Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Suvni taqsimlash tizimlari
Download 1.22 Mb.
|
Maruza 6.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki
Transchegaraviy suv resurslari ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yerusti yoki yerosti suvlaridir.
Transchegaraviy suv obyektlari ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlaridir. Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi. Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki – umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Yagona davlat suv fondi: – jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlar, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yerusti suvlaridan; – yerosti suvlari, qor zahiralari va muzliklardan iboratdir. Orol dengizi havzasi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sxemalarda 1983-84-yillarda belgilangan davlatlararo suvni bo‘lish limiti, 1996-yili Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xo‘jaligi komissiyasi tomonidan Chorjo‘y shahridagi yig‘ilishda tasdiqlangan. Daryolar suvlari yil mobaynida bo‘ladigan va ko‘p yillik notekislik bilan tavsiflanadi: suv kam yilda (90 % ta’minot) suv hajmi o‘rtacha suvlik yillikka qaraganda 23 km kubga kam. Hozirgi kunda Amudaryo havzasida suv hajmi mavsumiy tozalashda 90 % kafolatda 60,7 km kub suv hajmi ta’minlanadi. Suv resurslarini ishlatish strategiyasida asosiy qiziqishni bor suv resurslari uyg‘otadi, ular nafaqat tabiiy, suv omborida saqlangan suv, balki qaytib keladigan va yerosti suvlarini ham hisobga oladi. Suv kam yillari suv resurslari tanqisligi keskin ko‘tariladi. Bu eng katta hududiy mohiyatga ega gidroenergetik uzellarni energetik tartibga solish bilan (ayniqsa, Sirdaryo havzasida) bog‘liq, shu bilan birga, ma’lum ma’noda mavjud sug‘orish tizimlarini yangilashning yo‘qligi, suvni tejash texnologiyasi yechimlarining hamda boshqa texnik va texnologik yechimlarning yuqorida qayd etilgan sxemalarda ko‘zda tutilmaganligi oqibatidir. Kuzatuvlar davridagi daryo suvlarining o‘rtacha ko‘p yillik tabiiy hajmi 123 km kubni tashkil etadi, shundan 81,5 km kub – Amudaryo havzasida, 41,6 km kub – Sirdaryo havzasida. Jami respublika bo‘yicha 17 mingdan ortiq tabiiy suv oqimi mavjud. Amudaryo havzasida ular – 9,9, Sirdaryo havzasida – 4,9 va ushbu daryolar oralig‘ida – 2,9 mingta. Biroq asosiy qismi kichik soylar 10 km dan ortiq bo‘lmagan uzunlikdagi suv oqimlaridir, bu, ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘iga taalluqli, bu yerda, asosan, yil davomida quriydigan daryochalar mavjud va hatto 10 km dan uzun bo‘lgan suv oqimlarida ham har yili oqim bo‘lavermaydi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling