8 Laboratoriya ishi. Gruntning siljishga qarshiligi
Download 70.3 Kb.
|
4-Laboratoriya. Gruntlarning siljishga qarshiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy axamiyati
- Zaruriy asbob uskunalar va materiallar
8 - Laboratoriya ishi. Gruntning siljishga qarshiligi. Gruntlarni siljishga qarshiligini laboratoriya sharoitida ishlashga qulay, amaliy jixatidan sinovlardan o‘tgan, ustki yoki ostki oboymasi (metall qismi) qo‘zg‘alib belgilangan o‘q bo‘yicha gruntni siljishini taminlaydigan asbob VSV-1 yoki GGP-30da bajariladi. Maqsadi: Zamin gruntlarini tabiiy xolatdagi mustaxkamligini, zarralarni yopishqoqlik (tutinish) kuchlarini, ichki ishqalanish qarshiligini, qirqilish yuzlaridagi normal va tangensial kuchlanishlarni aniqlash, ularni bog‘liqligi, siljishga chegaraviy qarshiliklarini aniqlashda nazariy bilimlarni tajriba ishlariga tadbiq qilib talabalar bilim sifatini ko‘tarishdir. Amaliy axamiyati: Bino zaminlarini yer qurilishi, suv inshootlari dambalari, qirg‘oqlarni, grunt massivlarini surilishi va boshqa ko‘p xollarda gruntlarni mustaxkamligi xamda turg‘unligini aniqlashga imkon yaratiladi. Vazifasi: Ishning maqsadida keltirilgan ishlarni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ishga tayyorlash, ishlatish, natijalarni taxlil qilishni talabaga o‘rgatishdir. Zaruriy asbob uskunalar va materiallar: 1. Bir qirqimli siljishga qarshilikni aniqlash va GGP-30m asbobi. ( Rasm 8) 2. Filtr qog‘ozi 3. Soat 4. Pichoq 5. Soatsimon indikatorlar 6. Grunt namunasi Ishni borishi: 1. GGP-30m asbobini (rasm 19.2), yuk yelkalarini osma bog‘iqlari bo‘shatilib, tik bosim beruvchi ramalar joyidan olinadi, asbobni yuqorigi qo‘zg‘aluvchan qismi chaqirilib olinib porsheni, ko‘zli plitasi, kolsosi va boshqa qismlarga ajratiladi. 2. Asbobni kolsosini tekshiriluvchi gruntga botiriladi, grunt namunasi kolsoga joylashgandan keyin, kolsoni usti va ostidagi chiqib turgan grunt, tekaslagich bilan qirqib tozalanadi. Unda gruntni tabiiy strukturasi buzilmasligi shart. Kolsodagi grunt namunasini ostki va ustki qismini filtr qog‘ozi bilan berkitilib, yon tomonlari tozalanadi. 3. Kolsoni asbobga joylashtiriladi, uni ustki qismidagi qolgan detallari o‘rnatiladi, ustki qismini joyidan qo‘zg‘almasligini ta’minlovchi, ikki yon tomondagi boltlar joylariga tushariladi, ko‘zg‘aluvchi kolso porshinini bosib oldingi gruntli kolsoni o‘zini qirqilish o‘qidan pastga tushiradi. Yuqoridan bosilgan porshen kolso qirqilish yuzasiga kelib tuxtaydi. 4. Asbobni ikki qismga ajratib turgan o‘qda grunt namunasi o‘zi qoladi. 5. Bosim richaglari joyiga keltirilib, tashqiy yukni qo‘yishga xozirlanadi, soatsimon indikatorlar o‘rnatiladi, ulrni shkalalari 0ga keltiriladi. Gruntni tik o‘qi bo‘yicha tik o‘q pasangisiga bosimni birinchi pog‘onasini (40N) sekin-asta qo‘yladi. 6. Bosim berilishi zaxotidan vaqtni sanog‘i boshlanadi, jurnalda ko‘rsatilgan xar bir vaqt boskichida indikatorlardan cho‘kish miqdori yozib boriladi. 7. Agar berilgan bosim bosqichida indikatorlarni shkalasi to‘xtab, 12 min ichida joyidan qo‘zg‘almasa, shartli ravishda deformatsiya konsolidatsiyalandi deb, cho‘kishni jurnalga yoziladi. 8-jadval
Download 70.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling