Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari:
1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin.
2.Bu shoshilinch paytda foydalidir.
3.Buharajat bilan birgalikda vaqtni ham tejaydi.
Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari:
1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish.
2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa1-2 so'zlar yoki gaplar noto‘g‘ri sharhlanishi mumkin.
Telekonferensiya va videokonferensiya
Har bir ofisda mikrofonlar bilan qatnashchilar soni oshirilishi mumkin. Ikki tomonlama qo‘ng‘iroqlardan foydalanganda, barcha qatnashuvchilar boshqa
(Vikram Bisen Priya. Business communication. New Delhi.2009, 43-44 betlar.)
barcha qatnashuvchilar bilan gaplashishlari mumkin. Bir tomonlama muloqot qo‘ng‘iroqlarida, og'zaki xabarlar (masalan, kompaniya prezidenti nutqi) turli joylarga bir vaqtning o'zida yetkazilishi mumkin.
Telekonferensiyaning afzalliklari:
1.Foydalanish uchun qulay.
2.Oson erishib bo‘ladigan.
3.Dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa bo‘ladi.
4.Konferens qo‘ng‘iroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadi.
5.Harajatlar, energiya va vaqt tejaladi.
Telekonferensiyaning kamchiliklari:
l.Telekonferensiyaning asosiy cheklovi odamlar o‘rtasidagi yuzma-yuz faoliyatning o‘rnini bosa olmaydi.
2.Odamlar yuzma-yuz faoliyatni afzal ko‘rgan holda telekonferensiya haqiqiy maqsadga xizmat qilmaydi.
Videokonferensiya. U to‘liq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yig‘ilishlarga o‘xshash bo'ladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki joyni bog‘lashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari ko ‘pchilik saytlarga ko‘rinishi (imiji) uzatilishi mumkin.
Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin.Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yig‘ilishdagidek ko‘rishlari ehtimolini yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning o'zida turli joylardagi insonlarni ko‘rish va eshitish imkoniniyaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |