To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi
Download 0.79 Mb.
|
karbamid donadorlash Vaisova
4.Tayyor maxsulot tavsifi.
Karbamid ishlab chiqarishni dunyoda birinchi bo'lib, 1868- yilda A.I.Bazarov kashf etgan. U ammiakning karbonat angidrid bilan birikib, ammoniy karbonatiga, so'ngra uning parchalanib karbamidga aylanishi reaksiyasiga asoslangan. Karbamid karbonat kislotasining diamididir (NH2)2CO, u mochevina ham deyiladi, rangsiz, hidsiz kristall modda.Suvda yaxshi eriydi. U suyuq ammiakda ham yaxshi eriydi va ammiakat-(NH2)2CO • NH3 hosil qiladi. Uning tarkibida bekorchi jins saqlamagan konsentrlanadigan o'g'it bo'lib, tarkibida boshqa barcha azot saqlovchi o'g'itlardan ko'ra ko'p, ya’ni 46,6% azot saqlaydi. O'simlik karbamid azotini oson o'zlashtiradi. U NH4N03 ga nisbatan tarkibida azotning ko'pligi, portlamasligi, kam gigroskopikligi, tuproqdan tez yuvilib ketmasligi, qop-qanorsiz tashish mumkinligi bilan ham ustun turadi. Karbamid asosida olingan mochevina-formaldegidli polimer o'g'itlaming azoti juda sekinlik bilan tuproqqa o'tadi, yuvilib ketmaydi. Karbamid, mol ozuqasiga ham proteinli qo'shimcha sifatida qo'shib beriladi. Karbamid sanoatda plastmassalar (aminoplastlar) sintetik tolalar, farmatsevtik preparatlar olishda ham ishlatiladi. Bu o’gitning kimyoviy formulasi (NH2)2CO – toza holda rangsiz xidsiz kristal bo‘lib, 250C da zichligi 1330 kg/m3 -132,70C da eriydi texnik mahsulot oq yoki sariq rangli ignasimon rombik prizma shaklidagi kristallardan iborat. Molekulalar og‘irligi 60,056; Yopishqoqligi (132,70C) – 2,58;Molyar issiqlik sig‘imi (1360C da) – 30,57 k kal /(mol. grad) erkin energiya hosil bo‘lishi (250C da ) – 97,118 k kal / mol; suyuqlanish issiqligi – 57,8 k kal/G ;Yonish issiqligi – 151,053 k kal / G Suyuqlanish temperaturasi 132,70C . Atmosfera bosimida erish xaroratigacha qizdirilsa karbamid ammiak ajralishi bilan parchalana boshlaydi. Bunda avval ammoniyssionit, so‘ngra ammiak vassionit kislota hosil bo‘ladi. (NH2)2 CO ↔ NH4OCN NOCN +NH3 (4.1) Sianit kislota karbamid bilan birikib biuret hosil qiladi. NOCN + (NH2) CO↔ NH2 CONCO NH2 (4.2) Karbamid suvda spirtda va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Ammiak bilan birikib ammiak (NH2)2 CO . NN3 hosil qiladi. Bunda 460C da 77,9 foiz karbamid bo‘ladi. Kislatalar bilan birikib tuzsimon birikmalar hosil qiladi.Masalan: Karbamid nitrati (NH2)2 CO . NN3 - suvda ham eriydi, qizdirilganda portlash bilan parchalanadi. Karbamid fosfat (NH2)2 CO, H3PO4 - suvda yaxshi eriydi, murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Tuzlar bilan karbamid kompleks birikmalar hosil qiladi. Karbamid konsentirlangan balanssiz o‘g‘it bo‘lib tarkibida 46,6 % azot elementi tutigshi bilan azotli o‘g‘itlar ichida suyuq ammiakdan (82,3 % N2) keyingi o‘rinda turadi. Karbamid GOST 2081-2010 bo‘yicha A va B markalarda ishlab chiqariladi. A markali karbamid mayda kristal xolda oliy va birinchi navlarda tayyorlanadi. Undan sintez sanoatida, ya’ni suniy smola, plastmassa, elim, lak, bo‘yoq farmasevtika preparatlar, gerisidlar ishlab chiqarishda, xom-ashyo sifatida, hamda chorvachilikda navli qaytaruvchi xayvonlar ozuqasiga azotli qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Bu markali karbamid tarkibida 46,2-46,73 % azot 0,6 – 0,9 % biuret, 0,2 – 0,3 % suv bor. B markali karbamid donador xolda ishlab chiqarish va ishlatishda tarkibida 46,0 %, 0,9 % gacha biuret, 0,25% namlik bor. Donalarning uchlamchi: 1-4 mm 94%, 1 mm gacha bo‘lganlari 5%. 6 oy saqlash mumkin. Karbamidning birinchi martda 1828 yilda Vyoler ammoniy sianatdan sintez qilgan. Shundan buyon karbamid organik sintezning muxim moddalaridan bir bo‘lib ‘izmat qiladi. U asosida bir necha moddalar sintez qilingan. Bir qancha moddalarni olish uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling