SUV: QAYTA TIKLANADIGAN VA ZAHIRA QILINADIGAN MANBALAR
1. Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar.
2. Suvni taqsimlash tizimlari.
3. Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya.
4. Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar.
Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zahiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz.
BMT Bosh kotibining “suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq”, degan pozitsiyasini to‘la qo‘llabquvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q.
Gidrosfera deb, Yer sayyorasining tashqi qobig‘ini tashkil qiluvchi suv havzalariga va qisman litosfera qatlamlari orasidagi suvlarga aytiladi.
Gidrosfera suvi massasining asosiy qismi okeanlarda joylashgan bo‘lib, Yer yuzasining 71 %ini egallagan. Quyidagi jadvalda Yer sayyorasida tarqalgan suvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Tabiatdagi aylanayotgan suv miqdori okeanda mavjud bo‘lgan suv hajmidan kam bo‘lib, okean suv uchun ombor hisoblanadi. Umuman olganda, dunyo bo‘ylab 1.386.000.000 km kub suv miqdori mavjud bo‘lib, shundan 1.338.000.000 km kub suv okeanlarda to‘plangan. Bu 96.5 %ga to‘g‘ri keladi. Tabiatda suv aylanish jarayonidagi bug‘lanish bosqichida okeanlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular umumiy bug‘lanishning 90 %ini ta’minlab beradi.
Bug‘lanish suvning suyuq holatidan gaz yoki bug‘ holatiga o‘tish jarayonidir. Bug‘lanish suvning suyuq holatidan suv aylanish jarayoniga qaytishining birlamchi yo‘lidir. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, okeanlar, ko‘llar, dengizlar, daryolar bug‘lanishi orqali atmosferadagi 90 % namlik ta’minlanadi, qolgan 10 % o‘simliklardan bug‘lanishi orqali ta’minlanadi.
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |