8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Sohada o`zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Reja


Download 74.32 Kb.
bet2/10
Sana31.03.2023
Hajmi74.32 Kb.
#1311237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu.-1 (1)

Muloqot - kishilar oʻrtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir.
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.
Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Verbal va noverbal muloqot.
Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin.
Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi.
Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Muloqot texnikasi tug'ma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘g'riroq bo'ladi.
Chunki nutqiy san’at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, balki
fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir.

Download 74.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling