8. 2-mavzu: Simmetrik ko’p protsessorli kompyuter tizimlari. Klasterli ishlov berish tizimlari. Neyrokompyuterlar


Download 186.59 Kb.
bet4/18
Sana19.10.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1709526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8.2-Neyrokompyuterlar. Superkom(235-261)

Kamchiliklari:

  • Umumiy xotiraga ega tizimlarni masshtablashtirishning murakkabligi.

Real tizimlarda 32 tagacha prosessorlar ishlashi mumkin. SMP ga asoslangan masshtablanuvchi tizimlarni qurish uchun esa klaster arxitekturasi yoki NUMA-arxitekturalardan foydalaniladi. SMP-tizimlar bilan ishlaganda taqsimlangan xotirali dasturlash paradigmasidan (shared memory paradigm) foydalaniladi.
II. Massiv parallel arixitektura (MPP - massive parallel processing). Bu arxitekturaning asosiy afzalligi shuki xotira fizik jixatdan taqsimlangan. Bu xolda tizim alohida modullar asosida quriladi. Har bir modul prosessor, lokal operativ xotira, kommunikasion prosessorlar yoki tarmoq adapterlari, ba’zi hollarda qattiq disklar va/yoki boshqa kiritish/chiqarish qurilmalaridan tashkil topgan bo’ladi. Moxiyatiga ko’ra bunday modullar to’la funksiyali kompyuterlar hisoblanadi. Har bir moduldagi prosessorlar shu moduldagi OX bankiga murojaat qilish imkoniyatiga ega. Modullar bir biri bilan maxsus kommunikasion kanallar orqali bog’lanadi. Foydalanuvchi o’zi bog’langan prosessorning mantiqiy raqamini aniqlashi va boshqa prosessorlar bilan xabarlar almashishni tashkil qilishi mumkin. MPP-arxitekturali mashanalarda ikki xil ko’rinishdagi operasion tizim qo’llanilishi mumkin. Birinchi holda polnofunksionalnыy OT faqat boshqaruvchi mashinada (Front-end) ishlaydi, har bir modulda esa OT ning qisqartirilgan varianti ishlaydi va unda joylashgan parallel ilovalarning ishlashini ta’minlaydi. Ikkinchi holda esa har bir modulda alohida o’rnatiladigan UNIX OTga o’xshash OT ishlaydi.

8.2.4-rasm.MPP arxitekturaning sxematik ko’rinishi.
Bu turdagi mashinalar bir qator afzalliklarga ega: agar yuqori unumdorlik talab etilsa u holda qo’shimcha prosessorlar qo’shish mumkin; agar moliyaviy tomondan cheklanishlar mavjud bo’lsa yoki kerakli hisoblash quvvati oldindan ma’lum bo’lsa u holda optimal konfigurasiyani tanlash juda oson .
Har bir prosessor o’zining lokal xotirasiga murojaat qilish imkoniga ega. Agar dastur uchun boshqa prosessor xotirasida joylashgan o’zgaruvchining qiymati kerak bo’lsa u xolda xabarlarni uzatish mexanizmi ishga tushadi. Bu yondoshuv minglab prosessorlardan iborat hisoblash tizimlarini yaratish imkonini beradi
Xozirgi paytda yuqori unumdorlikka ega deyarli barcha zamonaviy superkompyuterlar aynan MPP-arxitekturasi asosida qurilgan. Bularga ASCI Red, ASCI Blue Pacific, MVS-1000, IBM RS/6000 SP, SGI/CRAY T3E, Hitachi SR8000, Parsytec tizimlari kiradi.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling