Reja: Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati


Download 30.41 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi30.41 Kb.
#1535640
Bog'liq
(Suv.Qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar.Yer joylashishi va unan ko’p maqsadli foydalanish2)


Mavzu:Suv.Qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar.Yer joylashishi va unan ko’p maqsadli foydalanish.
Reja:

  1. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.

  2. O`rta Osiyoda va O`zbekistonda suv resurslaridan foydalanish.

  3. Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish:
Astronomlar o'zga sayyoralarda hayot bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsalar, avvalambor o'sha sayyorada suv bor yoki yo'qligini aniqlashga kirishadilar. Chunki, hayot bo'lishi uchun eng avvalo suv mavjud bo'lishi kerak. YErda hayot dastlab suvda paydo bo'lib, undan quruqlik – havo va tuproqqa o'tganligini fan allaqachon isbotlagan. Suv o'zining erituvchanlik hususiyati bilan tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotini ta'minlab turadi. Rus geologiya fanining otasi akademik A.P.Karpinskiy "Suv eng qimmatbaho boylik bo'lib, usiz yashash mumkin emas", deb yozgan edi. Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli bo'lishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan oliy ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin. Shundan ko'rinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylanmog'i kerak.


Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida, Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi. O'zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko'p marta sug'orishni talab qiladi. Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.

Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi.


Suvsiz hayot yo'q lekin inson o'zining befarq faoliyati tufayli suvni shunchalik ifloslantirganki, endilikda bunday suv tabiatdagi barcha tiriklikni emiruvchi manbaga aylandi. Buning natijasi esa tuproq tarkibining buzilishiga, hayvonlar va insonlarning har xil kasalliklariga chalinishiga olib keldi. Suvga nisbatan bunday noto'g'ri munosabatda bo'lish faqat ekologik falokat emas, balki ma'naviy fojea hamdir. Suvlarni ifloslovchi manbalar juda ko'p: va xilma-xildir. Bularga sanoat korxonalari va maishiy xo'jalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqovalar: neftni qayta ishlash korxonalaridan chiqadigan suvlar; kasalxonalardan oqib chiqadigan, chorvachilik komplekslardan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi.Dunyo okeanlariga tashlanayotgan neft mahsulotlari, sanoat-maishiy chiqindilar, okova suvlar, radioaktiv va turli zaharli kimyoviy moddalar salmog'i yil sayin ortmoqda. Dunyo okeani suvlariga yiliga taxminan 10 mln. tonna neft mahsulotlari qo'shilmoqda. Dengiz ostidan neft qazib olish oqibatida yiliga 100-200 ming tonna neft quduqlaridan chiqib okean suvini ifloslantirmoqda. Yaqinda Portugaliya qirg'oqlarida avariyaga uchragan Gresiya tankeridan 11 ming tonna neft Atlantika okeaniga oqib suvni ifloslantirgan. Oqibatda Portugaliya, Ispaniya yaqinidagi okean suvidagi hayvon va o'simliklar dunyosi ancha talofat ko'rdi. Okean suvlariga neft to'kilganda suv yuzasini parda qoplab, okean va atmosfera o'rtasida issiqlik, gaz almashinuvi jarayonini buzadi. Oqibatda tabiatda suvning aylanma harakati, okean yuzasining radioaktiv hususiyatlari o'zgarib, suvdagi hayvon va o'simliklarning nafas olishi, hayotini qiyinlashtiradi.Suv hayot manbai ekanligini faqat issiq va o‘ta issiq, quruq iqlim sharoitidagina to‘la tasavvur etish mumkin. Xalq iborasi bilan aytganda: qayerda suv paydo boMsa, o‘sha yerda hayot boshlanadi, suv tugagan yerda esa hayot ham tugaydi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oMkamizda suvga hurmat, uni e’zozlash. isrofgarchiligiga va ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik ruhi hukm surgan. Shu bilan birga «suvday serob bo‘l»s «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q» va shu kabi iboralar ma’lum sharoit va davrda o‘z «\izmatini» o‘tagan. Ayniqsa, asrimizning 50-yillarida «tabiatni xalq izmiga bobysundirish» uchun boshlangan kurash o ‘ziga xos hayot maktabi bo‘Jdi va muhim xulosalarga olib keldi. Ular ichida eng muhimi, suv boyliklarining cheklanganligini, ularga ortiqcha miqdorda iflos suv tashlanmagandagina o‘z sifatini saqlab qolishi mumkinligini, tabiat yoM qo‘yilgan
xatolarni kechirmasligini va har bir xato uchun qasos olishini tushunishdan iborat boMdi. Maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki. soni doimo o‘sib borayotgan sayyoramiz aholisini (agar uning soni 1800-yiIda — 0,9 mlrd., 1920-yili — 1,8 mlrd., Ï970-yiI — 4,0 mlrd., 1990-yil - 5.2 mlrd., 2000-yil - 6.3 mlrd. bo'lgan boMsa,
2050-yil - 11 mlrd.bo‘Jishi kutilmoqda) oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun 2050-yilga kelib, 500 mln. ga sug‘oriladigan yerlarda yuqori hosildorlikka erishish uchun dehqonchilik qilish (hozirda bu maydon 285 mln.ga yaqin) kerak boMadi. Ammo mavjud suv boyliklari faqat 450 mln. gektar yerni sug‘orishga yetadi. Bugungi
6kunda umumiy haydaladigan yer maydoni qariyb 1500 million gektarni tashkii etadi. jumladan, 1 kishiga hisoblaganda 0,25 gektarga to‘g‘ri keladi. Butun yetishtiriladigan mahsuiotning 40 foizi sug‘oriladigan yerlardan olinadi. Qishloq xo‘jaligida 70 foizga yaqin daryo, ko‘1 va yer osti suvlaridan foydalaniladi, qolgan 30 foizi sanoat va maishiy xizmatda ishlatiladi. Qurg‘oqchil hududlarda 90 foiz suvlar qishloq xo‘jaligida foydalaniladi (Lors Krister Lundin va boshq., 2003 y.). Orol dengizi havzasida hozirda qariyb 30 mln. aholi. 7,3 mln. gektar sug‘oriladigan yer mavjud. Havzada sug'orishga yaroqli yer maydoni 60 mln. gektarga yaqin bo‘lib,
mavjud suv boyligi juda borsa 10 mln. gektar yerni sug‘orishga yetadi, xolos. 1980-yilga kelib, yer sharida 4,5 mlrd.ga yaqin aholi bo‘lgan, ulardan 1,5 mlrd.ga yaqini sifatii ichimlik suvi bilan ta’minlangan emas, natijada bir kecha-kunduzda ichishga yaroqsiz suv iste’mol qilish natijasida 30 mingga yaqin kishi halok bo‘layotgani aniqlangan. Orol havzasi va shu jumladan, O ‘zbekiston hududi ham bundan mustasno emas. 0 ‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan xatolar natijasida Amudaryo suvi Termiz shahridan Surxondaryo - janubiy Surxon suv omboridan, Qashqadaryo Chim qishlog‘idan, Zarafshon daryosi Samarqand shahridan, Sirdaryo o‘zani hosil bo‘lgan joyidan, Chirchiq daryosi Toshkent shahridan pastda ichimlik uchun butunlay yaroqsiz holga keldi. Natijada Buxoro, Toshhovuz, Xorazm, Qizilo‘rda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqi ichish uchun umuman yaroqsiz suvni iste’moJ qilishga majbur bo‘lib qoldi. Bu esa tashqi muhitning umumiy ifloslanishi va oziq-ovqat bilan ta’minlashning yomonlashuvi bilan birga, aholining deyarli 90 foizini xastalikka olib keldi. Demak, dunyoda shu jumladan, Orol dengizi havzasida ham
hayotni ta'minlash omillaridan biri — suv boyliklaridan ilmiy asosda foydalanishni tashkii qilishdan iborat. Bu muammoning zarurligi sobiq SSSR hududida dunyoda birinchi marta 1960-yil tan olingan bo‘lsa-da, uni amalga oshirish, ilmiy-amaliy asoslarini yaratish, o‘qitish, mutaxassislar tayyorlash asosan 70-yillarning oxirida boshlandi. Keyingi yillarda mamlakatimizda suv resursiaridan oqilonab(mukammal) foydalanish va tabiat muhofazasiga katta e’tibor
berilmoqda. Bir qator hududlarda suv resurslarining tugab qoüshi, daryo, ko‘l, ichki havzalaming taqdiri kishilarnt jiddiy xavotirga solmoqda. Mavjud suv muammolari yetarli darajada ilmíy asoslanmaganligini alohida ta’kidlash lozim.Hozirgi kunda suv muammolari eng asosiy va murakkab ilmiytexnik muammolardan biri hisoblanadi. Shu sohada YUNESKOtomonidan keng Xalqaro gidrologik dastur tuzilgan boTib, bu dastumi amalga oshirish uchun yuzdan ortiq mamlakatlardan olimlarishtirok etishmoqda.MDH mamlakatlarida ham suv iste’molining va oqova suvlar hajmining jadal sur‘atlar bilan oshib ketishi sababli oxirgi yillarda suv tanqisligi ancha murakkablashgan.
Biroq xalq xo‘jaligining rivojlanishi rejalashtirilgan mamlakatlarda mavjud muammolami yechish mumkin. Bu esa bir necha yillarga mo‘ljallangan katta
xarajatlar evaziga rejalashtirilgan kuchni talab etadi. Hozirgi paytda 0 ‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan mukammal foydalanish bilan bogiiq masalalar katta ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘p yiüar mobaynida yirik gidrotugun qurilishlari
amalga oshirilib, uning asosiy qismlari gidroenergetika, suv ta’minoti, sug‘orish va boshqa suv xo‘jaligi majmuasi qatnashuvchilarining ehtiyojini qondiradi. Yerlami sug‘orish va meliorativ holatini yaxshilash loyihalari hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Suvning zararli ta’sirlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar
ishlab chiqilmoqda, baliqchilik xo‘jaligi tizimlari yaratilmoqda. Daryo oqimlarini alohida suv havzalari ichida hamda ular oraligada qayta taqsimlash masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Mahalliy suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni ifloslanishdan muhofaza qilish muammolari hukumatimiz rahbarlari diqqat markazida turibdi. Bu muammolarning o‘z yechimini topishi suv va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida yangi yirik bosqichni tashkil etishiga aminmiz. Ish faoliyati suv bilan bog‘liq bo‘lgan muhandis-texnik xodimlami tayyorlashda ularning suv resurslaridan mukammal foydalanish va tabiatni muhofaza qilishga oid barcha xususiyatlami
bilish zarur hisoblanadi. Tabiat va jamiyatda suv va uning ahamiyati to‘g‘risida juda ko‘p yozilgan. Antuan de Sent Ekzyuperi «suv dunyoda eng bebaho boylikdir» deb aytgan ed¡. Bu haqiqatan ham shunday. Nima uchun suv muammosi paydo boMgan, uni hal qilish yoMlari nimalardan iborat degan savol tug‘iladi? Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish fani xuddi shu savollarga to iiq javob beradi. Bu fanning asosiy maqsadi tadqiqot olib borilayotgan hududlardagi mavjud suv resurslari va suv iste’molchilarini tadqiqot yili, yaqin va istiqbol davrlar uchun baholashdan iborat.
Bu fan nimaga bag‘ishlangan? Odamzotni suv bilan kelajakda ta’minlash qanday ahvolda? Dunyoda suv qurilishi tarixi qariyb 6 ming yilni tashkil qilib,
shundan 4 ming yili eramizgacha boMgan davrdagi suvdan foydalanishni tashkil qiladi. Asrimizning 50-yillarigacha «suv resurslari cheksiz, u tugamaydigan tabiiy resurs, undan xohlagancha foydalanish mumkin, u hech qachon tugamaydi, daryo
suvini olib ishlatish uning miqdoriga ta’sir etmaydi, suvning sifati ham o‘zgarmaydi, qancha oqova va chiqindi bo4Isa ham suvga oqizish mumkin, chunki u yetti marotaba dumalasa yana toza boMib qoladi», degan noto‘g‘ri ftkr yoki tushuncha odamlar ongidan o‘rin oigan edi. 50-yillar o‘rtasida esa shunday ta’limot paydo boMdiki. ya'ni sug‘orish uchun manbadan xohlagancha suv olib ishlatish mumkin, chunki uning miqdori cheksizdir. Bunday tushunchaning paydo boMish sababi shundaki, o‘sha davrda sug‘orish uchun asosan kichik-kichik maydonlar o‘zlashtirilgan, zavod va fabrikalar unchalik rivojlanmaganligidadir. Qisqacha aytganda, suvga boMgan talab uni tabiiy hajmidan (miqdoridan) birmuncha kam
boMganidadir. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng tinch hayotning boshlanishi, katta-katta maydonlarning o‘zlashtirilishi. sanoatning tez sur‘atlar bilan rivojlanishi, aholi sonining keskin oshib borishi suv resurslarini katta miqdorda ishlatishni talab qila boshladi, deyarli bor suv resurslari o‘zlashtirilib boMindiki, shunda kelajakni qaysi suv resurslari hisobiga hal qilinadi degan savol tug‘ildi. Shunday qilib, ana shu davrda yuqorida keltirilgan tushunchalar, ta’limot qalbaki ekanligi yaqqol ma’lum bo‘lib qoldi. Chunki odamzotning kichik maydonlardagi sug‘orish uchun suv olish va boshqa maqsadlar uchun kichik hajmda suv ishlatish bilan bog‘liq boMgan ta’sirlarini, 50-yillar o‘rtasidagi kata maydonlarni o‘zlashtirish hamda xalq xo‘jalik tarmoqlarining keng miqyosda rivojlanishi bilan bog4liq atrof-muhitga ta’siri
oqibatlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Buning oqibatida chuchuk suv muammosi paydo boMdi. Birinchi qarashda daryolarga, koMlarga, yer osti suviga boy boMgan mamlakatda chuchuk suv tanqisligining paydo boMishi birmuncha taajjublanarlidir. Buning ustiga boshqa tabiiy resurslarga nisbatan suv o‘z sifatini qayta tiklash va hajmini yangilash imkoniyatiga egadir. Suv resurslarini xalq xo‘jaligida katta miqyosda ishlatish suv muvozanatini o‘zgartiradi va suv obyektlarining ifloslanishiga olib keladi. Bu ta’sir nafaqat daryolarga, koMlarga va dengizlarga,
balki dunyo okeaniga ham tegishlidir. Taniqli golland olimi, sayohatchi Tur Xeyrdal birinchi marotaba Atlantik okeanida «Kon Tiki» qayigkida Afrikadan Amerikagacha suzib o‘tganda dengiz suvining ziiol va tozaligi uni butun sayohat davomida hayratga solganligini va undan nihoyatda zavqlanganligini aytadi. 1969-
yili, ya'ni qariyb 15 yil keyin «Ra-l» «Papirus» qayig‘ida ikkinchi marotaba suzib o‘tganida okean suvning (neft mahsuloti va boshqa axlatlar bilan) naqadar tez va juda ifloslanganini qayd qiladi. «Okean yuzasida qanchalik ko‘p axlat va ifloslarni suzib yurganini Siz tasavvur ham qilolmaysiz», - deydi u. Shunday qilib, suv resurslaridan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish kerakligining birinchi sababi ilmiy-texnik taraqqiyot va xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdir. Ikkinchi sababi - oziq-ovqat muammosidir. Buning paydo bo‘lish sababi nimada? Bu asosan sayyoramiz aholisining progressiv ravishda ko‘payishidir. 1980-yilda Xalqaro sog‘liqni saqlash
1. Mavjud suv resurslari xalq xo4jaligi tarmoqlarining suvga bo‘lgan katta miqdordagi ehtiyoji davr talabi bo‘lib, qariyb 80- yillargacha davom etgan. Bu davrda xalq xo‘jaligining suvga bo‘lgan talabini qondirish unchalik qiyin bo‘Imagan. 2. Mavjud suv resurslari xalq xo‘jaligi tarmoqlarining suvga bo'lgan talabidan birmuncha kichik bo‘lgan davr bo'lib, mavjud suv resurslari allaqachon taqsimlanib bo‘lganligi bilan tavsiflanadi. Bu davrda xalq xo‘jalik tarmoqlarining suvga bo'lgan talabini to‘liq qondirish o‘ta murakkab masalaga aylangan.
Xalq xo'jaligi tarmoqlarining, aholining o‘sishi, tabiiy resurslarning tugab borishi, atrof-muhitga antropogen ta’sir etish,
ba’zi mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi,
bulaming barchasi insoniyatni tashvishga solib kelayotgan muammolardir. «Inson va atrof-muhit» tizimi murakkab tizimlardan bo‘lib bormoqda. Barcha ichki va tashqi aloqalar shunchalik turlitumanki, oxir-oqibat bu mahalliy, oldindan bilib boMmaydigan ta’sirlar mavjud tizimlarni kutilmagan natijalarga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun jahon iqtisodiyoti rivojida biosfera holatini bashorat qila bilish zarur. Bunday bashoratlar chet e) va o'zbek olimlari tomonidan injenerlik va tabiiy fanlar usullarini qoMlash asosida bajarilgan edi. Bashoratlar natijasiga ko‘ra, tabiiy resurslardan foydalanish g'oyalari va aholining ko‘payishi, sanoatning sezilarli darajada o‘sishi, atrof-muhitga ta’sirining kuchayishi sababli vujudga
keladi. Respublikamiz xalq xo‘jaligida o‘zgaruvchan rivojlanishni ta’minlovchi qator chora-tadbirlar qabul qilinmoqda: bunda tabiiy resurslardan foydalanish zarurligini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Suv resurslari boshqa barcha tabiiy resurslar ichida muhim o‘rin tutadi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishida borgan sayin qishloq xo‘jaligi, sanoat, kommunal-maishiy xo‘jaligi, sport va dam olish tadbirlari xususiyatlariga ko‘ra o‘z o'rnini topmoqda. Xalq xo‘jaligida suv iste’moli boshqa jami resurs va mahsulotlardan oshib tushadi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:
I tonna neft qazib olish uchun -10 m3 suv;
1 tonna po‘ lat uchun —100 m3 suv;
1 tonna qog‘ozga - 250'm3 suv;
1 tonna atsetat ipagi uchun - 2600 m3 suv;
1 kilogramm sabzavot yetishtirish uchun - 50 litr suv;
1 kilogramm non mahsulotini yetishtirish uchun - 500 litr suv kerak bo’ladi.
Sivilizatsiyaning rivojianishi - suv xo‘jaiigi tarmoqlarining rivojlanishi va suv iste’molining o‘sishi bilan ham bog‘liqdir. Dunyo bo‘yicha sanoat suv iste’moli o‘rtacha yiliga 1900- 1975-yillarda 21 marta. (30 km3 dan — 630 km3 gacha), MDH
mamlakatlarida 83 martachaga (1 km3 dan 83 km3 gacha) o‘sdi.
Suv resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi xalq xo‘jaIigi tarmoqlari tomonidan suvning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yilgan talab darajasini ta’minlash, biosferani har qanday sharoitda saqlash va suvni zararli ta’sirlardan muhofaza qilishdan iborat. Suv biosferaning asosiy elementlaridan hisoblanaganJigi tufayli, suv resurslarini boshqarishga ekologik jihatdan yondashish zarur. Barqaror ekologik tizimlarda doimo asosiy resurslardan foydalanishning yopiq davri kuzatiladi. Bitta organizmning yashash faoliyati uchun zarur mahsulotlar boshqasi uchun ozuqa boMadi. Shunday qilib. atrof-muhitning harakatli ifloslanishi sodir bo‘lmaydi. Biotsenozalar o ksimlik, hayvonot va mikroorganizmlar yig‘indisi bo‘lib, suv havzasi yoki quruqlik uchastkasida yashayotgan bir-birining munosabatlarini tavsiflaydi. Qadimgi holatini haddan tashqari sekin tiklaydigan muzlik va chuqur yer osti suvlari biotsenozalar uchun ekologik nuqtayi nazaridan xavfli hisoblanadi. Statik zaxiralarini ishlab chiqish oson, biroq ularni tiklash uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Suv xo'jaligi muvozanatining tanqisligi sezilganda, hozirgi dengiz suvlarini tindirib foydalanishga e’tibor qaratmaslik zarur (masalan, Shevchenko shahri).
MDH va boshqa bironta mamlakat yoki hududlaming suv bilan ta’minlamshini baholash uchun mutlaq va nisbiy (yoki solishtirma) ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Birinchisi, daryo oqimining o‘rtacha yillik hajmi bo‘yicha baholanadi, (km3/yil
yoki m3/yil) ikkinchisi, xuddi shu hajmda, biroq yuza birligiga bog‘!iq (km2/yil) yoki aholi soniga (har bir kishiga m2/yil). Suv resurslaridan mukamma! foydalanish - (yunoncha synthesis «birlashish») fizik-kimyoviy, biologik, muhandislik va
ijtimoiy fanlarni birlashtiruvchi sintetik fandir. Suv xo‘jaligi loyihalarining muhandislik masalalari yechimidan boshqa har qanday loyihalarni ko‘rib chiqayotganda qator tabiat muhofazasiga oid va ijtimoiy muammolarga duch kelish mumkin. Shunday qilib, suv xo‘jaligi tizimining asosiy qismi deb sanalgan meliorativ tizim turli vazifalarni bajarishga oid va o‘zaro uzviy bogMangan bir qancha elementlardan tashkil topgan. Bu aloqalar murakkab boMganligi uchun meliorativ tizim murakkab tizimlardan sanaladi.
Bu tizimning muhim xususiyatlari, uning ko‘p sonligida emas
(104...107), balki barcha element va qismlarning uzviy bog‘liqligida. Shuning uchun ham ularni o‘rganishda tartibli tahlil jihatidan yondashish yanada samaraliroqdir (siyosiy. harbiy, ijtimoiy,
iqtisodiy, ilmiy va texnik tavsifdagi murakkab muammolardan foydalanish maqsadida yechimlarini asoslash va tayyorlash kabi metodologik vositalar yig‘indisidir). A.A.Malinovskiyning (Математические и системные методы в биологии будущего. Наука о земле. 1988/12, 3.) flkricha, «Matematika fani yecholmagan masalalami, Darvin nazariyasida bolgani kabi va ko‘p hollarda shubhasiz, boshqa qator sohalarda ham masalaning to‘g‘ri qo‘yilishi orqali bajarish mumkin». Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish tizimining asosiy muammosi, mavjud tabiiy resurslarga bo‘lgan talablar rejasining nomuvofiqligidir. Buni quyidagicha ifodalash mumkin: suv resurslaridan foydalanishning shunday tizimini ishlab chiqish lozimki, suv xo'jaligi tizimlari atrof-muhitga salbiy ta’sir etmasligi lozim, xalq xo‘jaligi esa suv miqdori va sifatiga
qo‘yilgan talab darajasidagi suv resurslari bilan ta’minlansin. Tizimli tahlilning asosiy mohiyati haqiqiy jarayonlarni ifoialovchi: tartibli tahlilning negizi hisoblash mashinalari va axborot tizimlari bilan bogMiq bo‘lgan umumiy modellar tu>
z.shdir. Bu tizim iqtisodiyotning boshqarish tizimida, kosmosni o‘zlashtirish muammolarini yechishda va boshqa sohalarda qo‘llanilib kelmoqda. Tizimli yondashish — bu ilmiy anglash va ijtimoiy tajribaning metodologik yoMlanmasidir. Uning negizida obyektlami tizim sifatida ko‘rib chiqish, ya’ni bir butun obyektni yoritib berishga yo‘naltirish, undagi xilma-xil turdagi aloqalarning kelib chiqishi
va ulami yagona nazariy to‘plamga jamlangan ma’lumotlar sifatida ifodalanadi.
Suvga bo‘lgan talabni to‘g‘ri belgilash. suv resurslaridan mukammal foydalanish, suv xo‘jaligi majmuasining barcha ishtirokchilariga taraqqiyotini bashorat qilishni talab qiladi (15-20 yilga). Suv xo4jaligini rejalashtirish ana shu ko‘rsatkichga
asoslanadi. Jami suv hajmining mahsulot hajmi bilan bogiiqligini e ’tiborga olib, birinchi navbatda, yaqin va uzoq kelajakda ishlab chiqarilishi kutilayotgan o‘sha mahsulot hajmini aniqlash zarur. 0 ‘z navbatida, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotJarining kerakli.iiajmda bo‘lishi aholi sonining o‘sishiga, tuzilishi va talab
darajasiga, ya’ni u yoki bu ishlab chiqarilish mahsulotlariga talabning kamayishi yoki ko‘payishiga bogMiq bo‘ladi.
MDH mamlakatlarida ishlab chiqarishning istiqbolli rivojlanish negizi - bu ilmiy-texnik ilg‘or natijalardan foydalanishga, xalq xo‘ja!igini rejalashtirish va boshqarish usullarini takomillashtirishga asoslangan uzoq muddatga mo'ljallangan davlat iqtisodiy siyosati hisoblanadi. Mamlakat xalq xo‘jaIigini rivojlantirishning asosiy ijtimoiyiqtisodiy vazifasi umumxalq ma’naviy va moddiy ehtiyojini to‘liq qondirishda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona o‘siirishdir.
Shunga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari kelajakda aholining o‘sishini hísobga oigan holda, birinchi navbatda. aholi sonining o ‘sishini bashorat qilish bilan yechilishi zarur. Aholi sonining o‘sishi chiziqli tavsifga ega bo‘lib: o‘sish tezlik
koeffitsiyenti yiliga K=2,25 mln. kishini tashkil etadi. Keyinchalik shahar aholisining ko‘payish g‘oyasi saqlanib qolib (yiliga K,h = 3,2 mln. kishi), qishloqda kamayib ketadi (yiliga Kq=l mln. kishi).
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining o‘sish jadalligi mavjud aholi soniga to'g'ri proporsional, shuning uchun oksha joyda aholining o‘sish¡ ekspoment bo‘yicha sodir bo‘ladi. Ana shunday g‘oyalar butun jahon bo‘yicha aholining o‘sishi uchun
tavsif bo‘la oladi. Mehnat unumdorligining ko‘payishi va ishlab chiqarish jarayonlarida so‘m jam g‘armasining o‘sishi qishloq xo4jaligi va milliy daromadning oksishiga hamda sanoat mahsulotlarining ko'payishiga olib kelishi shart. MDH mamlakatlari sanoatida to‘liq suv iste’moliga boklgan talabning o‘sishi quyidagi ko‘rinishga ega: qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot sanoatga nisbatan birmuncha sekinroq o‘sishi kuzatiladi. hatto qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulotning nisbatan kam miqdorda bo‘lsa-da, ko‘payishi suv iste’molining ko‘p miqdorda ortishiga olib kelishi mumkin. Grafikdan (1.1-rasm) koYmib turibdiki, to'liq suv iste’moli qishloq va baliqchilik xo‘jaligida sanoatga nisbatan,i4 bqjQbar ko‘p talab etilmoqda.
Hozirgi sharoitda sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda katta miqdorda energetika resurslarini sarflamasdan biror natijaga erishib boim aydi. Shuning uchun mamlakatni uzoq muddatli rivojlantirish g‘oyas¡ga ko‘ra, energetika ham tez sur‘atlarda rivojlanishi lozim (I mln. kVt quvvatga Q = 50 m3 /s uzluksiz suv oqimi zarur). Qishloq va baliqchilik xo‘jaligida to‘liq va qaytarilmaydigan suv iste'molini ko‘paytirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Aholi sonining o ‘sishi va yashash joylarida obodonlashtirish darajasining yuksalishi kommunal-maishiy xo‘jaligida suv iste’-
molining 0‘sishiga olib keladi.
. Dunyo bo‘yicha suv iste’moli bashorati Xalq xo'jaligini rivojlantirish to‘g‘risidagi ilmiy farazlariga ko‘ra, sanoat va qishloq xo'jaiigida suv iste'molini bashorat qilish
bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun eng muhim sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulot turlari miqdorining farazlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi. Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning umumiy qonuniyatlarini ta’riflash uchun ko‘p omilli matematik modellardan foydalaniladi. Model keng ma’noda tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lum bir obyekt timsolidir. Modellashtirish tushunchasi deganda, ayrim yordamchi
obyektlarni tahlil qilish yordamida anglash obyektini bevosita emas, balki qiyoslash yo‘li bilan tadqiqot qilish tushuniladi. Ulardan dastlabki asosiy obyektlarni tahlil qilishda qoMlaniladi, bu bilan o‘rganiladigan hodisalarga nisbatan ularni tadqiqot qilish osonroq bo‘lishi uchun tanlangan modeller deb yuritiladi. Bunda dastlabki obyektlarning eng muhim tomonlarini tadqiqot etish amalga oshiriladi. Shuning uchun ham modellashtirish, birinchi galda, o‘rganilayotgan u yoki bu xususiyatlari uchun mas’ul boMgan eng zarur omillarni yuzaga chiqarishga imkon
yaratadi. Suv xo‘jaligi masalalarini yechishda moddiy modellashtirish bilan bir qatorda (fizik o‘xshashlik) fikran modellashtirishdan ham foydalaniladi. Bunda obyekt fikran o‘xshashga asoslangan bo‘lishi kerak.

Xulosa:
Xalqimizning hayotini yaxshilashni asosiy yo'llaridan biri uni toza ichimlik suviga bo'lgan talabini to'liq qondirishdir. Buning uchun suvni ko'paytirish va uni toza saqlash choralariga yanada ko'proq e'tibor qaratilishi kerak. Ma'lumki, suvning manbai bo'lgan qor tog'larga kam tushmoqda, muzliklar maydoni borgan sari qisqarib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri o'tgan asrning birinchi yarmilarida tog'lardagi o'rmon-daraxtlarning, ayniqsa, archazorlarning qirqilib yuborilganligi, tog'larning yalong'och bo'lib qolganligidir. Viloyatimiz tog'laridagi o'rmonlarning 50 foizidan ko'prog'i qirqilib yuborilgan. Buning oqibatida suv kamayib, ko'p buloqlar qurib ketdi. Bahor oylarida tushgan nam xam tez bug'lanadi, shamol va yog'ingarchilik ta'sirida er eroziyaga uchraydi. Oldingi avlodlar yo'l qo'ygan xatoning jabrini keyingi avlodlar tortayapti. Hozirgi kunda bu borada yo'l qo'yilgan xatolar tuzatilmasa, kelajak avlodning ahvoli bundan ham tang bo'ladi. Bu joylarda tabiat muvozanatini tiklashning asosiy sharti yangi o'rmonlar barpo qilishga ko'proq e'tibor berishdir. Suvni muhofaza qilishning asosiy shartlaridan biri, uni tejab sarflashdir. Suvni tejashda borgan sari ko'payib borayotgan oqova suvlarini yig'ib, uni tozalash va qayta ishlatish katta ahamiyatga egadir.Ko'p joylarda sug'orish sistemasi (kanal, lotok, ariqlar) nosozligidan suvning bir qismi erga shimilib yoki havoga bug'lanib isrof bo'lib ketayapti, ba'zi xo'jaliklarda, ayniqsa, Qarshi kanali atrofida suvdan rejasiz foydalanish, ko'llatib sug'orish, keraksiz joylarga oqizib qo'yish hollari uchrab turadi. Ko'p xo'jaliklarda suv optimal miqdoridan ikki barobar ko'p sarflanayotganligi ma'lum. G'uzani me'yoridan ko'p sug'orish uni g'ovlab ketishiga, tuproq sovushi va zichlanishiga, undagi foydali mikroorganizmlar faoliyatini susayishiga olib keladi. Suvni tejab sarflashda oldingi avlodlarning boy tajribalaridan foydalanish lozim. Ba'zi mutaxassislar nishab joylarda sardobaga o'xshash suvni bir joyga yig'uvchi kichik inshootlar qurib, bahor oylarida yoqqan yomg'ir suvini to'plab, yoz oylarida undan ekinlarni sug'orish yoki mollarni sug'orishda foydalanish mumkinligini aytishayapti.BMT ning tashabbusi bilan 22 mart kunini "Butun jahon suv zaxiralari kuni" deb e'lon qilingan.
Download 30.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling