Moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish
Download 52.17 Kb. Pdf ko'rish
|
444-сон 15.10.2003. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlarini hisobga olish va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Me’yorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga kiritilayotgan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING XARAJATLARINI HISOBGA OLISH VA MOLIYAVIY NATIJALARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA Daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq yuklamasini kamaytirish, soliq solinadigan bazani yanada real aniqlash va ularning xarajatlarini hisobga olish hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda, 2003-y., 6-son, 44, 45-moddalar) bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Me’yorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga, 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom”, shuningdek unga sharhlar mazkur qarorning 1-bandi bilan kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingan holda e’lon qilinishini ta’minlasin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV Toshkent sh., 2003-yil 15-oktabr, 444-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-son qaroriga 1-ILOVA
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga kiritilayotgan O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR I. Nizomda: 1. “Umumiy qoidalar” bo‘limida: a) oxirgi xatboshi “vazirliklar va idoralar” so‘zlaridan keyin “xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalari va boshqalar)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 2. “B” bo‘limda: a) 1.1.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1.1.2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob- uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo‘jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati”; b) 1.1.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1.1.5. Tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, korxonalar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun – yog‘och, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari”; v) 1.1.8-banddagi “tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 1.1.12-banddagi “bojxona bojlari va yig‘imlardan” so‘zlaridan keyin “soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin; d) 1.3.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1.3.2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar”; e) 1.4.2-banddagi “nomoddiy aktivlar” so‘zlaridan keyin “(Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari”) so‘zlari qo‘shilsin; j) 1.5.2-banddagi “belgilangan normalar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib z) 1.5.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari”; i) quyidagi mazmundagi 1.5.11 va 1.5.12-kichik bandlar bilan to‘ldirilsin: “1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo‘lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda; 1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‘yicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli bo‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar “Kelgusi davrlar xarajatlari” sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak”; k) 2.1.2-banddagi “ishlari xarajatlari” so‘zlari “sotish bo‘yicha xarajatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; l) 2.1.2.9-bandda “norma doirasida va undan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin; m) 2.1.2.11-banddagi “majburiy” so‘zidan keyin “va ixtiyoriy” so‘zlari qo‘shilsin; n) 2.1.3-banddagi “belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin; o) 2.2.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2.2.6. Ijara, xizmatlar ko‘rsatilganligi, ma’lumotlar berilganligi uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqa, radiochastotalar ijarasi, ajratilgan kanallar, ma’lumotlarni berishning simli va simsiz tarmoqlari, Internet)”; p) 2.2.7-banddagi “belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin; r) 2.2.11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari”; s) 2.2.12 va 2.2.13-bandlardagi “belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin; t) 2.2.15-banddagi “shu jumladan, yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to‘lovlar” so‘zlari “tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; u) 2.3.1-banddagi “normalar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin; f) 2.3.4-banddagi “shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan” so‘zlari chiqarib tashlansin; x) 2.3.10-bandda “joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko‘proq” so‘zlari chiqarib tashlansin; ts) 2.3.14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2.3.14. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo‘jalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash”; ch) 2.3.15.2-banddagi “tabiiy yo‘qolish normalari doirasidagi va normalardan ko‘proq” so‘zlari chiqarib tashlansin; sh) 2.3.15.11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar”; e) quyidagi mazmundagi 2.3.16., 2.3.17., 2.3.18., 2.3.19. 2.3.20-bandlar bilan to‘ldirilsin: “2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari. 2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha, belgilangan tartibda. 2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari. 2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar. 2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari”; yu) 2.3.15- “Boshqa xarajatlar” bandi 2.3.21- “Boshqa xarajatlar” bandi deb hisoblansin; ya) 2.4.2., 2.4.6., 2.4.7-bandlari chiqarib tashlansin; o‘) 3.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar”. 3. “V” bo‘limning 2.6-bandi quyidagi mazmundagi gap bilan to‘ldirilsin: “Tovar-moddiy boyliklarni to‘liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga ko‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi)”. Oldingi tahrirga qarang. (II va III bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda) Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Me’yorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga kiritilayotgan O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR 1. 2-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “0,3” raqami “0,5” raqami bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “reklama uchun 2,0 foiz miqdorida: savdo, xarid va ta’minot-sotish korxonalari uchun – yalpi daromadning yillik hajmidan; iqtisodiyotning qolgan tarmoqlari korxonalari uchun – mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushumning yillik hajmidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shgan holda”. 2. “Reklama uchun yillik xarajatlar normativlari” nomli 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 183-modda; 2009-y., 10-11-son, 115- modda) Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling