№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: Turli buzg‘unchi oqimlar haqida


Download 1.29 Mb.
bet30/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

22-Mavzu: Turli buzg‘unchi oqimlar haqida.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 – yil 23 – apreldagi 196 – qaroriga asosan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Respublikada ishlab chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy mazmundagi mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazadi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi.
G‘animlarimiz o‘ta makkor uslublarni qo‘llayotgan, ulkan mablag‘lar evaziga axborot xurujini kuchaytirayotgan davrda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarda milliy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan ma’rifatni kamol toptirish, ularni mustahkam e’tiqodli, vatanparvar kishilar qilib tarbiyalashda diniy mazmundagi materiallar – nashr, video, audio va kompyuter mahsulotlarining o‘rni dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, noislomiy konfessiyalar va yangi sektalarning respublika hududiga ekstremistik ruhdagi va xalqimiz uchun noan’anaviy mazmunga ega diniy adabiyotlarni, audio va video kassetalarni olib kirishga qaratilgan harakatlari yil sayin kuchayib bormoqda. Ba’zi noan’naviy konfessiyalar tub aholini «injillashtirish», ya’ni o‘z dinlariga tortish bilan mahalliy tilda ibodat marosimlarini o‘tkazish, missionerlik faoliyati va aholi orasida o‘zbek, qozoq va qoraqalpoq tillarida missionerlik adabiyotlarini tarqatishga zo‘r bermoqda.
Islom diniga e’tiqod qilib yurib, keyin undan yuz o‘girish bu dinni qabul qilmaslikdan-da, osiylikdan - da og‘ir gunoh sanaladi. Bundaylarni dinimizda «MURTAD» deya hazarli so‘z bilan atashadi. MURTADlik esa Allohning himoyasidan qochish, uning dinidan o‘zga dinni afzal bilish demakdir.
Qiziq holat - bir tomonda Qur’oni Karimdagi bashoratlar va mo‘jizalardan boxabar ko‘plab g‘ayridin olimlar, buyuk shaxslar o‘zlarining ilmiy kashfiyotlari orqali oxir – oqibat islomning haq din ekanligini tan olib, o‘z ixtiyorlari bilan bu muborak dinni qabul qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda o‘zi shu muqaddas dinda bo‘lib... undan yuz o‘girayotganlar!
Missionerlik (missiya – lot. yuborish, topshiriq) – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish demakdir. IV – asrda paydo bo‘lgan bu harakatning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ish olib borayotgan ko‘p sonli cherkovlari bor. Musulmon tashkilotlari ham diniy missiyaga ega. Missionerlik boshqa dinlarda ham mavjud bo‘lsada, bu termin ko‘proq xristianlikka nisbatan ishlatiladi. XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Dastlabki missionerlik tashkilotlaridan biri – London missionerlik jamiyati 1795 – yilda tuzilgan. 1815 – yilda ochilgan Bazel Injilni tarqatish missionerlik jamiyati Hindiston, Xitoy, Eronda ish olib borgan. 1824 – yilda esa Berlin missionerlik jamiyati tashkil topdi. Bu tashkilotlarning maqsadlari asosan uch nuqtaga qaratilgan:
- Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan G‘arb davlatlari ta’sir doirasiga tushirish.
- Xalqlar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga shubha uyg‘otish, ishonch, e’tiqoddan yuz o‘girish va undan chiqishga olib kelish.
- Xristianlikni qabul qilganlarni e’tiqodida qattiq turishini ta’minlash va ularning safini «yangi xristianlar» bilan to‘ldirish.
Bu maqsadlarga erishish uchun ular jon – jahdlari bilan ish olib borishmoqda. Xususan, moddiy yordam ko‘rsatish orqali yaxshi natijalarni qayd etishmoqda. Bunday harakatlari bilan ular o‘zlari haqida ijobiy xulosa yoki baho chiqarishga ega bo‘ladilar. Bepul xristianlikni targ‘ib qiluvchi mahalliy tilda chop etilgan, juda sifatli, rangli ishlangan kitob va jurnallarni tarqatish ham kutilgan samarani bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 120 dan ortiq milliy Bibliya jamiyatlari mavjud bo‘lib, ular 200 ta davlatda kitob tarqatish orqali o‘z faoliyatini olib boradi. Xristianlikka chaqiruvchi video – audio kassetalarni tarqatish ham zamonaviy usul sifatida taraqqiy etmoqda. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan eng yirik tashkilot «Global Rekording» tarmog‘i hisoblanadi. U 21 milliy agentlikni birlashtiradi, 4562 til va dialektda ovoz yozish (kasseta chiqarish) bilan shug‘ullanadi. Radio va televidenie orqali jonli eshittirishlarni uyushtirish va bu bilan aholini suhbatga chorlash ham besamar ketmaydi. Ko‘rgazmalar, sport musobaqalarini tashkil etish va bu tadbirlarda qatnashuvchilarga sovg‘alar berish so‘nggi paytlarda an’ana tusiga kirmoqda. Xullas, bu harakat tibbiy, ta’lim - tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish, yolg‘iz qolgan kishilarga chaqiruv maktublarini yo‘llash, yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish, missionerlik ruhidagi kutubxona, ingliz tili, kompyuter o‘rgatish klublarini tashkil etish, ularni xorijiy safarlarga yuborish, ish bilan ta’minlash, o‘z hududlariga sayohat qilgani kelganlar bilan ishlash singari minglab ta’sirchan usullarga egaki, bu mavjud xavf - xatarning doirasi naqadar keng ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Missionerlikda pulga ko‘proq muhtojlik sezadigan dunyo o‘quvchilariga alohida ob’ekt sifatida qarash allaqachon yaxshi natija berayotgani ma’lum. Yoshlar bilan ishlashning turli missiyalari mavjud bo‘lib, ulardan biri bolalar uchun xristian lagerlarini tashkil qilishdir. «Xalqaro xristian lagerlari» assosiasiyasining bugungi kunda 200 ga yaqin lagerlari mavjud. O‘zbekistonda ham ularning borligi kuzatilgan. Xususan, Nukusda «Emanuel» tashkiloti shunday lager tashkil qilgani uchun yopilgan.
Qozog‘istonda «Niva» lageri («Jatva» cherkoviga oid)da oxirgi 5 yil ichida 3000 nafar bola dam olgan. Ularning 80%i e’tiqod qilmaydiganlar oilasidan bo‘lgan. Lager dasturiga ko‘ra, lager mavsumi tugashiga borib (15 kun ichida), dam oluvchilarning yarmi Iso Masihni tan olgan! Missionerlik bilan faol shug‘ullanuvchi «Yehovo shohidlari» sektasida ta’sir etish mexanizmlari aniq va lo‘nda qilib ishlangan. Ular tarqatayotgan adabiyotlar didli, rangli va chiroyli manzaralar bilan tasvirlangan. «Jalb etuvchilar»ning ovoz ohanglari tinchlantiruvchi va mehrli sado aks etadi. Mutaxassislarning aytishicha, «Yehovo shohidlari» sektasi a’zolari jalb etishning 86 xil usulidan foydalanar ekanlar. Ular ko‘pincha birinchi va to‘rtinchi kurs o‘quvchilari, keksalar, ayniqsa, endigina nafaqaga chiqqanlar va yolg‘iz qariyalar, o‘z o‘rnini topishga intilayotgan o‘smirlar, kuchli stress (kasallik, yaqin odamining vafoti, ajralish va h.k.)ni boshidan kechirayotganlar, qochoqlar va ishsizlar bilan o‘z maqsadlariga osongina erishadilar. «Yehovo shohidlari» uyma - uy yurib, ochiqdan - ochiq o‘z dinlariga da’vat qilmoqdalar, o‘z dinlarini haqiqiy, boshqa dinlar esa botil ekanligi haqida oshkora gapirmoqdalar, adabiyotlar tarqatmoqdalar va moddiy yordam bermoqdalar. Cherkovlarda ma’ruzalar nihoyatda ta’sirli qilinadi, yangi kelganlarga nihoyatda katta e’tibor va hurmat ko‘rsatiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling