‘sgan o‘simlik turlari shu mintaqa sharoitiga talabchan bo‘ladi.Bu mintaqada foydali xarorat yig‘indisi yuqori bo‘ladi, kun va kecha deyarli bir xil bo‘lganligi uchun o‘simliklar qisqa kunli bo‘ladi. qisqa kun o‘simliklar sovuqqa chidamsiz, suvsizlikka chidamli, nordon tuproqlarga chidamsiz, chunki bu mintaqaning tuprog‘i neytral yoki ishqoriy bo‘ladi.O‘suv davrining boshlanishida sekin o‘sadi, ildizi esa avj oladi, shimoliy tumanlarda ekilsa o‘suv davri uzayadi.
SHimoliy mintaqalarda uzun kunli turlar shakllangan. Talab qilinadigan foydali xarorat yig‘indisi kamroq, sovuqqa chidamli, suvsizlikka chidamsiz. O‘suv davrining boshlanishida tez o‘sadi, shimoliy mintaqada o‘suv davri qicqaradi.
Qisqa kun o‘simliklar shimoliy mintaqaga ko‘chirilsa o‘suv davri uzayadi, chunki ontogenez davrida har bir davrini o‘tishiga ma’lum foydali harorat yig‘indisi talab qilinadi.Har bir ekin turiga va naviga faqat o‘zining genotipiga mos foydali harorat yig‘indisi talab qilinadi..Foydali yoki faol harorat 10° dan boshlab hisoblanadi, chunki bu haroratda fiziologik jarayon o‘simlikda normal o‘tadi. Ekinlarga talab qilinadigan foydali xarorat aniqlansa, rivojlanish davrlarini boshlanishini aniq belgilab borish mumkin.Misol uchun, soya o‘simligi maysalanish davridan shonalash davrigacha 1500° faol harorat talab qiladi. SHu xaroratga ega bo‘lmaguncha o‘simlik rivojlanmaydi, faqat o‘sadit va vegetativ massa ko‘payadi. SHonalash davridan dukkak shakllanishgacha 400° foydali harorat talab qilinadi. Ontogenez davrini o‘tishi uchun soyaga 3500° talab qilinadi.
Demak, har bir genotip o‘zi shakllangan mintaqaning ekolgik sharoitining ko‘zgusi bo‘ladi. Murakkab sharoitda shakllangan genotip tashqi sharoitga talabchan bo‘lmaydi. O‘simlik biologiyasini aniqlash uchun shu turning (genotipning) shakllanishiga ta’sir qilgan ekologik sharoitni o‘rganish zarurdir.
O‘simlikning kelib chiqish markazlari 1935 yili ilk bor ulug‘ rus olimi N.I.Vavilov tomonidan aniqlangan. Bu ma’lumot keyinchalik boshqa olimlar tomonidan to‘ldirilib hozir 12-ta gen markazi aniqlangan.
1.Xitoy-YAponiya markazi - Xitoy, Koreya, va YAponiyaning subtropik mintaqasi kiritilgan. Bu mintaqadan soya, bug‘doy, tariq, chumiza, marjumak kelib chiqqan.
2.Indoneziya - Janubiy Xitoy - suli, shakar qamish, meva va sabzavot ekinlari kelib chiqqan.
3.Avstraliya markazi - sholi, g‘o‘za, sebarga, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar kelib chiqqan.
4.Hindiston markazi - sholi, hind bug‘doyi, shakarqamish, g‘o‘za turlari, sabzavot va meva ekinlari kelib chiqqan.
5.Markaziy Osiyo markazi (Tojikiston, O‘zbekiston, Afg‘oniston - bu mintaqa ko‘k no‘xat, mosh, yasmiq, no‘xat, tolali nasha, maxsar, xashaki dukkaklar, afg‘on javdari, qovun, g‘o‘za turlari, ko‘p yillik o‘simliklar vatanidir.
6.Old Osiyo markazi (Tog‘li Turkmaniston, Eron, Kavkaz orti, Kichik Osiyo, Arab YArim oroli) - bu markazdan bug‘doy turlari, arpa, suli, javdar, ko‘k no‘xat, beda, zig‘ir, sabzavot va mevali ekinlar kelib chiqqan.
7.O‘rta Er dengizi markazi (Misr, Suriya, Palastin, Gretsiya, Italiya va O‘rta Er dengizi sohilida joylashgan davlatlar) - bu suli, arpa, bug‘doy turlari, zig‘ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg‘om, turup, piyoz, sarimsoq, ko‘knori, oq xantal kabi ekinlar vatanadir.
8.Afrika markazi - jo‘xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug‘doy turlari, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, g‘o‘za turlari vatanadir.
9.Ovropa-Sibir markazi - tolali zig‘ir, duragay sebarga, beda turlari, kandir, xmel, meva va sabzavot ekinlarining vatanidir.
10.Markaziy Amerika - (Meksika, Gvatemala, Gonduras, Panama) - bu markaz makkajo‘xori, loviya, qovoq, ingichka tolali paxta, shirin kartoshka, maxorka, qalampir, ko‘p yillik o‘simliklar vatanidir.
11.Janubiy Amerika - madaniy kartoshka, tamaki, pomidor, ko‘p yillik arpa, chatnaydigan makkajo‘xori vatanidir.
12.SHimoliy Amerika - arpa turlari, lyupin, kungaboqar, sabzavot va rezavor o‘simliklar vatanidir.
Bu ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 508 ming yildan beri ekilmoqda va o‘z vatanidan uzoq boshqa tuproq-iqlim sharoitga moslashib ketgan evolyutsiya davrida ko‘p o‘simliklarning morfologik va biologik belgilari o‘zgargan.
O‘simliklarning kelib chiqishi, tarqalishi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. O‘simlikshunoslik fani o‘simliklarning dastlabki ekila boshlanishi, tarqalishi, qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
O‘simliklarning kelib chiqish markazlarini bilish asosida biologiyasini, genetikasini va seleksiyasini tadqiqot qilish, shu ekinlardan yuqori hosil etishtirishni boshqarishda yordam beradi va yangi navlarni yaratishda samaradorlikni oshiradi.
O‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi va hosilning sifati hamda miqdoriga tashqi muhit omillari birgalikda ta’sir qiladi, ammo biri birining o‘rnini bosa olmaydi. Masalan, suv ko‘p bo‘lgani bilan yorug‘lik etishmasa, o‘simlikda generativ organlar shakllanmaydi yoki azot miqdori etarli bo‘lgani bilan fosfor etarli bo‘lmasa, o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi.
Har bir sharoitda hosilning shakllanishi, uning miqdori, sifati, etishmaydigan omilga bog‘lanib qoladi. Ma’lum bir sharoitda tashqi omil ko‘rsatkichlari muqobil darajada bo‘lganida o‘simlik yaxshi o‘sib rivojlanadi va yuqori hosil shakllanadi. Tashqi omillarning bir qismini inson boshqara olmaydi, bir qismini qisman boshqaradi va ayrimlarini boshqara oladi.
Hosilga ta’sir qiladigan omillarni uch guruhga bo‘lish mumkin:
1.Boshqarilmaydigan omillar - issiq haroratning davom etishi, kechki sovuqning tushishi, quyosh nurining ta’siri, foydali harorat yig‘indisi, shamol tezligi, havoning nisbiy namligi, yog‘ingarchilik miqdori, yog‘ingarchilikning oyma-oy taqsimlanishi, yog‘ingarchilikning tezligi, do‘l, qishki xarorat, qor qalinligi, tuproq relefi.
2.Qisman boshqarish mumkin bo‘lgan omillar - er yuzida qorni tekislash, taqsimlash, tuproq namligi, fitotsenozdagi havoning namligi, suv va shamolning tuproqni emirishi, tuproq chirindisining miqdori, tuproq muhiti, tuproqning mikrobiologik faolligi, tuproqning ozuqa elementlari bilan to‘yinganligi, tuproqning suv bilan to‘yinish kompleksi.
3.Boshqara oladigan omillar - ekin turi, nav. Begona o‘tlar bilan ifloslanish darajasi, o‘simlikni kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi, tuproqni azot, fosfor, kaliy va kalsiy hamda mikroelementlar bilan ta’minlanishi, tuproq muhitini o‘zgartirish, tuproqning havo o‘tkazishini yaxshilash ( tuproqqa asosiy, ekishdan oldin va parvarishlash jarayonida ishlov berish)
O‘simlkning rivojlanishi uchun yog‘ingarchilik miqdori taqsimlanishi, foydali harorat yig‘indisi, quyosh radiatsiyasi hosilga ta’sir qiladi, boshqarish imkoniyati yo‘q, bu geografik mintaqalarga bog‘liq.
Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishi. Dala ekinlari orasida insonga zarur bo‘lgan maxsulotni etishtirish uchun har xil ekinlar ekilmoqda. Bu o‘simliklarning tuzilishi, biologik xususiyati va etishtirish texnologiyasi ham har xil.
Bu o‘simliklarni o‘rganish oson bo‘lishi uchun guruhlarga bo‘linadi. O‘simliklarni guruhlarga bo‘lishda har xil usuldan foydalanish mumkin. Hozirda qabul qilingan o‘simliklar tasnifi dala ekinlaridan olinadiagn mahsulotga qarab qilingan.
1. O‘simliklar tasnifi.

Guruhlar



Biologik guruhlar



O‘simlik nomi



1. Don ekinlari



I. Haqiqiy don ekinlari



Bug‘doy, arpa, javdar, suli, tritikale
gragr




2 Tariqsimon don ekinlari

Makkajo‘xori, jo‘xori, sholi tariq, marjumak




3. Dukkakli-don ekinlari



Ko‘k no‘xat, mahalliy no‘xat loviya, yasmiq, burchoq, soya,lyupin, xashaki dukkaklar

2. Em-xashak ekin-lari



1. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar



Beda, qizil sebarga, qashqarbeda, bargak




2. Ko‘p yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlar



Ko‘p o‘rimli mastak, bo‘ychan mastak, yaylov mastagi, oqso‘xta, bug‘doyiq, erkak o‘t, betaga, yaltirbosh.




3. Bir yillik dukkakli o‘tlar



SHabdar, bersim, vika




4. Bir yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlar



Sudan o‘ti, qo‘noq, bir yillik mastak



3.Tuganakmeva va ildizmevalilar



1. Tuganak mevalilar



Kartoshka, er noki, batat




2- ildizmevalilar



qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om xashaki sabzi



4.Moyli ekinnlar



1. Ser yog‘ moyli ekinlar



Kungaboqar, maxsar, kunjut, kanakunjut. Er yong‘oq, moyli zig‘ir, raps, soya.




2. Efir moyli ekinlar



Oq zira. qorazira, kashnich, arpabodiyon



5.Tolali ekinlar



1. Tolasi urug‘da rivojlanadi



g‘o‘za




3. Tolasi poya po‘stlog‘ida rivojlanadi



Tolali zig‘ir, kanop, tolali nasha, kandir, rami, kanatnik




3. Tolasi bargda rivo-vojlanadi



Tolali banan, YAngi Zelandiya zig‘iri, agava



6.Narkotik ekinlar




Tamaki, maxorka



Nazorat uchun savollar

1.O‘simlikshunoslik fanining ahamiyati, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat?


2.O‘simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti haqida tushuncha bering?
3. Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishini ta’riflang?
Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling