8-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu. Fаzаlаr qоidаsi vа fizik kimyoviy аnаliz Elеktrоlit eritmаlаrining хоssаlаrigа оid mаsаlаlаr yесhish Ishning maqsadi
Download 61.27 Kb.
|
1 2
Bog'liq8-lab
Tasdiqlayman” Kafedra mudiri:_______ k.f.d. PhD Xamroyev K.Sh. “25” “avgust” 2022-yil 8-LABORATORIYA MASHG’ULOTI. Mavzu. Fаzаlаr qоidаsi vа fizik kimyoviy аnаliz Elеktrоlit eritmаlаrining хоssаlаrigа оid mаsаlаlаr yесhish Ishning maqsadi: Elеktrоlit eritmаlаrining хоssаlаrigа оid mаsаlаlаr yесhimini aniqlash va ehgallangan bilimlarni mustahkamlash. 1-masala. Ammoniy xloridning 1.38% li eritmasi -0.889 0C haroratda muzlaydi. Berilgan eritmadagi tuzning dissosilanish darajasi topilsin. Yechish: 1-usul.1)Dastlab berilgan eritmaning molyal konsentrasiyasini topamiz. 100 g eritmada 1.38 g ammoniy xlorid va 98.62 g suv mavjud. 98.62 g suvga ------1.38 g tuz to’g’ri kelsa, 1000 g suvga-------- x g to’g’ri keladi, bundan (g ammoniy xlorid). NH4Cl ning molekulyar massasi 53,49 ga tengligini bilgan holda, berilgan eritmaning molyal konsentrasiyasini topamiz: 13,99:53,49=0,261(mol/1000 g suv) 2) formuladan foydalanib quyidagilarni aniqlaymiz: =0,8314 yoki 83,14% 2-usul. Eritmaning foiz konsentrasiyasini molyal konsentrasiyaga (L) o’tkazish uchun quyidagi formuladan foydalansa bo’ladi: Bu yerda A – foiz konsentrasiya (g/100 g eritma) M – moddaning molekulyar massasi. Demak, berilgan misol uchun : (mol/1000 g suv) formuladan foydalanib quyidagilarni aniqlaymiz: =0,8314 yoki 83,14% Javob: 83,14%. 2-masala. 8 g alyuminiy sulfat va 25 g suvdan iborat bo’lgan eritma -4,46 0C da muzlaydi. Berilgan eritmaning dissosilanish darajasini, ionlar konsentrasiyasini, dissosilanmagan Al2(SO4)3 molekulalar sonini aniqlang. Yechish: 1) berilgan eritmaning molyal konsentrasiyasini aniqlaymiz: 25 g suvda ------- 8 g tuz eriydi, 1000 g suvda ------- x g suv eriydi. bundan (g alyuminiy sulfat) Al2(SO4)3 ning molekulyar massasi 342 ga teng. Demak, berilgan eritmaning molyal konsentrasiyasi quyidagiga teng: 320:342=0,936 (mol/1000 g suv) 2) berilgan eritmaning muzlash haroratini quyidagi formula bo’yicha aniqlaymiz: Bu yerda K – suvning krioskopik doimiysi, 1,86 ga teng; C – eritmaning molyal konsentrasiyasi. Demak, berilgan eritma uchun: 0C 3) va ni bilgan holda izotonik koeffisiyentni aniqlaymiz: 4) quyidagi formuladan foydalanib, alyuminiy sulfatning dissosilanish darajasini aniqlaymiz: 5) eritmadagi ionlar konsentrasiyasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Ci = Cαn Bundan, [Al3+] = 0,936·0,39·2 = 0,73 (g-ion/l) [SO42-] = 0,936·0,39·3= 1,095 (g-ion/l) 6) dissosilanmagan molekulalar konsentrasiyasi quyidagiga teng: C – Cα [Al2(SO4)3] = 0,936 – (0,936·0,39) = 0,936 – 0,365 = 0,571 (mol/l). Download 61.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling