8. 2-mavzu: Simmetrik ko’p protsessorli kompyuter tizimlari. Klasterli ishlov berish tizimlari. Neyrokompyuterlar


Download 186.59 Kb.
bet7/18
Sana19.10.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1709526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
8.2-Neyrokompyuterlar. Superkom(235-261)

Kamchiliklari:

  • Umumiy xotiraning mavjud emasligi protsessorlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. Protsessorlar o‘rtasida xabarlar almashishni amalga oshirish uchun maxsus dasturlash texnikasi talab etiladi.;

  • Har bir protsessor chekli hajmdagi lokal xotira bankidan foydalanish imkoniyatiga ega;

  • Massiv parallel tizimlar uchun dasturiy ta’minot narxining yuqoriligi

SGI firmasining oxirgi mashinasi CRAY T3E Dec Alpha 21164 protsessorlari asosida qurilgan bo‘lib unumdorligi 1200 Mflops/s (CRAY T3E-1200) tashkil etadi. Undagi protsessorlar sonini 2048 tagacha oshirish mumkin.
MPP-tizmlar bilan ishlaganda ma’lumotlarni(xabarlarni) uzatishga asoslangan dasturlash paradigmasidan (Massive Passing Programming Paradigm –MPI, PVM, BSPlib) foydalaniladi.
Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim qismlari o‘rtisida taqsimlangan bo‘lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. SHuning uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo‘ladi. Tizim bir jinsli bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta protsessor va xotira blokidan tashkil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo‘lgan kommutator orqali bog’‘langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat qurilmaviy jixatdan tashkil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko‘ra NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi.

Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun protsessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi.


Birinchi marta SMP arxitektura g‘oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP firmasi bu g‘oyani sotib olgan va o‘zining SPP seriyali superkompyuterlarida qo‘llagan. Seymur Krey (Seymour R.Cray) bu g‘oyaga yangi element – kogerent keshni qo‘shib cc-NUMA arxitekturasini yaratgan (Cache Coherent Non-Uniform Memory Access – keshlar kogerentligi ta’minlangan xotiraga bir jinsli bo‘lmagan murojaat). Origin tizimlari shunday arxitektura asosida qurilgan.




  1. Download 186.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling