8-Amaliy mashg’ulot
Download 204.68 Kb. Pdf ko'rish
|
8-amalıy
8-Amaliy mashg’ulot 1. X g va Y g sulfat kislota eritmalari tarkibidagi sulfat kislotaning massalari 10:1 ni, massa ulushlari nisbati esa 2:1 ni tashkil etadi. X va Y ning nisbatini aniqlang. A)1:1 B)1:4 C)3:1 D)5:1 2. 110 g 10% li K 2 S eritmasidagi barcha elektronlar sonini aniqlang. A) 60,4•N A B) 55•N A C) 35•N A D) 5,4•N A 3. Sulfat kislotaning 60% li va 90% li eritmalari bo’lib, 60% li eritmadagi kislota massasi 90% li eritmadagi suv massasidan to’rt marta ko’p bo’lsa, ushbu eritmalar aralashtirilganda hosil bo’ladigan eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 83 B) 78 C) 86 D) 74 4. Sulfat kislota eritmasiga 120 ml suv quyilsa uning konsentratsiyasi 50% ni, 360 g toza sulfat kislota quyilganda 75% ni tashkil etdi. Boshlang’ich eritmadagi sulfat kislota massasini aniqlang. A) 180 B) 360 C) 240 D)120 5. X g 50% li eritmaga dastlab 100 g suv, so’ngra erigan moddaning Y g 80% li eritmasidan qo’shildi. Natijada tarkibida 440 g tuz saqlagan 55% li eritma hosil bo’ldi. X g 50% li eritmaga 100 g suv qo’shilgan holatdagi eritmaning konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 30% B) 40% C) 20% D) 50% 6. 500 g 80% li eritmaga eritma massasidan 5 marta ko’p noma’lum konsentratsiyali eritma qo’shildi. Natijada eritmaning konsentratsiyasi (%) dastlabki konsentratsiyaga nisbatan 1,6 marta kamaydi. Qo’shilgan eritmaning konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 22 B) 55 C) 44 D) 33 7. 2,5 mol modda 717,5 g suvda eritilganda uning 18 % li eritmasi olindi. Erigan moddaning molyar (g/mol) massasini aniqlang. A)98 B)56 C)40 D)63 8. 25 g tuz saqlagan 50 % li eritma tayyorlash uchun necha grammdan tuz saqlagan 40 % li va 60 % li eritmalar aralashtirilishi kerak? A) 15:10 B) 10:15 C) 12,5:12,5 D) 8:17 9. Sulfat kislota eritmasiga 126 ml suv quyilsa 35% li yoki 126 g sulfat kislota quyilsa 65 % li eritma olinadi. Dastlabki eritma massasini (g) aniqlang. A) 392 B) 350 C) 375 D) 294 10. 63% li nitrat kislota eritmasiga 20 ml suv quyilganda 52,5% li yoki 70 g nitrat kislota quyilganda necha % li eritma olinadi? A) 73,36 B) 78,23 C) 81,76 D) 75,6 11. Molyar konsentratsiyasi 3 M bo’lgan eritmaga uning hajmidan 600 ml ko’p bo’lgan 4 M li eritma qo’shilganda 3,6 M li eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritma hajmini (l) aniqlang. A) 1,6 B) 2 C) 2,5 D) 3 12. Noma’lum MeOH ning 56% li eritmasining 225 g miqdorini to’la neytrallash uchun 1mol/litr sulfat kislota eritmasidan 420 ml sarflandi. Noma’lum metallni aniqlang. A) K B) Rb C) Cs D) Na 13. Molyar konsentratsiyalari nisbati 1:2 bo’lgan sulfat va xlorid kislota eritmalarini to’la neytrallash uchun 200 g 12% li NaOH eritmasi sarflandi. Boshlang’ich eritma BaCl 2 bilan ishlov berilganda cho’kmaga tushadigan tuz massasini(g) aniqlang. A) 23,3 B) 34,95 C) 69,9 D) 46,6 14. 500 g 25,1% li natriy gidrofosfat eritmasiga yetarli miqdorda 500 ml ortofosfat kislota eritmasidan qo’shildi. Bunda olingan eritmadagi natriy digidrofosfat tuzining massa ulushi natriy gidrofosfat tuzining massa ulushidan 1,5 marta kam bo’ldi. Qo’shilgan fosfat kislota eritmasining molyarligini (M) aniqlang. A) 0,02 B) 0,5 C) 0,04 D) 0,1 15. 5 molyalli eritma tayyorlash uchun tarkibida 140 g KOH saqlagan 4 molyalli eritmaga yetarli miqdorda KOH qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmadagi KOH ning massa ulushini (%) hisoblang. A) 16,2 B) 21,9 C) 12,9 D) 39,1 16. 200g 45 % li CsOH eritmasiga qancha ml suv quyilsa, 0,8 molyalli eritma olinadi? A)640 B)440 C)600 D)550 17. Tarkibida noma’lum modda saqlangan 240 g Eritmaning molyarligi va molyalligi 5 ga teng bo’lsa, noma’lum moddani aniqlang.(ρ=1,2g/ml deb hisoblansin ) A) H 2 SO 4 B) KOH C) NaOH D) HCl 18. Ikki valentli metal bo’lagi xona haroratida xlorid kislotani 54,6 g 10 molyalli eritmasidagi HCl tugaguncha eritilganda H 2 gazi ajraldi va MeCl 2 ning 32,2% li eritmasi hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan MeCl 2 eritmasi massasini(g) aniqlang. (Metall suv bilan reaksiyaga kirishmaydi deb hisoblansin) A) 71 B) 66 C) 59 D) 46 19. Bariy xlorid eritmasiga tegishli miqdorda Na 2 SO 4 ·10H 2 O kristallogidratidan qo’shilganda 233 g cho’kma tushdi va 2,5 molyalli eritma hosil bo’ladi. Dastlabki bariy xlorid eritmasining massasini (g) aniqlang. A) 524 B) 628 C) 208 D) 828 20. Natriy karbonat eritmasiga tegishli miqdorda CaCl 2 •6H 2 O kristallogidratidan qo’shilganda 100 g cho’kma tushdi va 2 molyalli eritma hosil bo’ldi. Dastlabki natriy karbonat eritmasining massasini(g) aniqlang. A) 924 B) 806 C) 1000 D) 998 21. Tarkibida 55,5 g CaCl 2 tutgan 512,3 g eritmaga tegishli miqdorda Na 2 CO 3 •8H 2 O kristallogidratidan qo’shilganda 2 molyalli eritma hosil bo’ldi. Eritmaga qo’shilgan kristallogidrat massasini aniqlang. A)15 B)75 C)62,5 D)145 22. Agar sulfat kislotaning molyal konsentratsiyasi 1,4 mol/kg, molyar konsentratsiyasi 1,5mol/l bo’lsa, kislota eritmasini zichligini toping. A)3,4 B)0,65 C)1,2 D)4,2 23. 200 g sulfat kislota eritmasida mis metali eritilganda 13,44 litr (n.sh) SO 2 ajraldi. Eritmadagi tuz va ortib qolgan kislota massalari farqi 38,6 g bo’lsa, dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 53,5 B) 75,6 C) 67,2 D) 87,5 24. 200 g sulfat kislota eritmasida mis metali eritilganda 13,44 litr (n.sh) SO 2 ajraldi. Eritmadagi tuz va ortib qolgan kislota massalari farqi 66,6 g bo’lsa, dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 67,2 B) 73,5 C) 75,6 D) 87,5 25. 200 g sulfat kislota eritmasida mis metali eritilganda 13,44 litr (n.sh) SO 2 ajraldi. Eritmadagi tuz va ortib qolgan kislota massalari farqi 62,4 g bo’lsa, dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 67,2 B) 73,5 C) 75,6 D) 87,5 26. Fosfor mo’l miqdordagi kislorodda yondirilganda olingan oksid 200 g 9,8%li fosfat kislota eritmasida eritilganda fosfat kislota miqdori 3 marta ortdi. Olingan eritmaga o’yuvchi natriy eritmasidan 180 g qo’shilganda hosil bo’lgan tuz massasini(g) aniqlang. Ishqor eritmasida suvning massasi NaOH massasidan 6,5 marta katta. A) 72 B) 85,2 C) 14,2 D) 98,4 27. Fosfor mo’l miqdorda kislorodda yondirilganda olingan oksid 400 g 4,9% li fosfat kislotada eritilganda fosfat kislota miqdori 2,5 marta ortdi. Olingan eritmaga o’yuvchi kaliy eritmasidan 252 g qo’shilganda hosil bo’lgan tuz massasini aniqlang. Ishqor eritmasida suvning massasi KOH massasidan 3,5 marta katta. A) 68 B) 106 C)136 D)87 28. 400 g BaCl 2 eritmasiga noma’lum 200 g noma’lum 1 valentli metal sulfat eritmasidan tegishli miqdorda qo’shilganda eritmaning massasi 23,3 g ga kamaydi. Agar noma’lum metal sulfatning % konsentratsiyasi bariy xloridning konsentratsiyasidan 3,5 % ga ko’p bo’lsa, noma’lum tuzni aniqlang. A) Na 2 SO 4 B)Rb 2 SO 4 C)Li 2 SO 4 D)K 2 SO 4 29. 23 g X% li eritmaga 5 g tuz qo’shilganda to’yingan eritmaga aylanadi. Shu tuzning eruvchanligi 40 ga teng bo’lsa, X ni qiymatini toping. A) 4,762 B) 13,04 C) 28,6 D) 12 30. MeSO 4 ning 120 g 20 % li to’yingan eritmasiga shu tuzdan 2,55 g qo’shildi va qizdirildi. So’ngra eritma boshlang’ich haroratga qadar sovitildi. Natijada 4,8 g MeSO 4 ⸱4H 2 O cho’kmaga tushdi. Kristallogidrat tarkibidagi tuzning massasini (g) aniqlang. A) 4,8 B) 2 C) 3 D) 1,8 31. 55% li 100 g oleum 9 g suv bilan aralashtirilsa necha foizli oleum hosil bo’ladi? A) 13,76 B) 85,85 C) 16,95 D) 44,84 32. H 2 SO 4 ⸱SO 3 tarkibli oleum eritmasiga 0,2 mol H 2 SO 4 ⸱1,5SO 3 tarkibli oleum qo’shildi olingan eritmaga 10,8 g suv qo’shilganda 100% li sulfat kislota hosil bo’lsa, dastlabki oleum tarkibidagi sulfat kislotaning massasini (g) aniqlang. A)20 B)24 C)29,4 D)48 33. Oleumga o’z massasidan 4 marta kam suv qo’shilganda 85,4 % li sulfat kislota eritmasi olindi. Oleum tarkibidagi SO 3 ning massa ulushini aniqlang. A) 35 B) 40 C) 25 D) 30 34. 25% li oleumga o’z massasidan 1,6 marta kam suv qo’shilganda necha foiz(%)li sulfat kislota eritmasi olinadi. A) 40 B) 20 C) 80 D) 65 Download 204.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling