Sanitariya-gigiena sabablariga: Ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi), yoritilganlik darajasining QM va Q talablariga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish, cho’milish xonalari, hojatxona va boshq.) yo’qligi natijasida kelib chiqadi. Sanitariya-gigiena sabablariga: Ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi), yoritilganlik darajasining QM va Q talablariga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish, cho’milish xonalari, hojatxona va boshq.) yo’qligi natijasida kelib chiqadi. Ruhiy holat sabablarga: Ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo’riqishi, kishi organizmiga ish joyining ruhiy anatomik fiziologik jihatdan mos kelmasligi, charchashi, jamoatchilik orasidagi nosog’lom muhit tufayli kelib chiqadi. Iqtisodiy sabablar: Mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek, oylik maoshlami o’z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga yetarli mablag’ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi. Ishchining aybi bilan sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar qatoriga: ishchining intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi. 3.Mexanik jarohatlanishdan ximoyalobchi vositalar. Ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan jarohatlanishdan muxofazalovchi vositalarni ikki turga bo’lishimiz bolinadi. - Shaxsiy ximoya vositalari. - Ommoviy ximoya vositalari. Shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va ularni vazifalari bo’yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’murityatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |