Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Suvni taqsimlash tizimlari
Download 1.22 Mb.
|
Maruza 6.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning inson uchun qadrlilik darajasi
2. Suvni taqsimlash tizimlari Yer yuzida yashovchi har qanday mavjudot massasining asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, balog‘at yoshiga yetgan kishilar tanasining yarmidan ko‘p qismini suv tashkil qiladi. Badanda yog‘ to‘planishi bilan suvning hissasi kamayadi. Inson 50 yoshdan o‘tgach, uning badanidagi suvning miqdori kamayib boradi. Organizmdagi suvning asosiy qismi (70 %) protoplazmalar 131 to‘qimasida, 7 % suv qon plazmasini hosil qiladi, 23 %ga yaqini to‘qimalarni yuvib turishga sarf bo‘ladi.
Inson organizmi uchun ham, hayvonlar uchun ham suvning ahamiyati beqiyosdir. Ovqat hazm qilish jarayoni organizmning muhim suv muhitida kechadigan funksiyasidan biridir. Suv har qanday oziq-ovqat mahsulotini erituvchi muhim eritma hamdir. Suv bilan birgalikda ozuqa moddalar (oqsil, uglevodlar, yog‘lar, mineral tuzlar) oshqozonga va ichakka so‘riladi va qon tarkibiga o‘tadi. Qon bilan esa organizm bo‘ylab teng tarqaladi. 9-jadval Suvning inson uchun qadrlilik darajasi Suvni organizmdan chiqaruvchi muhim a’zo buyrak hisoblanadi. Aynan buyrak orqali odam organizmidagi suvning yarmiga yaqini o‘tadi. Shu bilan birga, buyrakdan bir sutka davomida 100 litr qon ham o‘tadi. Bu yerda qon keraksiz moddalardan tozalanadi. Bu keraksiz moddalarni esa organizmning turli a’zolaridan suv olib keladi. Odam organizmida ro‘y beradigan murakkab jarayonlardan so‘ng bir qismi siydik orqali chiqib ketadi. Shuning uchun ham ichimlik suvining toza bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. Mabodo suv yetishmasa, buyraklarga yordam kerak bo‘ladi va u jigarga murojaat qiladi. Agar jigar tez-tez buyrakning vazifasini bajarishiga to‘g‘ri kelsa, u samarali ravishda ishlay olmaydi. Insonda 1 % suv yo‘qotilishi chanqoqni qo‘zg‘atadi; 2 %i bardoshlilikni pasaytiradi; 3 %i kuchni kamaytiradi; 5 %i so‘lak va siydik ajralib chiqishini kamaytiradi, nafas olishni tezlashtiradi, loqaydlik, mushak zaifligi, ko‘ngil aynishini keltirib chiqaradi. Buyuk tibbiyot ulamosi Buqrot (Gippokrat) ko‘p miqdorda suv ichib, siydik hajmini ko‘paytirish va bu bilan siydik yo‘lida toshlar paydo bo‘lishining oldini olishni tavsiya etgan. Bugungi kunda taxminan 12-15 % aholining buyragida tosh hosil bo‘lmoqda. Inson tanasi og‘irligining 6-8 % namligi yo‘qolsa, insonning tana harorati ko‘tariladi, terisi qizaradi, yurak urishi tezlashadi, nafas olishi susayadi, bo‘g‘inlar kuchsizlanadi, bosh aylanadi, bosh og‘riydi, hushini yo‘qotsa, odam o‘ladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling