(NH2)2CO NH4NCO (6.1.3)
NH4NCO +2 H2O (NH4)2CO3 (6.1.4)
Ammoniy karbonat o‘z navbatida ammoniy gidrokarbonat va ammiakka parchalanadi: (NH4)2CO3 NH4HCO3 + NH3 (6.1.5)
Ammoniy gidrokarbonatdan ammiak va karbonat angidrid ajraladi:
NH4HCO3 CO2 +H2O +NH3 (6.1.6)
Ammoniy karbomat eritmasi suv bilan birikib ammoniy karbonatga o‘tishi mumkin:
NH2COONH4 +H2O = (NH4)2CO3 (6.1.7)
Karbamidni hosil bo‘lish darajasi reagentlar bilan to‘ldirish zichligiga, bosimga, haroratga, ammiak va suvni reagent tarkibidagi miq-doriga bog‘liqdir. To‘ldirish zichligi deb, boshlang‘ich moddalar miqdorini reaktor xajmiga bo‘lingan nisbatiga aytiladi. Karbamid sintezi asosan suyuq fazada boradi. Boshlang‘ich moddalar miqdori bir xajmda qancha ko‘p bo‘lsa, bosim shuncha yuqori bo‘ladi. Jarayon 180 - 2000C harorat va 18 - 20 mPa bosimda olib boriladi. Undan yuqori harorat esa qurilmalarni korroziyaga olib keladi. Reagentlar tarkibida uglerod (IV) - oksidining ortiqcha miqdori karbomatni karbamidga aylantirishga taosir ko‘rsatmaydi. CHunki, taosirlashish jarayoni asosan gaz fazasida boradi. Ortiqcha ammiak muvozanatni karbamid hosil bo‘lishi tomoniga siljitadi.
Karbamidni yopishqoqligini kamaytirish uchun donadorlashdan oldin suyuqlanmaga karbamido-formalpdegid smola (KFS) qo‘shiladi. Karbamidning gigroskoplik nuqtasi 200C haroratda 80% ga teng.
Karbamid chorvachilikda ham keng foydalaniladi masalan, chorva mol-lariga proteinli qo‘shimcha sifatida ularning ozuqasiga qo‘shib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |