8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir
Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor! Asal
Download 208.5 Kb.
|
8 dekabt senariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatjon:”Konstitutsiya”
- Davlatjon
- Mustaqil Vatan “ qo`shig`i
Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
Asal: - Havas qilsa arzigulik, baxtim bor, Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor. Fidodirman toki tanda qonim bor, Men elimning Qomusini kuylayman! Shaxina: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz. Shohjahon: Konstitutsiyamiz 1992- yil 8 -dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan. -Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz? Davlatjon:”Konstitutsiya”'>Davlatjon:”Konstitutsiya” so`zi lotincha so`sdan olingan bo`lib, ”tuzilish”, ”tartib”,”nizom qoidalari” degan ma’nolarni anglatadi. Har bir inson o`z huquq va burchlarini bilishi lozim. Insonning eng oliy huquqi tinch yashash huquqidir. Jasmina: -Xo`sh, qonun deganda siz nimani tushunasiz? X.Amir: Qonun har bir inson bajarishi shart bo`lgan va davlat tomonidan o`rnatilgan tartibdir. Qonunlarning eng yuqorisi Konstitutsiya deb ataladi. Bu hujjat bizning asosiy qonunimiz- baxtimiz Qomusidir. Abdullajon: -O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ”Muqaddima”, 6 ta bo`lim, 26 bob, hamda 128 ta moddadan iborat bo`lib, unda adolat ustundir. Shuning uchun ham Konstitutsiyamiz ”Adolat qomusi” deb ataladi. Davlatjon: — 1990-yil iyun O’zbekistonda Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon qilindi. Bu mustaqillik uchun ilk qadamlardan bo’ldi. Musinabonu: O’zbekiston- ozod ,hur Vatan! Quchoqlari to’la nur Vatan! Istiqloling abadiy bo’lsin, Dunyolar turguncha tur, Vatan! Intizor: - 1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi. Mustaqillik kuni muborak bo’lsin. Toabad istiqlol oftobi kulsin. Mustaqillik berdi bizga saodat, Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling