8- mavzu: O’qitishda pedagogic texnologiyalar. Reja


Download 45 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi45 Kb.
#1832870
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Mavzu. Metodika

7. Jadval shaklida testlar. Jadvalli testlar uch qismdan (ustundan) iborat bo’dadi. Birinchi ustunda geografik joy, voqea va hodisalarning nomlari beriladi, ikkinchi ustunda ularning shakli, xususiyati va xossalari ko’rsatiladi, uchinchi ustunda Ushbu xususiyatlar qaysi joyga, voqea va xodisaga xos bo’lsa, o’sha voqea va hodisaning hamda joyning tartib raqamni imtihon oshiruvchi yozib chiqishi kerak. Misol, Yevrosiyo relifining qanday shakllari qaysi geologik tuzilishlarga to’g’ri kelishini ko’rsating?
8. Didaktik testlar yoki ko’p savolli va javobli testlar. Bu turdagi testlarda avval javoblar ro’yxati beriladi, keyin savollar beriladi, imtihon topshiruvchidan tayyor javoblardan moslarini topish talab qilinadi. Misol. Javoblar. Ptolemey Beruniy Kolumb Magellan Eratosfen Savollar: 1.Amerika qit’asiga kim boshchiligidagi ekspeditsiya birinchi bo’lib borgan?
3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi XX-asrning oxirlarida AQSH olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, so’ngra Yevropa davlatlarida qo’llanila boshlangan. O’zbekistonda mazkur usul geografiya ta’limi uchun J.O.Tolipova va A.T.G’ofurovlar (2002) tomonidan qo’llangan va uning ilmiy metodik asoslari ishlab chiqilgan.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining asosiy g’oyasi birgalikda yangi bilimlarni o’rganish va topshiriqlarni bajarish xisoblanadi. Mazkur usulni bir necha variantlari mavjud. Ulardan keng tarqalgani quyidagilardir: a)kichik guruhlarda ijodiy izlanishlarni tashkil qilish metodi; b) hamkorlikda o’qitishni “arra” usuli; v)kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish; “Birgalikda o’qiymiz” metodi; guruhda o’qitish (Tolipova, G’ofurov, 2002).
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish usuli 1976 yil Sh.Sharon (Isroil) tomonidan ishlab chiqarilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat:
- 6 kishidan iborat o’quvchilar ijodiy guruhi tuziladi;
- darsda o’rganiladigan mavzu yanada kichik modullarga (qismlarga) ajratiladi;
- so’ngra modullar (qismlar) o’quvchilar o’rtasida taqsimlanadi;
- har bir o’quvchi o’ziga taqsimlangan modulni bajaradi;
- modulni topshiriqlari bajarib bo’lingandan so’ng munozara o’tkaziladi, so’ngra guruh tomonidan ma’ruza tayyorlanadi;
- guruh a’zolari tayyorlagan ma’ruzani sinfda himoya qilishadi.
Masalan, Afrika iqlimini o’rganish 6 kishilik guruhga topshirildi deb faraz qilsak, uni quyidagi 6 ta modulga (qismga) bo’lamiz:
1 modul-Afrika iqlimini shakillanish omillarini o’rganish.
2 modul- Afrikani qish faslidagi iqlimini asosiy xususiyatlarini ochib berish.
3 modul-Afrikani yoz faslidagi iqlimini asosiy hususiyatlarini ochib berish
4 modul-Afrika materigida yog’inlar taqsimotini asoslab berish
5modul-Afrika materigidagi shamollarni asosiy turlari va yo’nalishlarini aniqlash
6 modul- Afrika iqlim mintaqalarini tavsifini tuzish
Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari tomonidan Afrika iqlimi haqida ma’ruza tayyorlanadi va sinf o’quvchilari oldida himoya qilinadi.
4..
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling