8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

M = (1/ rr ) x D 
bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi;
D - dastlabki depozit. 
Keltirilgan formuladan ko‘rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr 
koeffitsientiga bog‘liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul 
ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar 
normasida ortiqcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi 
mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarining eng ko‘p miqdorini bildiradi. 
9.2. Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul multiplikatori 
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul 
taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga 
oqib o‘tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi 
o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladi.Bular: 
- pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank 
tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda 
saqlaydigan depozitlar summasi; 
- deponentlash koeffitsienti - Cr = C/ D 
Pul bazasini MB va bank rezervlarini R deb belgilasak
B=C+R. 
Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish 
mumkin
65

Cr +1 
M =--------- · B yoki 
M = m · B 
Cr + rr 
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir 
so‘mlik pul bazasi hisobiga necha so‘mlik pul taklifi yuzaga kelishini 
ko‘rsatadi. 
Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko‘rinishida 
yozish mumkin: 

C+D C/ D + D/ D Cr + 1 
m = ------------ = ----------- ------------------- = -------------- 
B C+R C/ D + R / D Cr +rr 


110 
Cr miqdori – aholining o‘z mablag‘larini naqd pullar va depozitlar 
o‘rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog‘liq. 
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank 
belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari 
saqlab turishni mo‘ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham 
bog‘liq. 
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga 
bog‘liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi 
natijasida pul taklifi qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish 
yo‘li bilan tartibga soladi. 
Mamlakatda pul miqdori ko‘payadi, agar: 
- pul bazasi o‘ssa; 
- majburiy zaxiralash normasi pasaytirilsa
- tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa; 
- naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling