6-ma’ruza. Sohaga kirishda ixtisoslik fanlarining o’rni reja


Download 19.05 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi19.05 Kb.
#267638
Bog'liq
6- маъруза


6-MA’RUZA. SOHAGA KIRISHDA IXTISOSLIK FANLARINING O’RNI
Reja:

  1. Tolali materiallarni kimyoviy pardozlash korxonalaridagi jarayonlar


Tayanch so’zlar: jarayon, tola, mahsulot, sanoat, ko’nikma, polimer, xossa.

Xalq iste’mol mahulotlarini sifatini yaxshilish, raqobatbardoshligini ta’minlash, dunyo namunalari darajasida ishlab chiqarish O‘zbekiston Respublikasning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Bu maqsadga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan pardozlash korxonalari texnologlarini etishtirib berish orqali erishish mumkin.

TMPKT – bu to‘qimachilik materiallarini pardozlashga tayyorlash, bo‘yash, gul bosish va yakuniy pardozlash jarayonlarini nazariy va texnologik mohiyatini ilmiy-texnik muammolarni hal etuvchi fandir.

Pardozlashning kimyoviy texnologik jarayonlari asosan tolali materillarga kimyoviy, fizik-kimyoviy yo‘llar bilan ta’sir etish orqali amalga oshiriladi Bunday jarayonlarga oxorsizlantirish, qaynatish, oqartirish, merserlash, karbonlash, bo‘yash, gul bosish, appretash, termoishlov berish va boshqalar misol bo‘la oladi.

To‘qimachilik korxonalaridagi kimyoviy-texnologik jarayonlarning asosiy vazifasi mahsulotlarga ma’lum xossalar berishdan iboratdir. Bo’lar kapillyarlik, oqlik, kamkirishuvchanlik, kamg‘ijimlanuvchanlik, namga chidamli, ko‘rkamlik va boshqalardir. To‘qimachilik materillarini pardozlashning kimyoviy jarayonlari bilan bir qatorda mexanik jarayonlar ham bajariladi (tuk qirqish, paxmoqlash, dazmollash, en kengaytirish va boshqalar).

Turli ishlab chiqarishdagi pardozlash jarayonlarining iqtisodiy baholash va o‘rganish, bu jarayonlarni olib borishning eng maqbul sholatoitini tanlash, yordamchi materiallar va jihozlar tanlash, ishlab chiqarish jarayonlarni nazorat qilish muammolarini hal qilish, gigiyenik va xavfsiz mehnat qilish sholatoitini ta’minlash to‘qimachilik materillarini pardozlash texnologiyasi vazifasini tashkil etadi. To‘qimachilik materiallarini pardozlash jarayonlarini effektiv olib borish kimyo va fizika qnuniyatlarini muhandis, iqtisod va boshqa fanlarni amalda qo‘llashni o‘rganuvchi bilimlar majmuasiga asoslanadi.



Pardozlash korxonlarini rivojlanish istiqbollari. To‘qimachilik materillarini pardozlash jarayonlari bo‘yash- pardozlash yoki pardozlash korxonalarida olib boriladi. Pardozlash korxonalari tarkibida quyidagi asosiy bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi: oqartirish, bo‘yash, gul bosish va yakuniy pardoz berish. Asosiy bo‘limlar bilan bir qatorda yordamchi bo‘limlar ham bo‘lib, ular: xom-ashyo, tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, kimyoviy moddalar va ehtiyot qismlar omborxonasi; kimyoviy stansiya, bo‘yoq qaynatish xonasi, ishlatilgan eritmalarni regeneratsiya qilish bo‘limi, shablonlarni tayyorlash yoki gravyura xonasi.

Pardozlash korxonalarining rivojlanishi quyidagi omillarga asoslanadi;




1. Aralash tolali matolar miqdori va turlarini ko‘paytirish, eni enli matolarni ishlab chiqarishga o‘tish.

2. Jarayonlarni birgalikda olib borish, texnologik ketma-ketlikni qisqartirish, hamda jarayonlarni faollashtiruvchi, yangi fizik va kimyoviy usullarni keng qo‘llash orqali pardozlash jarayonlarini jadallashtirish.

3. Kichik modulli, ko‘pik, azotrop, yuqori konsentratsiyali, yuqori xaroratli, suyuq ammiakli va shu kabi yangi progressiv texnologiyalarni qo‘llash.

4. EHM ni qo‘llab texnlogik jarayonlarni avtomatik nazorat qilishni keng qo‘llash va kimyoviy modda miqdorini avtomatik boshqarish.


Tolali materillar yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarni amalga oshiruvchi ob’ekt bo‘lib, xossalari va strukturasi bo‘yicha juda murakkab sistemalardir.
Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling