8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
(M/P)
d = k Y Bu yerda: M/P – “real pul qoldig‘i”, “pul mablag‘larining real zaxirasi” deb nomlanadi. 8.3. Pulga talabning keynscha nazariyasi Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko‘rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko‘rsatadi: 8.3.1. transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 8.3.2. ehtiyotkorlik sababli (ko‘zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash); 8.3.3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko‘tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o‘z navbatida, naqd pul zaxiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga 102 talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko‘rsatadiki pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog‘liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo‘lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo‘lda ushlab turgan sharoitda yo‘qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo‘lda ushlab turish miqdori ham pul zaxiralariga talab miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Real pul zaxiralariga talab funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozamiz: M/P = f(R) Bu tenglama ko‘rsatayaptiki, pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasi funksiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari miqdoriga talab teskari bog‘liklikka ega ekanligi ko‘rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko‘rsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi. Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog‘lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog‘liq deb hisoblanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling