8-amaliy mashg’ulot. Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash


Download 1.78 Mb.
bet4/5
Sana16.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1358689
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsiy himoya vositalarini o’rganish va tanlash

1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy ximoya vositalarini berish buyicha nazorat va xisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida tug’ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan xollarda esa ularni qo’llashni ta’qiqlashni nazorat kilish.

2. Shaxsiy ximoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o’tkazish, ularning sozligini tekshirib turish xamda ularning ximoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshka qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati xaqida tamga qo’yish.

3. Tozalash, yuvish, ta’mirlash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy ximoya vositalari bilan o’z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo’mitasiga yuklatiladi.

Shaxsiy himoya vositalarining turkumlanishi.

Shaxsiy himoya vositalarining turkumlanishi.

Quyida shaxsiy himoya vositalarining sinflari va turlari keltirilgan:

  • Maxsus kiyimlar: kombinezonlar, yarim kombinezonlar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar va fartuklar. Izolyatsiya kostyumlari: pnevmokostyumlar, gidroizolyatsiyalovchi kostyumlar va skafandrlar.
  • Nafas olish a’zolarini himoyalovchi vositalar: gazniqob (protivogaz)lar, respiratorlar, pnevmoshlemlar.
  • Maxsus poyafzallar: etiklar, yarim etiklar, botinkalar. Tufli, kalish va botilar.
  • Boshni himoyalash vositalari: kaska, shlem, shapka, beret va shlyapalar.
  • Qo‘lni himoyalash vositalari: qo‘lqoplar, yengcha, barmoqqa kiygichlar.
  • Yuzni himoya qilish vositalari: himoyalovchi maskalar va himoyalovchi щitlar.
  • Eshitish a’zolarini himoyalovchi vositalar: shovqinga qarshi shlemlar, quloqchin (naushnik) lar, tiqinlar.
  • Ko‘zni himoyalovchi vositalar: ko‘zoynaklar, щitlar.
  • Saqlovchi moslamalar: saqlovchi belbog‘lar, dielektrik gilamchalar, tizzagacha va yelkaga kiygichlar.
  • Dermatologik himoyalovchi vositalar: kremlar, surgi(maz)lar. pastalar, yuvish uchun moddalar.

  • Download 1.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling