8-amaliy mashg'ulot. Ichki vodoprovod uskunalarining joylanishi va trassirovkasi
Download 81.5 Kb.
|
8-mavzu
8-AMALIY MASHG'ULOT. Ichki vodoprovod uskunalarining joylanishi va trassirovkasi Suv tarmog‘ini trassirovkasi, eng avval suv kiritilayotgan tomondan, eng o‘zoqda joylashgan sanitar – texnik jihozlari tomon olib boriladi. Trassirovkalash orqali bino ichida joylashgan hamma jihozlar suv bilan ta'minlanish chizmasi tayyorlanadi (aksonometrik sxema). Sxema bino ichida olib boriladigan asosiy santexnik jihozlarga suv keltirish larini qurishi uchun montaj xujjati hisoblanadi. Bu sxema yordamida qurilish ishlariga sarf bo‘ladigan hamma qurilish ashyolarini miqdorini diametrlari, o‘zunliklari va boshqalar. Aholi punktlarini erkin rejalashtirish vaqtida tarmoqlarni trassirovkalash ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: vodoprovod tarmog‘ini boshqa tarmoqlarni erda borligini hisobga olmay joylashtirish va turli maqsadlarga mo‘ljallangan tarmoqlarni bir handaqdan o‘tkazish yoki yig‘ma temir beton kanaldan va binolarning texnik qavatlaridan yoki birinchi etaj ostida joylashtirish mumkin. Aholi punktidan hamma iste'molchilarga umumiy vodoprovod tarmoqlarini loyihalash yaxshi iqtisodiy samara beradi. Rasm 1.3. Axoli turar joy binolarini suv bilan ta'minlashning umumiy sxemasi 1 – suv manbaasi, 2 – suv oluvchi qurilma, 3 – 1 suv ko‘tarish nasos stansiyasi, 4 – suv tozalash inshooti, 5 – toza suv idishlari, 6 – 2 suv ko‘tarish nasos stansiyasi, 7 – bosimli suv idishlari, 8 – axoliga suv tarqatish tarmoqlari, 9 – o‘zi oquvchi suv tarmog‘i, 10 – bosimli suv tarmog‘i. Suv ta'minoti tarmoqlarining asosiy elementlari. Ichki suv ta'minoti tarmoqlarini asosiy elementlariga (rasm 1.4) quyidagilar kiradi: - suv ta'minoti tarmoqlarini binoga suv kiritish qismi, ya'ni binoni ichki suv ta'minoti tarmoqlarini shahar suv ta'minoti tarmoqlaribilan tutashtiruvchi tarmoq; - suv o‘lchagich va suv o‘lchash tuguni; - suv bosimini oshirib beruvchi moslama (suv saqlash xajmlari, nasos bosimli uskunalari yoki gidropnevmatik uskunalar); Rasm 1.4. SHohsimon suv ta'minoti tarmoqlarining sxemasi 1- binoga suv kiritish joyi; 2-suv o‘zatish tarmog‘i; 3- turbinali suv o‘lchagich; 4-tizimdan suv chiqarib yuborish uchun ishlatiladigan kran; 5- tizimdagi bosimni bir maromda ushlovchi jihozlar; 6- suv isitgichlar; 7 - suv tarmoqdan olish va uni yo‘lini larda berkitishga xizmat qiladigan ventillar; 8- sovuq suv o‘zatish uchun xizmat qiladigan magistral va suv tarqatish tarmoqlari; 9- issiq suvni istemolchilarga o‘zatishga xizmat qiladigantarmoqlar; 10- issiq suvni sirkulyasiyasi vaqtida ishlaydigan tarmoqlar; 11 santexnik jihozlar; 12- pojar kranlari; 13- suv sepish uchun ishlatiladigan suv ta'minotitarmoqlari; 14- suvni sirkulyasiya qildiradigan nasoslar; 15 -suvsepish kranlari. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling