8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
-rasm. 2018-yil davomida muomaladagi naqd pul hajmining
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
8.2-rasm. 2018-yil davomida muomaladagi naqd pul hajmining
o‘zgarishi, trln. so‘mda 2018-yilning IV choragida muomaladagi naqd pul hajmi nisbatan barqarorlashib, 2019-yilning 1-yanvar holatiga 22,1 trln. so‘mni tashkil qildi. Iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tashkil qilish va muomalaga chiqarilgan banknotlar tarkibini optimallashtirib borish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, 2018-yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirish borasidagi mavjud tartibni soddalashtirish va inkassatsiya xizmati faoliyatini yanada 107 samarali tashkil etish yuzasidan ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30- oktabrdagi PF-5564-sonli "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon bilan: - eng kam oylik ish haqining 20 barobaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish; - ushbu belgilangan miqdordan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlarga esa naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish imkoniyati berildi. Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali topshirish tartibi bekor qilindi. Qisqacha xulosalar Pul to‘lov, jamg‘arish va qiymat o‘lchovi funksiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi faqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan, uning tarkibiy elementlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko‘proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladi. Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig‘indisidn iborat. Pulga bo‘lgan talab hajmi YaIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog‘liq. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling