8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir


Download 208.5 Kb.
bet4/6
Sana13.12.2022
Hajmi208.5 Kb.
#1000383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 dekabt senariy

X.Amir: Mehribon:

Dunyo xaritasin bezab shersimon,
Qulochini yoydi hur O’zbekiston.
Xaritaga soling diqat nazarin,
Ko’ring, havas qiling yurtim manzarin.
U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.
Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.
Istibdod zanjirin uzib batamom,
O’zligin olamga etdi namoyon.
Ozod nafas oldi bu jaho aro,
Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.

Sattorjon: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Rasuljon:

Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan .
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan
“Til- xalqning shavkat- shoni”,
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni
Davlat tili maqomi



Rasuljon:  5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
Akbarbek: Parviz:

Olam ahli bilan qilib barobar,
Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.
Chiqardi millatlar uyin to’riga,
Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrog’imiz sharori.
Olam aro madhiyamiz yangradi,
Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!

Yurt bayrog`i” qoshig`i




Munisa:  6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.

Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim,


Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!
Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!

Aziza: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.

Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.



Davlatjon: 29-modda.Har kim fikrlash,so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.


Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur , erkin ijod
 
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’zlaymiz.

Shohjahon: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

 N.Amir: Betob bo’lib , botib g’amga,
Yotib qolsak nogahon.
Shifokorlar tez yordamga
Yetib kelar shu zamon.
Malakali tibbiy xizmat
Ko’rsatadi shifokor
Elga xizmat – oily himmat


Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling