5- amaliy mashG‘ulot tolali materiallarni oqartirish jarayonini amalda qo‘llash Ishdan maqsad


Download 156 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581547
  1   2   3   4
Bog'liq
5-amaliy


5- AMALIY MAShG‘ULOT
Tolali materiallarni oqartirish jarayonini amalda qo‘llash Ishdan maqsad: To‘qimachilik materiallarini tayyorlash va bo‘yash uchun ishchi eritma tayyorlashni o‘rganish
Umumiy tushunchalar: Kalava, tola, trikotaj, jun va ipak matolari uzlukli usulda bo‘yaladi. Bu apparatlar ish faoliyati bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi:

  1. material qo‘zg‘almas, bo‘yash eritmasi material orqali sirkulyatsiya qilinadi;

  2. bo‘yash vannasi qo‘zg‘almas, bo‘yash jarayonida bo‘yalayotgan material harakatlanadi.

Birinchi guruh apparatlarida tola va kalava bo‘yaladi, ikkinchi guruhda esa mato va trikotaj.
Mato yuzasida oxorni bo‘lishi, matoni qattiq bo‘lishiga va uni turli kimyoviy modda eritmalari bilan ishlov berish jarayonini qiyinlashtiradi. Matoni oxordan tozalash jarayonida gazlama to‘quvchilikda iplarga pishiqligini oshirish uchun qo‘llangan oxordan tashqari, paxta tarkibidagi suvda eriydigan yo‘ldosh moddalardan ham tozalanadi. Agar oxor suvda eruvchan bo‘lsa, u holda matoni issiq suvda yuvib oxordan tozalash mumkin. Bunda oxor oldin bo‘kadi va yuvish jarayonida mato tarkibidan chiqib ketadi. Oxor tarkibida suvda erimaydigan moddalar bo‘lsa (masalan, kraxmal) u holda oldin shu moddalarni parchalab, ularni suvda eriydigan holatga o‘tkazish kerak. Ip gazlama va paxta-sintetik tolali aralashma matolarda 6-8 % oxor bo‘ladi. Oxor tarkibiga yelimlovchi moddalar (kraxmal, KMS, PVS va boshqalar), yumshatgichlar (paxta yog‘i, glitserin), gigroskop moddalar, antistatiklar kiradi.
Oxordan tozalashda kislota, ishqor, oksidlovchi va fermentlardan foydalaniladi, shuningdek bu maqsadda issiq suv bilan ishlov berib, matoni 12-24 soat davomida saqlash usuli ham qo‘llaniladi. Ip-gazlamani vodorod peroksid eritmasi bilan oqartirish uslubi Oqartirish uzlukli va uzluksiz olib borilishi mumkin.
1-masala. Ip-gazlamalarni Sulfat kislotali oxorsizlantirish uslubi:
Massasi 1-2 g xom mato sulfat kislotaning 4-6 g/l konsentratsiyali eritmasida 40-50 0S haroratda 15-20 min davomida ishlov beriladi. Vanna moduli 50. Namuna oqova sovuq suvda yuviladi. Kislotaning yo‘qotilganlik darajasi kongo qizil bilan tekshirilib aniqlanadi.
Berilgan ma’lumotlar asosida komponentlar konsentratsiyalarini aniqlang.
Yechish:
Ohorsizlantirish texnologik hisobi:
Vanna hajmini hisoblash:
V= m·M
Bu yerda: V – vannaning ishchi hajmi, ml;
m – ishlov beriladigan mato massasi, g;
M – vanna moduli.
V = 2g·50 = 100 ml
Keyin kerakli modda Sulfat kislota miqdori aniqlanadi. Sulfat kislotaning 5 g/l li eritmasida ishlov berish metodi tanlandi. Ya’ni 1 litr eritmada 5g Sulfat kislota bor. Shu eritmaning 100 ml da qancha modda borligini aniqlaymiz:
1l (1000 ml) – 5g
100 ml – X g

Laboratoriyada kimyoviy moddaning ma’lum bir konsentratsiyali eritmasi bor bo‘ladi. Masalan Sulfat kislotaning 10 g/l li eritmasi bor. Endi shu eritmadan necha millilitrida 0,5 Sulfat kislota borligi aniqlanadi.
10 g – 1000 ml da
0,5 g – X

Eritma hajmini 100 ml ga yetkazish uchun suvdan qancha qo‘shish kerakligini aniqlaymiz.
Vsuv = 100 ml–50 ml(N2SO4) = 50 ml suv



Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling