I variant Yozma ish
Download 99 Kb.
|
1 2
Bog'liqOlimpiada instga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi
I variant Yozma ish 160 gr eritmada Ba(NO3)2 va Ba(OH)NO3 larning massa ulushlari 0,163 va 0,27. Ushbu eritmaga 33,9 ml (p=1,18 g/sm3) HNO3 eritmasi qo‘shilgach eritmadagi Ba(NO3)2 ning massa ulushi 32,625% bo‘ldi. Kislota eritmasining molyarligini toping. NO va O2 dan iborat aralashmaning H2 ga nisbatan zichligi 15,5. Ular o’zaro ta’sirlashgach (NO+O2=NO2) He ga nisbatan zichligi 9,6875 bo’lgan aralashma olindi.Shu aralashmadagi NO2 ning hajmiy ulushini toping. Hajmiy nisbati 1:7:3 bo’lgan noma’lum alkan, kislorod va azotdan iborat aralashma portlatilgandan keyin hosil bo’lgan bitta murakkab va ikkita oddiy moddadan iborat aralashmaning o’rtacha molyar massasi 35,0 bo’ldi. Alkanni aniqlang. Noma’lum massadagi eritmaga 800 gr suv qo’shilganda olingan eritmaning massa ulushi dastlabki eritmaning massa ulushidan 5 marta kam bo’ldi. Agar dastlabki eritmadan 120 gr suvni bug’latib yuborsak, uning eritmaning massa ulushi qanday o’zgaradi. Benzol va toluoldan iborat aralashma kaliy permanganatning kislotali eritmasi yordamida qizdirilganda 8,54 g bir asosli organik kislota hosil bo’ldi. Bu kislotaning mo’l miqdorda natriy gidrokarbonat suvli eritmasi bilan ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan gaz hajmi boshlang’ich aralashmaning to’liq yonishidan olingan gaz hajmidan 19 marta kam. Boshlang’ich uglevodorodlar mol nisbatini aniqlang. Laboratoriya ishi 25 ml 2,5M li NaOH eritmasini tayyorlang. II variant Yozma ish 600C da birinchi va ikkinchi reaksiyalarning tezliklari nisbati 1:2 edi. 400 0C gacha sovutilganda esa nisbat 1:3,56 bo‘ldi. Agar ikkinchi reaksiya uchun γ=3 bo‘lsa, birinchi reaksiya uchun γ ni toping. O‘zgarishlarni amalga oshiring. KNO3→HNO3→Cu(NO3)2→CuO→CuCl2→Cu→CuBr2 Etil spirti va fenoldan iborat aralashmaga mo’l miqdorda natriy qo’shilganda 6,72 l (n.sh) gaz ajraldi. Xuddi shunday aralashmani neytrallash uchun esa 25 ml 40 % li (ρ=1,4 g/ml) kaliy gidroksid eritmasi sarflandi. Boshlang’ich aralashmadagi moddalar massa ulushlarini aniqlang. NH3, SO3 va CO2 dan iborat 28 litr aralashma teng ikki qismga ajratilib, birinchi qismi mo‘l HCl eritmasidan o’tkazildi. Bunda hajm 6,72 litrga kamaydi, ikkinchi qismi mo‘l NaOH eritmasidan o‘tkazilganda eritma massasi 21,5 gr ga ortdi. Dastlabki aralashmadagi har bir gazning massasini toping. Bitta benzol halqasi tutgan aromatik uglevodorod tarkibida uglerodning massa ulushi 91,53 %. 2,36 g shu uglevodorod kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan oksidlanganda 481 ml gaz (20˚C va normal bosim) ajralib chiqadi, nitrolanganida ikkita mononitroli hosila tutgan aralashmani hosil qiladi. Boshlang’ich uglevodorodni oksidlanish mahsuloti nitrolanganida qancha mononitroli hosila hosil bo’ladi ? Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling