8-rasm. Ichimlik suvining tanqisligi va ifloslanishi
Dunyoda 1 mlrd. aholi sanitar me’yorlariga binoan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kuni dunyoda 5000 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan ko‘z yumadi. 2025-yilga qadar suv tanqisligidan 2 mlrd. aholi aziyat chekishi ehtimoli bor.
Yer yuzida ishlatiladigan suvning 70 %i qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. 1 kg kartoshkani yetishtirish uchun 100 litr suv ishlatiladi. 1 kg guruch uchun 4000 litr, 1 kg mol go‘shti yetishtirish uchun 3000 litr suv sarflanadi.
3. Suv bo‘yicha islohotlar va huquqiy himoya O‘zbekiston Respublikasining suv xo‘jaligi majmuyi (SXM) o‘z ichiga murakkab tashkiliy-texnik va iqtisodiy mexanizmni birlashtiradi. Mamlakatning barcha hududiga suv olib kelish va olib ketish tizimining me’yoriy ishlashini ta’minlaydi hamda yuz minglab suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarga xizmat qiladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoridagi asosiy mahsulot ishlab chiqaruvchi, eng katta suv iste’molchisi sug‘oriladigan dehqonchilikdir.
Suv resurslari. Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi o‘rtacha ko‘p yillik suv resurslari hajmi 133,6 km kubni tashkil etadi.
10-jadval
O‘zbekiston Respublikasining ustki suv resurslari
Ko‘rsatilgan hajmdan O‘zbekistonga to‘g‘ri keladigani 72,4 km kub, shundan 61,1 km kub sug‘orishga va 11,3 km kub boshqa iste’molchilarga sarflanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining bor suv resurslari qayta tiklanadigan tabiiy yerosti va yerusti hamda antropogen asosli qaytib keluvchi suvlardan iborat.
Suv resurslari ikki guruhga bo‘linadi:
– milliy suv resurslari;
– transchegaraviy suvlar.
11-jadval
Sirdaryo va Amudaryo havzalarida sug‘orish va suv ishlatishni rivojlantirish imkoniyatlari
Manba: stat.uz ma’lumotlari.
Milliy suv resurslari o‘z ichiga mahalliy daryo suvlari, yerosti va qaytib keladigan suvlardan, shuningdek, bir mamlakat chegarasida paydo bo‘ladigan suvlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |