Natriy suvga ta’siri. Suvli probirka shtativga tik o’rnatiladi, suvga filtr qo’g’oz yordamida tozalangan, no’hatdan kichik natriy bo’lagi va ehtiyotlik bilan ustiga varonka kiydiriladi.


Download 352.67 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi352.67 Kb.
#1542088
Bog'liq
1 guruh element

Natriy suvga ta’siri.

Suvli probirka shtativga tik o’rnatiladi, suvga filtr qo’g’oz yordamida tozalangan, no’hatdan kichik natriy bo’lagi va ehtiyotlik bilan ustiga varonka kiydiriladi. Bu necha sekund kutib turiladida varonkaning uchiga gugurt chaqib vodorod yoqiladi.

Natriy batamom reaksiyaga kirishib bo’lgach, ishqor hosil bo’lganligini ko’rsatish uchun suvga fenolftalien eritmasidan qo’shiladi.Bu reaksiya ohirida muhit ishqoriy, eritmaning rangi esa pushti bo’ladi.

Ishqoriy metallarning suv bilan ta’siri

  • Ishqoriy metallar bilan qilinadigan tajribalarda shuni unutmaslik kerakki, bu metallar suv va kislotalar bilan o’zaro juda shiddatli reaksiyaga kirishadi, shuning uchun bunday tajribalarda bu metallarni ko’p miqdorda ishlatish, tajribadan ortib qolgan qoldiqlarni rakovinaga tashlash yaramaydi, aks holda bu portlashga sabab bo’lishi mumkin. Ayniqsa ishqoriy metallar bilan tajribalar o’tkazilgan kolbalar va probirkalarga darhol suv qo’yib yubormaslik kerak.

Kaliyning suv bilan o’zaro ta’siri.

  • Kristalizatorga suv quyiladi va qog’ozga o’ralgan holda moshdek kaliy parchasi ( ehtiyotlik bilan ) tashlanadi. Kaliy o’ziga xos gunafsha alanga berib yonadi. Kaliyning reaksiya oxirida shisha devoriga yopishib qolib,charsillab sachrashi ayniqsa xavfli bo’ladi. Ishqor hosil bo’lganini ko’rsarish uchun suvga fenolftalein eritmasi qo’shiladi. Bunda eritma Pushti rangga o’zgaradi.
  • Bu tajribalarnida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida oldingi qatordagi o’quvchilarni orqaroqqa o’tkazish yoki saqlagich oyna o’rnatish kerak bo’ladi.

Ishqoriy metallar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Laboratoriya mashg’ulotlarida asosan natriy va kaliy ishlatiladi.

-Ishqoriy metallarni saqlash va ular bilan ishlashda suvdan uzoqroqda bo’lish kerak.

Ishqoriy metallar saqlanadigan idishdagi izolyatsiya qiluvchi suyuqlik [kerasin] metall sirtidan 10-15 sm baland bo’lishi kerak. .

-Ishqoriy metallar bilan tajriba o’tkazishdan oldin ularni ustidagi peroksidlardan tozalash kerak.

Buning uchun metallni bankadan pinset yordamida olib, kerasinli kosachaga solinadi, usti tozalaniladi va kerakli kattalikda kesiladi.

Tozalangan bo’lakni kerasin ostida pinset yordamida olib, filtr qog’ozi bilan quritiladi va shundan keyin uni ishlatiladi.

Ko’zoynak taqib olish shart;

-Ishqoriy metallar bilan ishlaganda individual himoya vositalaridan foydalanish kerak.Chunki………….

  • Teriga tegsa kuydiradi.

Ishqoriy metallarning laboratoriya mashg’ulotlarida jarohatlanda asosan birinchi tibbiy yordam.

  • Agar teriga tushsa uni telik bilan teri ustidan olib tashlash harakat qilish kerak.
  • So’ngra shifokarga murojat qilish kerak.

Natriy va kaliy bilan tajriba bajarganda quyidagi qoidalarga rioya qilish shart .

  • Metall bo’lakchasi ustidagi oksid pardani yaxshilab qirib olib, metalga o’xshab yarqiramagan har qanday qo’shimchalarni kesib tashlash:metallni suv bilan tajribasini ko’rish uchun no’hatdan katta bo’lmagan metal parchasini olish kerak;
  • Albatta metalni qog’ozga o’ramaslik kerak;
  • Metallni qirqqanda bo’lakchasini darxol kerasinli bankaga solib qo’yish kerak
  • Yoki tajribadan qolgan mayda zarralarni etil spirtida eritib, yo’q qilib yuboriladi
  • Ustida metal qirqilgan qog’ozni sim to’r yoki temir parchasini ustiga qo’yib mo’rili shkafda kuydirib yuborish kerak ;

Ishqoriy metallar.

  • Li, Na, K, Rb, Cs Ishqoriy metallar.Bulardan Natriy va kaliy suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Natriy sariq rang alanga hosil qilib yonadi. Kaliy binafsha rang hosil qilib yonadi .

Download 352.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling