Toshkent tumani 8 – umumiy o‘rta ta’lim maktab yoshlar yetakchisi tomonidan “Munozara” to‘garagini tashkil etish yuzasidan


Download 14.04 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.04 Kb.
#237952
Bog'liq
8-maktab munozara


Toshkent tumani 8 – umumiy o‘rta ta’lim maktab yoshlar yetakchisi tomonidan “Munozara” to‘garagini tashkil etish yuzasidan

MA’LUMOT


Toshkent viloyati Toshkent tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020-2021 o’quv yilida “Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida o’quvchi yoshlar bilan olib botilayotgan ishlarni yangicha tizimini joriyetish maqsadida “Munozara” klublarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan18 –umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari hamda yoshlar ittifoqi yetakchisi hamkorligida “Munozara” klubi tashkil etilib faoliyati yo’lga qo’yildi.

Yoshlar “Munozara” klubida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularda mustaqil fikr bildira olish, fikrlarning mantiqiylik darajasini oshirish, bahs-munozaraga kirisha olish malaka va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirib, yuqori saviyaga ega bo’lishlari maqsadida tashkil etildi.



 “Munozara” klubi o‘z faoliyatini mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.Maktab yoshlar ittifoqi yetakchisi tomonidan tashkil etilgan “Munozara” klubi o‘quvchilarni yangicha fikrlash, yangicha dunyoqarash, ijtimoiy faolliklarini oshirish, yoshlarning bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga qaratilgan. Mamlakatimizda voyaga yetayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. O‘quvchi yoshlar o’quv munozara mashg’ulotlarida qatnashib mantiqiy dalillar keltirishadi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, notiqlik, liderlik sifatlarini ham yanada rivojlantirishga ko‘maklashiladi.

Maktab direktori : R.S.Xikmatov
Download 14.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling