8-m a’ruza mavzu: Kumarinlar. Ammifurin preparatini olish texnologiyasi Reja: Kumarinlar tasnifi


Download 345.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi345.91 Kb.
#1038105
1   2   3   4
Bog'liq
8 - Maruza matn

Psoralen olish texnologiyasi 
Psoralen ikkita furokumarinlar aralashmasi psoralen va izo- psoralendan tuzilgan. Psoralen 
oq yoki och oq tusdagi kristall kukun bo‘lib, kuchsiz aromatik kuchga ega. Suvda kam ,95% 
spirtda qiyin, organik erituvchilar benzol yoki xloroformda yaxshi eriydi. 
Ta’siri va kimyoviy tuzilishi psoralen ksantotoksin, beroksan va ammifuringa o‘xshaydi. 
Qo‘llanishi jihatidan terining nurga nisbatan sezuvchanligini oshishi va melanin pegmenti 
hosil bo‘lishi natijasida terining o‘z rangini tiklashiga asoslangan. Pes kasalligini davolashda 
ishlatiladi. 
Psoralen kukun, 0,01 gr li tabletkalar, surtish uchun 70% li spirtda, hamda 0,1% eritmalari 
holida ishlatiladi. 


Psoralen preparatini olishda xom ashyo sifatida danakli oqquray- Psoralca drupacea Bge, 
dukkakdoshlar-Fabaceae oilasiga kiruvchi o‘simliklarning mevasi ishlatiladi. Oqquray mevasi 
0,4% gacha, ildizini-0,39%-0,57% neomoddasi bo‘ladi. 
Xom ashyodan kumarinlar yi\indisini ekstraksiya qilish. Maydalangan oqquray mevalari 
zanglamaydigan po‘latdan yasalgan, 60 ayl/min aylanish tezligiga ega bo‘lgan aralashtiradigan 
ekstraktorga solinadi va ma’lum miqdor 40% etil spirti yordamida ekstraksiya qilinadi. 
Ekstraksiya xona temperaturasida olib boriladi. Vaqt o‘tishi bilan spirtli ekstrakt inert gaz 
yordamida “druk” filtrida filtrlanib, yi\gichga tushadi. Suv spirtli ekstrakt keyingi bosqichga o‘tib 
ketadi. SHrot esa suv bilan yuvilib suv spirt aralashmasi regeneratsiyaga ketadi. 
Texnik psoralen olish. Spirtli ekstraktlar yi\indisi issiq bu\ yordamida 100-150 mm simob 
ustuni bosimida vakum bu\latgich apparatida bu\latiladi. Kub qoldiq shisha reaksion qozonchaga 
solinib xona temperaturasida 1 sutkaga qoldiriladi. Bunda qozoncha tagiga psoralen cho‘kma 
bo‘lib tushadi. Ustidagi suyuqlik esa dekontatsiya qilib, cho‘kma ajratib olinadi. CHo‘kma ma’lum 
bir qismi suv bilan yuvib tashlanadi, yaxshilab siqiladi va havoda quritiladi. 
Farmatsevtik psoralen olish. +uritilgan texnik furokumarinlar havonchaga tushadi, keyin 
esa 2 qismga Al
2
O
3
bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tagidan tushuriluvchi shisha kolbaning tagiga 
asta o‘rnatilgan bo‘lib, uning tagiga paxta qatlami yoyiladi va 3-5 sm qalinlikda quruq Al
2
O
3
sepiladi. Texnik furokumarinlar yi\indisi benzol yordamida elyuatsiya qilinadi. 
Benzolli elyuat qo\oz filtri bo‘lgan Byuxner voronkasi yordamida filtrlanadi va 50-60

S da 
50-100 mm simob ustun bosimida rotatsion apparatda bu\latiladi. 
Kub qoldiq NSH-45 markali bo‘yni keng kolbaga quyiladi va xona temperaturasida 1 
sutkaga qoldiriladi. Bunda psoralen cho‘kma holida tushadi. CHo‘kma filtrlanib ajratib olinadi. 
Ma’lum bir hajm spirt bilan yuviladi,yaxshilab siqiladi va suvsiz CaCl
2
yordamida vakumda 
quritiladi. 

Download 345.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling