8- mavzu: O’qitishda pedagogic texnologiyalar. Reja


Uyg’unlashgan savolli testlar


Download 45 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi45 Kb.
#1832870
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu. Metodika

3. Uyg’unlashgan savolli testlar. Bunday testlarda berilgan savollar yoki nomlar yoniga ularga mos bo’lgan tayyor javoblarni yozib qo’yish talab qilinadi.
Masalan, Toshkent viloyatida joylashgan shaharlar yoniga, ular uchun hos bo’lgan sanoat tarmog’ini yozing.
Yoqilg’i – energitika sanoati, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, ximya, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati.
Yangiyo’l
Chirchiq
Ohangaron-
Olmaliq
Bekobod
Angren
4.Tushrib qoldirilgan so’zlarni to’ldirishga mo’ljallangan testlar. Ushbu testlar tabiiy geografiyada keng tarqalgan geografik diktantlarga to’g’ri keladi. Masalan, «Farg’ona vodiysini shimoli g’arbdan ........................... tizmasi, .................... dan Farg’ona tizmasi, .........................dan Oloy va Turkiston tizmalari o’rab turadi. Ma’muriy jihatdan Farg’ona vodiysida O’zbekistonga qarashli 3 ta viloyat- ............... . .....vloyatlari Qirg’izistonning ...........................................viloyatlari va ...............................ning Xo’jand viloyati joylashgan».
5. Rasm yoki chizmali testlar. Ushbu testlarda 3-5 ta rasm yoki chizma beriladi, ularning ichidan geografiya obyektini topish, yoki bo’lmasa chizmadagi xatolarni topish talab qilinadi. Masalan, «Quyidagi rasmlar ichidan Tanganika ko’lini aniqlang»
6. Murakkab testlar ular o’quvchilarni fikrlashga va olgan bilimlarini qo’llay bilishga majbur qiladi. Masalan, Ishbilarmonlar g’isht ishlab chiqarishning Yang usulini o’ylab topishdi. G’ishtni ishlab chiqarishni boshlash uchun ish kuchi, rangli metallurgiya sanoati chiqindilari kerak, mablag’ni tog’- metallurgiya birlashmasi beradi. Bu g’ishtlar assan shaxsiy uylar qurishda ishlatiladi, shuning uchun aholiga sotishga mo’ljallangan, ammo mahsulotning 60% ni tog’-metallurgiya birlashmasi oladi. Xokimiyat quyidagi shaharlardan biriga mazkur zavodni qurishga ruxsat berdi. Ishbilarmonlar g’isht zavodi qurish uchun qaysi shaharni tanlashadi (erning narxi hama joyda bir hil)?
A.Andijon, V.Olmaliq S.Bekobod D.Toshkent Ye.Chirchiq.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling