8. 2-mavzu: Simmetrik ko’p protsessorli kompyuter tizimlari. Klasterli ishlov berish tizimlari. Neyrokompyuterlar
Download 186.59 Kb.
|
8.2-Neyrokompyuterlar. Superkom(235-261)
Kamchiliklari:
Umumiy xotiraga ega tizimlarni masshtablashtirishning murakkabligi. Real tizimlarda 32 tagacha protsessorlar ishlashi mumkin. SMP ga asoslangan masshtablanuvchi tizimlarni qurish uchun esa klaster arxitekturasi yoki NUMA-arxitekturalardan foydalaniladi. SMP-tizimlar bilan ishlaganda taqsimlangan xotirali dasturlash paradigmasidan (shared memory paradigm) foydalaniladi. Bu arxitekturaning asosiy afzalligi shuki xotira fizik jixatdan taqsimlangan. Bu xolda tizim alohida modullar asosida quriladi. Har bir modul protsessor, lokal operativ xotira, kommunikatsion protsessorlar yoki tarmoq adapterlari, ba’zi hollarda qattiq disklar va/yoki boshqa kiritish/chiqarish qurilmalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Moxiyatiga ko‘ra bunday modullar to‘la funksiyali kompyuterlar hisoblanadi. Har bir moduldagi protsessorlar shu moduldagi OX bankiga murojaat qilish imkoniyatiga ega. Modullar bir biri bilan maxsus kommunikatsion kanallar orqali bog’‘lanadi. Foydalanuvchi o‘zi bog’‘langan protsessorning mantiqiy raqamini aniqlashi va boshqa protsessorlar bilan xabarlar almashishni tashkil qilishi mumkin. MPP-arxitekturali mashanalarda ikki xil ko‘rinishdagi operatsion tizim qo‘llanilishi mumkin. Birinchi holda polnofunksionalniy OT faqat boshqaruvchi mashinada (Front-end) ishlaydi, har bir modulda esa OT ning qisqartirilgan varianti ishlaydi va unda joylashgan parallel ilovalarning ishlashini ta’minlaydi. Ikkinchi holda esa har bir modulda alohida o‘rnatiladigan UNIX OTga o‘xshash OT ishlaydi.Bu turdagi mashinalar bir qator afzalliklarga ega: agar yuqori unumdorlik talab etilsa u holda qo‘shimcha protsessorlar qo‘shish mumkin; agar moliyaviy tomondan cheklanishlar mavjud bo‘lsa yoki kerakli hisoblash quvvati oldindan ma’lum bo‘lsa u holda optimal konfiguratsiyani tanlash juda oson . Har bir protsessor o‘zining lokal xotirasiga murojaat qilish imkoniga ega. Agar dastur uchun boshqa protsessor xotirasida joylashgan o‘zgaruvchining qiymati kerak bo‘lsa u xolda xabarlarni uzatish mexanizmi ishga tushadi. Bu yondoshuv minglab protsessorlardan iborat hisoblash tizimlarini yaratish imkonini beradi Xozirgi paytda yuqori unumdorlikka ega deyarli barcha zamonaviy superkompyuterlar aynan MPP-arxitekturasi asosida qurilgan. Bo’larga ASCI Red, ASCI Blue Pacific, MVS-1000, IBM RS/6000 SP, SGI/CRAY T3E, Hitachi SR8000, Parsytec tizimlari kiradi. Download 186.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling