8-9-sinflar uchun


Download 24.04 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi24.04 Kb.
#1119059
  1   2   3
Bog'liq
ONA TILI VA ADABIYOT 8-9


8-9-sinflar uchun
1. Yolg’on doim rostdan yengiladi.U xuddi suv yuzasidagi ko’pikday yo’q bo’lib ketadi. (Beruniy)
Berilgan gapda til oldi, jarangli, ovozdor undoshlar miqdorini toping.

  1. 6ta B) 7ta C) 5ta D) 4 ta



2. Tovushlarning kichik, ulug’i,
Tovushlarning hidi,bo’yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig’i
Tovushlarning rangi -ro’yi bor. (M.Shayxzoda)
Berilgan she’riy parchada fonetik yozuv asosida yozilgan so’zlar qanday gap bo’lag ( lar)i vazifasini bajargan?

  1. ega B) ega, kesim

C) aniqlovchi D) to’ldiruvchi


3. Berilgan matnda necha o’rinda imloviy xato uchraydi?
G’azaptan uzingni asra,chunkiy g’azap tufayli inson o’z ishlarini, ezguliylarini yo’qqachiqarishi mumkin.
A) 7 o’rinda B) 8 o’rinda
C) 5 o’rinda D) 6 o’rinda


4. Bunday puch gaplarga ukasi ko’nmabdi. (,,Tegirmonchi” ertagi )
Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?
A) Metafora B)sinekdoxa
C) metonimiya D) vazifadoshlik


5. Bolalikdan boshlangan do’stlik insonning keyingi ulg’aygan va kamolotga erishgan davrida orttirgan barcha do’stlari orasida alohida o’rin tutadi. (T.Qurbonov)
Berilgan matnda bir necha turkum doirasida so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini toping.
A) 6ta B) 4ta C) 5ta D) 3ta


6. U ko’l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi.
Berilgan gap tarkibida lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan so’zlar miqdori nechta?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta


7. Berilgan qaysi gap(lar)da chama son berilgan?
1. Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi.
2. Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan saksontagacha bo’lishi ham mumkin.
3. Besh-oltita tinish belgi kelib bugun, o’tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig’in.
A) 1 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 3


8. London universiteti olimlari shuni aniqladilarki, biron-bir tilni bilish nafaqat miya to’qimalarini harakatga keltiradi, balki uning tuzilishini ham o’zgartiradi.
Berilgan gapda necha o’rinda yuklama qo’llanilgan?
A) 2 o’rinda B) 1 o’rinda
C) 3 o’rinda D) 4 o’rinda


9. Berilgan gaplarning qaysi birida modal so’z ikki o’rinda qo’llanilgan?
A) Darhaqiqat, siz to’g’ri ish qildingiz. (Omon Muxtor)
B) Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj ,,ha” dedi. (A.Qahhor)
C) Afsuski, rejadagi ishlar ko’ngildagidek bajarilmadi.
D) Berilgan gaplarda modal so’zlar faqat bir o’rinda ishlatilgan.


10. Tovushlarning kichik, ulug’i,
Tovushlarning hidi,bo’yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig’i
Tovushlarning rangi -ro’yi bor. (M.Shayxzoda)
Berilgan she’riy parcha tarkibida nechta sodda gap mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta


11. Birovni birovga chaqish eng yomon illat.
Berilgan gapda kesimga bevosita tobelangan bo’laklar qaysi turkumga mansub?
A) ot, sifat B) olmosh, fe’l, sifat
C) fe’l, sifat D) fe’l, ravish


12. O’zbekoyimning orzu-havas, to’y-tomoshalarini shartta kesib qo’ygan bu uylanishga qanday qarashi, albatta, ma’lum edi.
Berilgan gapda kesimga bevosita tobelangan bo’laklar qaysi turkumga mansub?
A) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to’ldiruvchi, maqsad holi
B) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to’ldiruvchi, vositali to’ldiruvchi
C) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to’ldiruvchi, sabab holi
D) qaratqich aniqlovchi, vositali to’ldiruvchi, vositali to’ldiruvchi


13. Vositasiz to’ldiruvchi vositali to’ldiruvchiga ergashib kelgan gapni aniqlang.
A) Dilshoda maktubni xolasiga berib, ko’chaga chiqib ketdi.
B) Sizni kutib olish uchun keldim.
C) Qiy-chuv bilan ularni yengib bo’lmaydi.
D) Ota-onasini hurmat qiladiganlarga bolasidan izzat qaytadi.


14. Osmonning chekkasi kir uvadaga o’xshaydi.Kir shu’la qo’ynida past-baland uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko’rinadi.Pishqirayotgan shamol Unsinni tentiratar edi.
Berilgan parchaga mos keluvchi sintaktik tahlil namunasi belgilang.
A) qaratqich-aniqlovchi, o’rin holi, sifatlovchi-aniqlovchi, vositali-to’ldiruvchi, fe’l-kesim.Sifatlovchi-aniqlovchi, o’rin holi, sifatlovchi-aniqlovchi,ega, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, tarz holi, fe’l-kesim
B) qaratqich-aniqlovchi, ega, sifatlovchi-aniqlovchi, vositali-to’ldiruvchi, fe’l-kesim. Sifatli-aniqlovchi, qaratqich-aniqlovchi, vositali-to’ldiruvchi, sifatlovchi-aniqlovchi, ega, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, ega, tarz holi, fe’l-kesim
C) qaratqich-aniqlovchi, ega, sifatlovchi-aniqlovchi, vositali-to’ldiruvchi, fe’l-kesim. Sifatlovchi-aniqlovchi, o’rin holi, sifatlovchi-aniqlovchi, ega, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, ega, tarz holi, fe’l-kesim
D) qaratqich-aniqlovchi, ega, sifatlovchi-aniqlovchi, vositali-to’ldiruvchi, fe’l-kesim. Sifatlovchi-aniqlovchi, o’rin holi, sifatlovchi-aniqlovchi, ega, vositali-to’ldiruvchi, sifatlovchi-aniqlovchi, sifatlovchi-aniqlovchi, ega, fe’l-kesim.


15. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan?
A) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim.
B) Tong otgach, yo‘lga tushdik.
C) Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi.
D) Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda.


16. Jaholat pardasi aql nurini to‘sib qo‘yadi va oz fursat o‘tmay, u jarga qulab halok bo‘ladi.
Ushbu gapda o‘rin holi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) sifat B) fe’l C) ravish D) ot


17. Tarkibidagi barcha fe’llar o‘zaro bir xil nisbatda bo‘lgan gapni aniqlang.
A) Aqlli va bilimdon vazir bir to‘g ‘ri tadbir bilan g ‘animni parokanda qilaoladi, sipohni birlashtiradi, raqiblarni o’ziga rom qilaoladi.
B) Ta’limni isloh qilish tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarasosida bosqichma-bosqich tashkil qilinmoqda.
C) Qabul qilingan qarorlar asosida belgilangan vazifalarning bajarilishi qat’iynazorat qilinmoqda.
D) Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab dazmollanadi.


18. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Xalq ganchin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
B) O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar...
C) Sen - shohlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim...
D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi.


19. Qaysi gapda holning ma’nosiga ko‘ra uch turi qatnashgan?
A) Har kuni bu yerdan mashinalar tinimsiz o‘tadi.
B) Asragaymiz biz Vatanni
Fido aylab jon-u tanni.
C) Mana shu tirranchalarni himoya qilmaganim uchun boya po‘stagimni qoqishdi.
D) O‘rta Osiyoda birdamlikda, уashash tuyg‘usi muhim ahamiyat kasb etadi.


20. Qaysi gapda quvonch ma’nosini bildirgan
modal so‘z ishtirok etgan?
A) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
B) Xullas, biz ulug‘ ajdodlarning davomchilarimiz.
C) Ehitimol, ertaga o‘ziga isitib berish uchun shunday deyayotgandir.
D) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar o‘rtasidagi jonivorlardir.


21. Ibroyim Yusupov ijodiga oid ma’lumotni aniqlang.
A) Ijodkorning tarjimalari “Mangu buloqlar” nomi bilan chop etilgan.
B) Shoirning birinchi asari “Arg‘umoqlar” nomi bilan dunyo yuzini ko‘radi.
C) Ijodkorning she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to‘plami “Biz boramiz” nomi ostida o‘quvchilarga hadya etildi.
D) Shoir ba’zi she’rlariga “Firog‘iy” taxallusini qo‘yadi.


22. Qaysi javobda ta’riflangan adabiy qahramon “Ravshan” dostonida ishtiroketmaydi?
A) “... juda masxaraboz edi, har tusli bo‘la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo‘lsa, har tusli bo‘lganda o‘zining jo‘ralari ham tanimas edi”.
B) “ .. bir “devona” o‘tiribdi: devsifat, bir ajdahoday, hech narsani ko‘ziga iladigan emas, balki nazariga keltirmay, pisand qiladigan ham emas; shundayhaybatli, siyosatli”.
C) “Majlisli kun bo‘lsa, to‘rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay,bo‘sag‘aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilishbo‘lib, paygabetda yotar edi”.
D) “. .. oqshomlari qo‘liga kamonni olsa, qushni ko‘zidan urar edi. Juda merganedi...”


23. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo‘nalishda bitilgan pyesa hisoblanadi?
A ) “Revizor” (Gogol)
B) “Tubanlik kishilari” (Jek London)
C) “Oltin buzoqcha” (Ilf va Petrov)
D) “Qiyshiq oyna” (Chexov)


24. Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Hikoyada Yanguli – suхumilik grеk Xristа Аlеksаndridining o‘g‘li. Cho‘pdаy
оzg‘in, yеlkаlаri turtib chiqqаn, qirrаburun, ko‘zlаri chаrоsdеk qоp-qоrа, qo‘llаri uzunligidаn tizzаsigа tushib turаdigаn o‘n to‘rt yoshli bu bоlа yon аtrоfdаgi tеngqurlаri uchun nаqd Azrоilning o‘zi edi tasvirlanadi.
B) Hikoyada Nina xola yangulini boqib oladi.
C) Hikoyada Jamol Yangulining skripkasini sindirgani uchun uch marta urishishadi.
D) Jamol otasi bilan ko‘chib ketadi, lekin yurtiga yetmay dengizda vafot etadi.


25. Qaysi javobda G’ofur G’ulomning «Shum bola « asaridagi Omon haqida qaysi ma’lumot to‘g‘ri berilgan?
A) Omonning oldiga bir ish bilan borsangiz, bo‘lar-bo‘lmas yerda «innaykeyin» deb so‘raydigan odati bor edi. Ana shu «innaykeyin»ga javob topib bera olmasangiz, onangizni Uchqo‘rg‘onda ko‘rasiz. Qamchi bilan yelkaga tushirib qolguvchi edi.
B) Sariboy Omon bilan qimor o‘ynab, uning mevazorlari, ichki-tashqi qo‘rg‘onchasi, butun dov-dastgohining hammasini yutib oladi.
C) Omon Qoravoy bilan birga boyning sigirini so‘yishadi va go‘yoki go‘shtni olib Qoravoyni tashlab yo‘lga tushadi, lekin tez orada qopning ichida qoravoyning borligi ma’lum bo‘ladi.
D) Omon Shum Qoravoyga og’irlik qilishni taklif qiladi. U bir kuni Qoravoyga «Oyoqqo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payida bo‘lsang edi… Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi« – deb o‘g’irlikka chorlaydi.



Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling