8. 2-mavzu: Simmetrik ko’p protsessorli kompyuter tizimlari. Klasterli ishlov berish tizimlari. Neyrokompyuterlar
Download 186.59 Kb.
|
8.2-Neyrokompyuterlar. Superkom(235-261)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar.
- Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi
8.2-mavzu: Simmetrik ko’p protsessorli kompyuter tizimlari. Klasterli ishlov berish tizimlari. Neyrokompyuterlar. Superkompyuterlar. Reja: Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi SMP–arxitekturaning asosiy afzalliklari Parallel tizimlarning sinflari Klasterli hisoblash tizimlari Neyrokompyuterlar Superkompyuterlar. Kalit so'zlar. Gibrid, platalar, operand, lokal xotira, kesh xotira, apparat va dasturiy arxitektura, massiv, dastur, superkompyuter, vektor-konveyer videokarta, buyruq, oqim, ma’lumot, operatsion tizim, chastota, registr xotirasi, razryad, protsessor bloki, sikl, funktsiya, xotira modullari, ajratilgan xotira, konver, multikompyuter, taqsimlgan xotira, protsessor, massiv parallel, kesh, supkonver, kontroller, tarmoq interfeysi, sovutish tizimi, graf, matritsa, shina, lokal kesh, arxitektura, oqim, ma'lumot, kiritish va chiqarish qurilmalari, SMP- symmetric multiprocessing, MPP - massive parallel processing, taqsimlangan xotira, neyron tizim, platalar, qurilma, sun'iy neyron tarmoqlar, simulyatsiya, neyroprotsessorlar. Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi xotiraga bir jinsli bo’lmagan murojaat (NUMA - nonuniform memory access). Gibrid arxitektura SMP va MPP arixitekturalarning afzalliklarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim qismlari o’rtisida taqsimlangan bo’lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. Shuning uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo’ladi. Tizim bir jinsli bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta prosessor va xotira blokidan tashkil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo’lgan kommutator orqali bog’langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat qurilmaviy jihatdan tashkil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko’ra NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi. Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun prosessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi. 8.2.1-rasm. Gibrid arxitekturaning strukturaviy sxemasi. Birinchi marta gibrid arxitektura g’oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP firmasi bu g’oyani sotib olgan va o’zining SPP seriyali superkompyuterlarida qo’llagan. Seymur Krey (Seymour R.Cray) bu g’oyaga yangi element – kogerent keshni qo’shib cc-NUMA arxitekturasini yaratgan (Cache Coherent Non-Uniform Memory Access – keshlar kogerentligi ta’minlangan xotiraga bir jinsli bo’lmagan murojaat). Origin tizimlari shunday arxitektura asosida qurilgan. Download 186.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling