8-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Taqdimot yaratish. Amaliy mashg’ulotning maqsadi


Download 40.93 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1693192
Bog'liq
8-amaliy mashg\'ulot


8-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Taqdimot yaratish.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Multimediyali taqdimotlar yaratish texnologiyasi, multimediali taqdimotlar yaratish dasturiy vositalari hamda montaj qilish dasturlarida ishlash ko’nikmasini shakllantirish.
Ishni bajarish tartibi

  1. “Men hozir o‘rganadigan fanlar haqida” mavzusida taqdimot tuzing.

  2. Taqdimot slaydlari amalda o‘rganayotgan fanlaringizdan iborat bo‘lsin. Slayd sarlavhalariga fanlarning nomi keltiriladi

  3. Slaydlar matnlari siz o‘rganayotgan fanlarning predmeti, maqsadi

o‘rganish sohasi kabi ma’lumotlardan iborat bo‘lsin.
Namuna keltiramiz, masalan,

  1. 1-slayd sarlavhasi: Men hozir o‘rganadigan fanlar haqida Muallif: Abdullayeva Zulfiya

  2. 2- slayd sarlavhasi: Informatika fani Slayd matni:

Informatika fanining maqsadi - fan, texnika va ishlab chiqarishda, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikastiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishdan iborat.
Informatikaning asosiy vazifasi - axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amalyotga qo‘llashdan iborat.

  1. 3- slayd sarlavhasi: Axborot texnologiyalari fani Slayd matni:

Axborot texnologiyalari - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rganuvchivchi fan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari fanni o‘rganishning maqsadi va vazifalari: axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jami- yat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologi-yalarini qo‘llashni nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rganishdan iborat.

  1. 4,…, 10-slayd sarlavhasi: …

  1. Taqdimot tuzish usullarini o‘zingiz tanlang.

  2. Tuzilgan taqdimot slaydlarga Дизайн, Анимация menyularining buyruqlari yordamida tegishli parametrlarni o‘rnating. Slaydlarni tu- zishda Вставка menyusini Рисунок, Клип, Фильм, Звук, Объект buyruqlaridan foydalaning.

  3. Tuzilgan taqdimot nomini o‘z ism-familiyangiz bilan Мои документы papkasida fayl ko‘rinishida rasmiylashtiring.

  4. Bajarilgan jarayonlarni keltiring.



1-amaliy topshiriq.

  1. Animatsiyali taqdimotlar yaratish dasturi Power Point va iSpring Pro dasturini o’z kompyuteringizga o’rnating?

  2. Multimediyali video taqdimot yaratish dasturini kompyuteringizga o’rnating.

  3. Mavjud (oldindan yaratilgan tasvirlar asosida) video taqdimot yarating?

  4. Video taqdimotga audeo ovoz bering va kompyuterga saqlang?

  5. Bir viloyatning Turistik joylarini multimediali taqdimotini tayyorlang?

  1. Tayyorlagan taqdimotingizni o’qituvchiga ko’rsating va uni himoya qilin?

  2. Bajargan ishingiz bo’yicha hisobot tayyorlang?

Foydalangan adabiyotlar:

  1. M. Aripov, B. Begalov, U. Begimquloy, M. Mamarajabov Axborot texnologiyalari. Т.: Noshir, 2009. - 368-b. 19-38 betlar.

  2. Р.Х.Аюпов Информатика ва АТ. Ўқув қўлланма. ТМИ.2013. 37-56 betlar.

  3. Axborot texnologiyalari/M.Aripov, B. Begalov, Sh. Begimqulov, M. Mamarajabov.- Т.: Noshir, 2009.- 368-b.

  4. Turizmda axborot texnologiyalari. Abduvohidov A. M., Zaynalov N. R.,

  5. Umirova D. S. -O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi –T.; «YANGI NASHR», 2018. – 786 bet.

Nazorat savollari.:

  1. Multimedia texnologiyalarini tushuntirib bering?

  2. Multimediali taqdimotlar yaratish dasturlari va ularning turlari

  3. Multimedia taqdimotlarning formatlari

  4. Turizmda multimediali taqdimotlar nima uchun kerak?

Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling