8-9-Amaliy ishlar Mavzu: Topografik kartadagi relyef elementlarini tasvirlash Ishning maqsadi


Download 378.18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi378.18 Kb.
#1565561
Bog'liq
1-2 лаборатория машгулот



8-9-Amaliy ishlar
Mavzu: Topografik kartadagi relyef elementlarini tasvirlash 
 
Ishning maqsadi: Relyef elementlarini (qo„rgon, chuqurliklar, o„pirilishlar, 
jarliklar va h.k) topografik kartalarda tasvirlash qonuniyatlarini o„rganish va 
tasvirlash. 
Ishning bajarilish tartibi. Relyefni chizish tartibini ko„rib chiqamiz.
Relyefning asosiy shakllarini chizishda quyidagi gorizontallar turlari ko„rib 
chiqiladi: 
- asosiy yaxlit (chiziq yo„g„onligi 0,11 – 0,12 mm); 
- asosiy yaxlit yo„g„onlashtirilgan (chiziq yo„g„onligi 0,20 – 0,25 mm); 
- qo„shimcha uzuq (uzuq chiziq uzunligi 5 mm, oralig„i 1 mm, chiziq
yo„g„onligi 0,11 – 0,12 mm); 
- qo„shimcha uzuq (uzuq chiziq uzunligi 2 mm, oralig„i 1 mm, chiziq 
yo„g„onligi 0,11 – 0,12 mm); 
Barcha turdagi gorizontallar krivonojka yoki chizma pero bilan chiziladi. 
Chiziqlar yo„g„onligi bir xil, silliq va yaqqol bo„lishi kerak. Relyefni chizishda 
gorizontallarning o„zaro joylashuviga e‟tiborni qaratish kerak, ya‟ni ular 
“yotqizilgan” (silliq va tekis) bo„lsin. 
Qo„shimcha va yordamchi gorizontallarni chizishda uzuqlar (zvenolar) 
uzunligi hamda ular oralig„i sirkul o„lchagich yordamida belgilab olinishi kerak. 
Chizishda gorizontallarni qayrilish joylariga uzuq chiziq to„g„ri kelishi kerak (ular 
oraligini to„g„ri kelishiga yo„l qo„yilmaydi). Buning uchun uzuq chiziq uzunligini 
oshirish yoki qisqartirishga to„g„ri keladi. 
Qiyaliklar pasayishi yo„nalishini ko„rsatuvchi chiziqchalar (bergshtrixlar) 
tepa uchini, kogonsoy, belni tasvirlovchi, gorizontallarda ularga perpendukulyar 
yo„nalishda yo„g„onligi 0,1 mm qilib chiziladi. Bergshtrixlar karta ramkalarini 
yaqinidagi nishabi kichik joylarda va relyef detallarida ham qo„yiladi. 
Gorizontallar balandligining raqamli qiymati har qanday holatda ham o„z 
asosi bilan qiyalikning pasayishiga qarab joylashtiriladi. 


Karta varag„ining janubiy va sharqiy ramkalariga qarab boshi bilan 
joylashgan raqamlarni keltirishga imkoni boricha yo„l qo„ymaslik kerak. 
Jarlar grunt uyumi va chuqirlarning uzunligi bir xil tishchalar bilan chiziladi
bunda ular radial yo„nalishda, bir biridan bir xil oraliqda joylashtiriladi. 
Kengligi 10 m dan katta tik jarli qiyaliklar ularning haqiqiy eni va shaklini 
planda saqlagan holda tishchali yaxlit ingichka chiziq bilan ko„rsatiladi. 
Jarlar, uyma va ko„tarmani chizishda tishchalarni qurish ketma-ketligi 8.1-
shaklda keltirilgan. 
Jar shartli belgisini chizishga o„tishda, avval jar qirg„og„ini chiziladi, keyin 
esa tishchalari chiziladi. Jarning boshlanishi va oxirida tishchalar uzunligi 
kamayadi. 
Kengligi 3 dan 10 m gacha bo„lgan jar va suv yuvib ketgan joylar ikkita 
chiziq bilan, kengligi 3 m dan kam bo„lganlari esa bitta chiziqda tishchalarsiz 
chiziqni o„rta qismida yo„g„onroq qilib chiziladi. 
Jarlar, suv yuvgan joylar, tepaliklar va chuqurlarning shartli belgilari yonida 
eni va chuqurligi yozib ko„rsatiladi; 
Yumshoq jinslarni to„kilmalari (qumli, loyli va shag„al toshli) va tosh 
jinslari ko„rsatiladi.
Qoyalar odatda pero bilan 8.1-shaklda ko„rsatilgan ketma – ketlikda 
chiziladi. Tog„ tizmasi qoyalari qirrasi chiziqlari, jarlar qirg„og„i tushirilgandan 
keyin tirqish, chekinish va yuvindi joylar chiziladi. Keyin ularning soyalangan 
yonbag„irlari tasviri shtrixlanadi (shtrixlar uzunligi 0,4 – 0,3 mm 0,2 – 0,3 mm 
oralig„i bilan yuqori qismidan pastga asta-sekin yo„g„onligi va uzunligi kamaytirib 
boriladi, oralig„i esa kengayib). Eng oxirida o„yiqlar, chekinish va yuvindi joylar 
tasviri orasi shtrixlanadi. 


8.1-shakl 8.2-shakl 
8.3-shakl 
8.4-shakl 

Download 378.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling