8-amaliy mashg‘uloti mavzu: Sariq-yashil suvo‘tlar bo‘limiga mansub vosheriya va botridium tuzilishini o‘rganish


Download 357.94 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi357.94 Kb.
#1056614
Bog'liq
8 а МАВЗУ Sariq yashil suvo‘tlar bo‘limiga mansub vosheriya va botridium


8-AMALIY MASHG‘ULOTI


Mavzu: Sariq-yashil suvo‘tlar bo‘limiga mansub vosheriya va botridium tuzilishini o‘rganish.


Mashg‘ulotni o‘tishdan maqsad: Talabalarning sariq-yashil suvo‘tlari to‘risidagi ma’ruza darsida olgan bilimlarni mustahkamlash, bu sinf vakillarining tuzilishini o‘rganishga doir amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar – mashg‘ulotdan bir kun oldin olib kelingan tirik ob’ekt, fiksatsiyalangan material, mikroskop, okulyar, kaliy yodid eritmasi, cho‘ntak lupasi va boshqalar
Ishning borishi: Lupa bilan substratdagi vosheriyaning o‘sish holatini ko‘riladi va uning kattaligi aniqlanadi. Mikroskopning kichik ob’ektivi orqali vosheriyaning tashqi tuzilishi o‘rganiladi. Buning uchun preparoval nina bilan substratdan bitta yoki ikkita ipni ehtiyotlik bilan tortib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo‘yish va ustani qoplag‘ich oyna bilan yopish lozim. Vosheriya ipining hammasi mikroskop okulyarining ko‘rish nuqtasiga sig‘masligi sababli uning substratga birikadigan shoxlangan rizoidlarinigina topib preparat tayyorlash kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng uning hujayrasiz tuzilishini aniqlanadi.
Mikroskopning katta ob’ektivi orqali hujayraning ichki tuzilishi qarab chiqiladi. Mikrometrik vint buralgan vaqtda po‘st bo‘ylab joylashgan va ichi donador yashil xromotofor bilan to‘lgan protoplazmali suv o‘tining ipi ko‘zga tashlanadi.

Talabalarning mavzu boyicha olingan bilimlarini mujassamlashtirish maqsadida savollarga javob eshitiladi?


1. Vosheriyalar qanday joylarda uchraydi?
2. Vosheriyaning tallomi qanday tuzilgan?.
3. Vosheriya qanday ko‘payadi?
5. Botridium suvo‘ti qanday joylarda tarqalgan?
6. Bortidium suvo‘ti qanday tuzilishga ega?





13- rasm.VosheriY. A-anteridiy va oogoniyali ip; B-zoosporangiydan zoosporaning chiqishi; V-chapda qayrilgan anteridiy va oogoniy.





14- rasm. Botridium a-tashqi tuzilishi; b-zoospora
Download 357.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling