8. Elektromagnit tebranishlarga oid tajribalarni Multisim dasturida modellashtirish. Reja
Download 1.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturi, namoyish tajriba
- Virtual elementlar
- Erkin elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturi (namoyish tajriba). Element nomi
- Space
8.Elektromagnit tebranishlarga oid tajribalarni Multisim dasturida modellashtirish. Reja: 1.Multisim dasturida tebranish konturini modellashtirish va tadqiq qilish. 2.So‘nuvchi elektromagnit tebranishlarni modellashtirish va tadqiq qilish. 1.Multisim dasturida tebranish konturini modellashtirish va tadqiq qilish. Erkin elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturi, namoyish tajriba (11.1_Erkin elektromagni tebranishlar). Ishning maqsadi: Erkin elektromagnit tebranishlarni hosil qilish. Tebranish konturidagi tebranishlar davrining konturdagi kondensator va g‘altakning parametrlariga bog‘liqligini o‘rganish Virtual elementlar: o‘zgarmas tok manbasi, avtomatik rele, kalitlar, kondensatorlar, induktiv g‘altaklar, ostsillograf. Ishni bajarish tartibi: 1. «Multisim» dasturini ishga tushiring. 2. Elementlar panelida o‘zgarmas tok manbasi, kalit, kondensator, induktiv g‘altak, ostsillografni toping va ularni ish maydoniga joylashtiring.
3. Zanjir elementlarini sichqoncha yordamida ulang. 4.Avtomatik releni sozlang: bunda ulanish vaqti 50msec, uzilish vaqti 1ksec qilib o‘rnating. Buning uchun dastur oynasi ishchi maydonida avtomatik rele belgisi ustiga sichqoncha olib borilib chap tugma ikki marta marta bosiladi. Hosil bo‘lgan oynadan ulanish vaqti 50msec, uzilish vaqti 1ksec qilib o‘rnatiladi va Ok tugmasi bosiladi. 5.Kalitlarni ulab uzush uchun klaviaturadagi biror tugmani biriktirish mumkin. Buning uchun dastur oynasi ishchi maydonida kalit belgisi ustiga sichqoncha olib borilib chap tugma ikki marta marta bosiladi. Hosil bo‘lgan oynadan siz biriktirishni hohlagan tugma belgilanadi (Odatda avtomatik ravishda tugmasi (Space) tugmasi biriktirilgan bo‘ladi). Rasmdagi holatda 2 tugmasi biriktirilgan. 6.Ikinchi kalit uchun ham birorta boshqa tugmani biriktiring. 7.Ostsillografni sozlang. Buning uchun dastur oynasi ishchi maydonida ostsillograf belgisi ustiga sichqoncha olib borilib chap tugma ikki marta bosiladi. Ostsillograf sozlamalarini rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnating. 8. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring. 9.Ostsillograf ko‘rsatishlarini kuzating. 10. Kalitlarga o‘rantilgan klaviatura tugmalari (Rasmda 2 va 3 tugmalar) yordamida kondensatorlar va induktiv g‘altaklarni almashtirib ulang va bu paytdagi ostsillograf ko‘rsatishlarida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga e’tibor qarating. 11.Simulyatsiya jarayonini to‘xtating. 12.Tebranish konturiga ayni paytda ulangan kondensator sig‘imi C va induktiv g‘altak induktivligi L ning qiymatlarini Tomson formulasiga qo‘yib konturdagi tebranishlar davri va chastotasini aniqlang. Ostsillografda olingan tasvir bilan taqqoslang. Xulosa chiqaring. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling