O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Uslubiy ko’rsatma texnika oliy o’quv yurtlarining 5310700 -«Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari», 5311600 -«Konchilik ishi» va 5321100 –«Noyob va radiaktiv metal rudalarni qazib olish qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi» bakalavr yo’nalishi talabalari uchun “Kon mashinalari” va “Kon mashinalari va uskunalari” fanlaridan kurs loyihasini bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu uslubiy ko’rsatma texnika oliy ta’lim muassasalarining fan dasturlariga mos ravishda tuzilgan. Ko`rsatmada kurs loyihasiga qo`yiladigan umumiy talablar, kurs loyihasining hajmi, tuzilishi va ishlanish qoidalari, kurs loyihasini bajarish uchun nazariy tavsiyalar, kon mashinalarini tanlash uchun tavsiyalar, hisoblash ishlarini bajarish kursatmalari va yechish usullari, hamda uskunalar va masalalar to`g`risida materiallar keltirilgan. Ushbu uslubiy ko’rsatma kurs loyihasini bajarish jarayonida talabalar nazariy bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.
Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti Kengashining 2016 yil “___” _______________ dagi majlisi tavsiyasiga asosan Institutning 2016 yil “___” _______________ dagi o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilindi va chop etishga tavsiya etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |