8-Amaliy ish. Geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini o‘rganish. Geologik xaritaga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni va burg’ quduqlarni ma’lumotlariga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni


-jadval. Metrik o'lchovlar sistemasida xaritalarni masshtabi


Download 144.42 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi144.42 Kb.
#245998
1   2
Bog'liq
8-Amaliy ish. 23a4d967ee06ce9aca0ccd7152e21f65

7.1-jadval.

Metrik o'lchovlar sistemasida xaritalarni masshtabi


Xaritani

sonli

masshtabi

Xaritani

Nomi

Xaritadagi 1 sm. oraliqqu joyda to'g'ri keladigan masofa

Xaritadagi 1 sm2 yuzaga joyda to'g'ri keladigan maydon

Joydagi 1 km masofaga xaritada to'g'ri keladigan oraliq

1:5 000

besh mingli

50 m.

0,0025 km2 = 0,25 ga

20 sm.

1:10 000

o’n mingli

100 m.

0,010 km2 = 1 ga .

10 sm.

1:25 000

yigirma besh mingli

250 m.

0,0625 km2 = 6,25 ga

4 sm.

1:50 000

ellik mingli

500 m.

0,25 km2 = 25 ga

2 sm.

1:100 000

yuz mingli

1 km.

1,0 km2 = 100 ga

1 sm.

1:200 000

ikkiyuz mingli

2 km.

4,0 km2 = 400 ga

5 mm.

1:300 000

uchyuz mingli

3 km.

9,0 km2 = 900 ga

3,3 mm.

1:500 000

beshyuz mingli

5 km.

25,0 Ian2 = 2500 ga

2 mm.

1:1000 000

bir millionli

10 km.

100,0 km2= l0000ga

1 mm.

Geologikkartalamingasosiyqismidanyokiko’rinishlaridanbiribo’lib, ulardahammako’rinishlaryagonaqabulqilinganshartlibelgilarvao’zigaxosbo’lganranglarbilanbelgilangankartalamingkompanovkasidanshartlibelgilarjadvalshaklidakarlmiingbirburchagidayoistaganjoyidayagonaprinsipasosidajoylashtiriladi.

Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli, (ingichka chiziq), harf va raqamli bo’ladi.



Rangli belgilar-cho’kindi, vulqon, metamorflashgan jinslarning yoshi, intruziv jinslarning tarkibi ifodalanadi.

Shtrixli belgilar-tog’ jinslarining tarkibi, ayrim holdagi yoshi tasvirlanadi. Harfi va raqamli - tog’ jinslarining yoshi va paydo bo’lishi harf yoki raqam (indeks) bilan belgilanadi.

Geologik kartalarning asosi qilib tog’ jinslarning yoshi qabul qilingan bo’lib bu uning mazmunini tashkil qiladi.Shuning uchun bu kartalarni tashkil qiluvchi ranglar soni kartani sifat jihatidan ko’rinishini hosil qiladi. Tog’ jinslarning (xususiy cho'kindi jinslarini) nisbiy yoshini kartadan belgilashda II xalqaro geologik kongresda (Italiya, Boloniya 1881 у ) qabul qilingan jahonda tan olingan yagona ranglar bilan ranglash, rus geologi akademik A. P. Karpinskiyning taklifiga ko’ra qabul qilingan.Shu shkulnp muvofiq MDH (SNG) davlatlarida chiqarilayotgan ko’rgazma kartalarda geologik tizimlarni ranglashda quyidagi ranglar qabul qilingan (kartaga qarang):

To’rtlamchi (antropogen) - ochiq pushti (бледнопалевый)

Neogen qatlamlar - sariq, limon simon

Paliogen - ochiq qizil (оранжевый)

Bo’r - yashil

Yura - ko’k

Trias - binafsha

Perm - ochiq jigarrang

Tosh ko’mir - qo’ng’ir

Devon - jigarrang

Silur - ochiq yashil

Ordovik - qo’ng’ir yashil

Kembriy - qo’ng’ir, ko’k rang .

O’rnatilgan xalqaro tasdiqlangan me’yorlarga binoan ranglardan foydalanib kartalarda ko’rsatiladigan kichik stratigrafik bo’linmalar, umumiy qonuniyatga bo’yinshi bir xil tizimdagi tog’ jinslarning yosh jihatdan kichiklari shu tizimga xos ochroq qilinib bo’yalib, ancha qadimiylari shu rangda to’qroq qilib bo’yaladi.Masalan Bo’r tizimining pastki bo’limi to’q yashil rangda yoki Yura - ko’k, yuqori Yura - ochiq ko’k (havorang) larda bo’ladi.

Tokembriy yoshdagi tog’ jinslari (ko’pincha metamorfik) qizg’ish ranglardn bo’yaladi. Magmatik tog’ jinslari geologik kartalarda tasvirlashda ularning yoshiga qarub emas balki ularning genetik va petrografik ko’rinishlariga qarab tasvirlanadi.

Effuziv va intruziv tog’ jinslari har xil ranglarda tasvirlanishi ularning tarkibi bilun farq qilishidir. Nordon jinslar qizg’ish rangda asosiy jinslar yashil ko’kimtir rangdu, ishqorli jinslai' ochiq qizg’ish ranglarda bo’ladi.Magmatik tog’ jinslarining yoki agar ular aniq bo’lsa o’zining indeksi harfida ko’rsatiladi. Tog’ jinslari yoshini indeks bilan ifodalash geologik kartalarni o’qishni osonlashtiradi. Chunki bir-biriga yaqin bo’lgan ranglar qo’shilmasini o’qishi yoki ajratishi ancha murakkab va ko’p vaqtni oladi. Indeksiarga lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilash qabul qilingan. Masalan: Ordovik sistemani О harfi bilan belgilanadi. Agar bir necha sistemaning nomi bir hit harf bilan boshlanadigan bo’lsa unda birinchi bosh harfga o’sha tizim nomining keying harfi ham qo’shib yoziladi.

Agar kartada, tizimdan tashqari (sistemadan mayda) bo’limlari bo’lsa masalan bo’lim, ulami belgilashda sistemaning indeksi bilan yonma-yon (O’ngdan-pastga) arabcha raqam qo’yilib u nisbiy yoshni belgilaydi. Masalan: Trias sistemasi (indeksi T) uch bo’limga bo’linadi. Quyi, o’rta va yuqori shunga mos ular T1, T2 ,T3 bilan belgilanadi. Juda mayda bo’limlarni belgilashda bo’lim harfi yoki raqamining yuqori qismi o’ng tomonida harf yoki raqam qo’yiladi. Masalan Сэ3, N,ap va boshqa.

Relyef turlarini ajratish va tavsiflash. Xaritada tog’li (juda ham baland tog’lar - absolyut balandligi 2000 m dan yuqori; o’rtacha balandlikdagi tog’li- absolyut balandligi 700-2000 m; past tog’li- absolyut balandligi 700 m dan kam), tekislik va past- baland ko’rinishdagi relyeflami ajratish lozim. Ayniqsa relyefning yirik tektonik, erosion va akkumulyativ shakllariga e’tibor berish kerak.

Xaritada relyefning tuzilishim ko’rsatuvchi gorizontal chiziqlarning joylashishi, tog’ jinslarining holati va stratigrafik chegaralariga e’tibor berish. Ilgari aytib o’tilgandek, to’rtlamchi davrgacha paydo bo’lgan jinslar gorizontal holatda yotgan bo’lsa, qatlamlar orasidagi chegaralar gorizontal chiziqlarga parallel, monoklinal holatda yoki bukilmalar hosil qilib yotgan bo’lsa, bir necha gorizontal chiziqlar bilan kesilgan bo’ladi. Agar qatlamlaming birlamchi yotish holatlari uzilmalar, bukilmalar ta’sirida o’zgargan bo’lsa u holda maydonda ko’p uchraydigan yirik bukilmalaming cho’ziqligini va qatlamlaming yotish elementlarini aniqlash kerak. Ayniqsa magmatik tog’ jinslarining yer yuzasiga chiqqan qismlariga va qatlamlaming yoriq bo’ylab siljishiga e’tibor berish lozim. Shuningdek, geologik strukturalar bilan relyefning o’zaro bog’liqligini ham hisobga olish zarur.

O’rganilayotgan maydon yer qobig’ining geosinklinal yoki platforma (jismiga ta’luqli ekanligini aniqlash.Geosinklinal qism yer qobig’ining kuchli burmalanishi va mayda bo’laklarga (qismlarga) bo’linishi, cho’kindi jinslar qalinligi ko’pligi, magmatik va metamorfik jinslaming ko’p tarqalganligi va juda baland tog’li relyeflaming ko’pligi bilan ajralib turadi. Platforma qismida esa yer yuzasining relyefi tekis, bukilma va uzilmalar rivojlanmagan, cho’kindi jinslarining qalinligi kichik va magmatik jinslar kam tarqalgan bo’ladi.

Tog’ jinslarining litologik tarkibini, yotish holatini, yoshini hisobga olgan holda maydonni tegishli rayonlarga ajratish.



Geologik kartalarda tasvirlangan tog' jinslari va qatlamlarning yotish holatlari, tabaqalanishi, lotologik tarkibining chuqurlik bo'ylab o'zgarishi hamda maydonning yuza sathi haqida to'laroq tasawurga ega bo'lish Ishning Ishning maqsadii:ida geologik kesmalar chiziladi.

Geologik kesmalar joylarning geologic tuzilishini to'la xarakterlaydigan qilib tuziladi. Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotgan bo'laklari hamda bukilmalar, uzilmalar va otqindi jinslar tarqalagan qismlari ajratiladi. Kesma chizig'i yo'nalishi qtlamlarning cho'ziqlik chizig'iga, yotish chizig'iga va daryo vodiylariga ko'ndalang qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning yotish holati va qalinligi kesmalarda aniq ko'rinadi.

Tanlangan yo'nalish bo'yicha kesma tuzish uchun dastlab bu yo'nalishdagi ikki nuqta geologik kartada to'g'ri chiziq bilan tutashtiriladi. (8.1- rasm). Chiziq uzunligi tuziladigan kesma uzunligiga mos kelishi kerak. Bu chiziq kesma chiziq deb ataladi va uning har ikkala uchi shartli harflar (A-B) yaki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi.

Geologik kesma tuzishdan oldin millimetrovka qog'ozga kesmaning topografik asosi chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari karta masshtabiga mos kelishi zarur. Agar yer yuzasi relyefining o'zgarish amplitudasi katta bo'lsa, u holda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan ancha yirik qilib olinadi. Qatlamlar bukilmalar hosil qilgan bo'lsa, ularning vertikal masshtabini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki kesmada tasvirlanayotgan bukilmalarning shakli butunlay o'zgarib ketishi mumkun. Bunday hollarda gorizontal va vertikal masshtablar bir xil bo'ladi.

Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yih, ostiga esa shartji belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma'lumotlar yoziladi.

Kesmani tuzish uchun kartada belgilangan kesama chizig'i ustiga millimetrovka qog'ozi qo'yiladi. Qog'ozga kesma chizig'i bilan gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalar tushiriladi. Bu nuqtalarning absolyut balandliklari aniqlanib, nuqta yoniga yozib qo'yiladi. So'ngra qabul qilingan vertikal masshtab bo'yicha kesma chizig'iga parallel chiziqlar o'tkaziladi. Kesma chizig'ining gorizontallar bilan kesishgan joyidan parallel chiziqlarga perpendikulyar chiziqlar chiqarilib, ularning o'zaro kesishgan nuqtalarivertikal masshtab bo'yicha belgilanadi. Shundan so'ng nuqtalar o'zaro tutashtirilib, berilgan yo'nalishdagi kesmaning topografik asosi, ya'ni yer yuzasining relyefi tuziladi. (8.1- rasm,).

Kesma chizig'i bilan stratigrafik bo'linmalarning kcsishishidan hosil bo'lgan chegaralar nuqtalar bilan belgilab chiqiladi va kesmaning topografik asosiga tushiriladi. Agar maydonda to'rtlamchi davr yotqiziqlari va to'rtlamchi davrgacha hosil bo'lgan yotqiziqlar uchrasa ularning qalinligi burg' quduqlari yordamida aniqlanadi. So'ngra jins qatlamlari vertikal masshtab bo'yicha kesmaga tushiriladi. Bir xil genetik turga yoshga mansub bo'lgan jinslar chegarasi o'zaro tutashtiriladi. Tubjoy jinslarning va uzilmalarning yotish holatlari aniq o'lchovlar yordamida kesmada ko'rsatiladi.

Kesmada tasvirlanadigan to'rtlamchi davr yotqiziqlarining genetik turiga va yoshiga qarab rang tanlanadi. Jinslar esa litologik tarkibi bo'yicha shartli belgilarda aks ettiriladi (8.1- rasm,).

Maydon va tarqalgan qatlamlar burmalangan bo'lsa, ularni kesmalarda tasvirlash uchun dastlab bukilma asosida joylashgan qatlamlar ko'rsatilib, so'ngra boshqa qatlamlar chiziladi. Antiklinal va sinklinal bukilmalarning o'qlari yuzasini, uzilmalarning yotish holatlarini ko'rsarish orqali kesmaga aniqlik kiritiladi.

Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish holatlari ko'rsatilib, so'ngra qatlamlarning yotishi ularga moslab lushiriladi. (8.1-rasmga qarang).




14.1-rasm

8.1-rasm. Geologik xarita va uning AB chizig’i bo’yicha kesmasi.

Ko'rgazmali misol uchun geologik kesimlar qatlamlarda beriladi.



Geologik kesim bu chizig'larda quyidagi materialda beriladi.

  1. Tabiiy tog' jinslari qatlamini daryo vodiylari qirgoqlarida tasvirlash.

  2. Tog' jinslari qatlamini quduqlar yordamida aniqlash.

  3. Geologik karta asosida.

Kartada geologik kesim beriladi yoki quduqlar ma'lumotlari asosida kesim tuzish.

  1. ko'p miqdorda xar-xil qatlamlarni kartada geologik kesim Chizig'ini o'tkazish.

  2. kartada chizig'larni I-I, II-II yo A-B, V-G shaklida belgilash kerak. S) topografik xolat geologik kartada gorizontal va vertikal masshtabda karta masshtabi shaklida beriladi.

Gorizontal yo qiyalik qatlamlarda vertikal masshtab bu maydonda 2-4 marta oshiriladi; kesimning doimo orentiri olinadi, yoki kesim keng yo'nalishda bo'lsa, chap tomoni oxirgi F (g'arb) o'ng tomoniga Sh (sharq) meridianda berilsa chapga J (janub) unga Sh (shimol).
Topshiriq: Geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini o‘rganish. Berilgan variantlar bo’yicha talabalar geologic kesma tuzish. Berilgan masshtab gorizontal 1:2000vertikal 1:2000 qidiruv quduqlari asosida kon geologik kesimini tuzish.

Kerakli qurollar:

  1. Ish daftari

  2. Chizg’ich, ruchka, qalam

  3. Uslubiy ko’rsatma

  4. Geologik xarita

  5. Tog’ jinslari va minerallar

  6. Shartli belgilar chizmalari

  7. Joyning sxematik geologik xaritasi

  8. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi.

  9. Millimetrlli qog’oz.

Amaliy ishni bajarish tartibi:

O’qituvchi talabaga geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini tushuntirib beradi, talabalarga variantlar berib kesma tuzish usullarini o’rgatadi. Keyin talabalar kesma tuzadilar.


Hisobot turi:

Dars mashg’uloti tugagandan so’ng yozma hamda 8.1 va 8.2-rasmdagidek geologic kesma chizib hisobot topshiradi.




8.2-rasm.Maydonning geologik kesimi.
Download 144.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling