Ozbekiston Respulikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb elon qilindi. Qurolli kuchlarni milliy yosh kadrlar bilan toldirish uchun yangi harbiy oquv yurtlari ochildi. Xususan, Respublikamiz uchun yangilik va strategik ahamiyatga ega Jizzax Aviatsiya harbiy bilim yurti, Qurolli Kuchlar Akademiyasi va boshqa harbiy talim maskanlari ishlay boshladi.
Prezidentning 2000 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan yangi «Ozbekiston Respublikasi «Harbiy doktrinasi» ishlab chiqildi. Unga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi oz Qurolli Kuchlarini faqat mudofaa maqsadlarini nazarda tutib shakllantirishi va rivojlantirib borishi takidlanadi. Shuningdek, mamlakat Qurolli Kuchlari ozida Mudofaa vazirligi bolinmalari, Chegara qoshinlari, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus bolinmalari va boshqa idoralarning harbiy tuzulmalarini birlashtirildi. 2002 yil dekabr oyida Oliy Majlis X sessiyasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisida»gi yangi qonuni qabul qildi.
Vatan ozodligini asrash va himoya qilish hozirgi yosh avlodda otmish ajdodlarimiz shuningdek, kelajak avlod oldida yuksak masuliyatni yuzaga keltiradi. Mana shularni his qilgan holda hukumatimiz quyidagi: «Mudofaa togrisida»gi, «Umum harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisida»gi, «Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat togrisida»gi, «Ozbekiston Respublikasi davlat chegarasi togrisida»gi, «Terrorizmga qarshi kurash togrisida»gi va boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, jumladan, Ozbekiston Respulikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va shu kabi hujjatlar ishlab chiqilgan. Har qanday hurujlarni bartaraf etishda, yuqoridagi qonun va qarorlar asosida faoliyat olib boruvchi xizmat xodimlari amalga oshirmoqdalar.
Biz fuqarolar qonunda korsatilgan soliq va yigimlarni tolash bilan vatan himoyachilarini iqtisodiy jihatdan taminlanishiga komaklashamiz. Yurtboshimiz takidlaganidek: «Agar kimki oz armiyasini boqmasa, ertaga ozgalar armiyasini boqishga majbur boladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |