8-amaliy mashg’uloti mavzu: termik ishlashni po‘lat tuzilishi va mexanik xossalariga ta’sirini o’rganish umumiy ma`lumot
Download 349.95 Kb. Pdf ko'rish
|
8- AMALIY MASHG’ULOTI
8-AMALIY MASHG’ULOTI MAVZU: TERMIK ISHLASHNI PO‘LAT TUZILISHI VA MEXANIK XOSSALARIGA TA’SIRINI O’RGANISH Umumiy ma`lumot: Po`latlarni termik ishlash deb, shunday jarayonlarga aytiladiki, bunda metall va qotishmalarini ma`lum temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada ma`lum vaqt ichida ushlab turib, to xavo temperaturasiga mos kelguncha tez yoki sekin sovitiladi. Po`latlar qizdirilganda yoki sovitilganda ma`lum temperaturalarda (nuqtalarda) ichki o`zgarishlar sodir bo`ladi. Bu nuqtalarga kritik nuqtalar deb ataladi, xamda 1 A va 3 A chizig`i bilan belgilanadi. Temir-tsemnetit Fe-Fe 3 C diagrammmasida GS chizigi 3 A nuqtalarining PSK chizig`i, esa 1 A nuqtalarining geometrik o`rinlarini tasvirlaydi (1-rasm). 1-rasm. Fe - Fe 3 C holat diagrammasining po`lat qismi. Termik ishlash jarayonida po`latning ichki tuzilishini o`zgartirishga ta`sir kursatuvchi asosiy omillar. 1. Qizdirish temperaturasi. 2. Qizdirish vaqti. 3. Qizdirilgan po`latni sovitish tezligi . Qizdirish vaqti asosan qotishmaning ximiyaviy elementlariga, o`lchamlariga va qotishmaning shakliga, shu qotishma pechni ichida qanday joylashtirganligiga, qizdirish uskunalariga bog`liq. 2-rasm. Martensitning kristall panjarasi. Amaliyotda uglerodli po`latlar uchun qizdirish temperaturasining vaqti asosan qizdirish uskunalariga bog`liq. Shu temperaturada bir vaqt ushlab turish asosan faza o`zgarishlariga va butun xajmi bo`yicha bir tezlikda qizishiga bog`liq. Sovish tezligi esa asosan austenitning barqarorligiga, qotishmaning ximiyaviy elementiga va strukturasiga bog`liq. Po`lat qizdirish va sovitish jarayonida undagi faza ichki o`zgarishlari muvozanat temperaturalari ( 1 A , 3 A , n A ) ga nisbatan bir oz yuqori yoki past temperaturalarda sodir bo`ladi. Shuning uchun qizdirish paytidagi temperaturani sovitish paytidan farq qilishi uchun kritik temperaturaning belgisi A - ning yoniga yana bitta qo`shimcha xarf (indeks) qo`yiladi: qizdirish paytidagi temperatura ko`zda tutilgan S sovitish r xarfi bilan belgilanadi. Po`latni termik ishlashni bir necha turlari bor. Ularga yumshatish, normallash, toblash va bo`shatishlar kiradi. Yumshatish - deb-po`latni ma`lum temperaturagacha qizdirib, mo`ljallangan vaqtda pechda tutib turilgandan keyin, asta-sekin (pech bilan birga) sovitishga aytiladi. Yumshatishdan asosiy maqsad metall va metall qotishmalarimizni qattiqligini pasaytirish, ichki kuchlarni yo`qotish va mayda donachalar olish uchun ishlatiladi. Yumshatishning bir necha turlari bor. Ular bir-biridan qizdirish temperaturasi bilan farq qiladi: 1. To`la yumshatishda evtektoidgacha bo`lgan po`lat 3 c A dan (30-50 0 C) yuqori temperaturada qizdiriladi. 2. Chala yumshatish po`latlarni 1 x A dan (30-50 0 C) yuqoriroq temperaturalarda qizdiriladi . 3. Qayta kristallanish (rekristallanish) yumshatishda sovuq xolida bosim ostida ishlov berilgan po`latlarni 1 c A dan pastroq, lekin qayta kristallanish temperaturasi (T rekrist =0,4 T erish) dan balandroq temperaturada (650-700 0 C) qizdiriladi. Download 349.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling