O’zbekiston respublikasi


KURS LOYIHASIGA QO`YILADIGAN UMUMIY TALABLAR


Download 0.51 Mb.
bet3/16
Sana22.12.2021
Hajmi0.51 Mb.
#182329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
DOC.KMlari KURS LOYIHASI (2003)

KURS LOYIHASIGA QO`YILADIGAN UMUMIY TALABLAR

Kurs loyihasi ikki qismdan tashkil topadi: grafik qism va yozma tushuntirish xati. Loyihaning grafik qismi ikkita qalamda yoki kompьyuter grafikasi qo’llangan holda A1 yoki A2 formatdagi chizma demonstratsiya varag’idan iborat. CHizma varaqlar (GOST) davlat standartlari talablari asosida chizma varag’i chizmalar ratsional joylashtirilgan va burchak shtampi to’ldirilgan holatda tayyorlanishi talab qilinadi.

Birinchi chizma varaqda mashinalar ish joylarining umumiy ko’rinishi va pasporti, tanlangan kompleks mashina va uskunalarining o’zaro joylashtirilishi, ularning umumiy va konstruktiv sxemasi, hamda texnik parametrlari keltirilgan holatda berilishi mumkin.

Ikkinchi chizma varaqda maxsus topshiriqqa mos ravishda mashinalarning struktura-funktsional, kinematik, gidravlik, pnevmatik va boshqa sxemalari, parametrlar o’zaro bog’liqliklari, tushintirish uchun moslamalar, ularning ishlash printsiplari, funktsional va korrelyatsion bog’liqliklar chiziladi.

Loyiha yozma tushintirish xati standart A4 varaqda 8000-10000 so’z hajmida pastali yoki siyohli rangli ruchkada qo’lda yoziladi yoki kompьyuterda teriladi, hamda broshyura holida shakllantiriladi. Yozma tushintirish xati aniq, qisqa va sodda, bo’lim va boblarga bo’linishi, hamda yozma hujjatlar talablariga javob berishi kerak.

Qabul qilingan barcha texnik yechimlar va hisob-kitob ishlari sxema, diagramma holida illyustratsiya qilinadi, shartli belgilarga tushintirish xatida tushintirish va izohlarberiladi

Hisoblash formulalari oldin harfli va keyin sonli shaklda yoziladi. Natijalar esa o’lchov birliklari bilan keltiriladi. Formula uchun barcha tushintirishlar va belgilashlar hisob–kitob ishlari natijasidan oldin keltiriladi.

Kurs loyihasi (ESKD) konstruktorlik hujjatlari yagona sistemasi talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Kurs loyihasi quyidagicha mazmunda va birin-ketinlikda shakllantirilishi lozim:

titul varag’i (Ilova 1);

kurs loyihasi topshirig’i (rahbar o’qituvchi tomonidan berilgan blank hujjati);

Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba rahbar o’qituvchidan hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, tushintirish xatini rasmiylashtirish va chizmalarni shakllantirish bo’yicha konsulьtatsiya oladi. Tugallangan loyihalar himoya qilishdan bir hafta oldin tekshirish uchun kafedraga taqdim etiladi. Himoyadan oldin loyihalar rahbar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklar bilan tanishish va o’zgartirishlar kiritib kamchiliklarni yo’qotish choralarini ko’rish uchun talabaga qaytariladi.

Talaba himoya uchun (5-10 minutlik) ma’ruza tayyorlaydi va ma’ruza qiladi. Ma’ruzada konning kon-geologik va kon-texnologik shart-sharoitlari, tanlangan va hisoblangan kompleks mashinalari,chizmalar mazmuni, mashinalar ish bajaruvchi mexanizmlari ish rejimlari va dvigatellarining quvvati, kompleksda mashinalar soni va mashinalarni ekspluatatsiya qilish to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Ma’ruzada loyihaning maxsus qismiga alohida urg’u va o’rin ( ma’ruzaning 40% qismi) ajratiladi.

Loyihani himoya qilish kuni (ma’ruzadan keyin) komissiya a’zolari tomonidan (komissiya a’zolari kamida 2-3 kishi) talabaga loyiha qilingan mashinalar tuzilishi, ishlash printsipi va ko’zda tutilgan ish rejimlari to’g’risida savollar berishadi. Talaba loyiha chizmalarida keltirilgan mashinalar strukturaviy, kinematik, gidravlik, elektrik va pnevmatik sxemalari, bog’liqlik va grafiklar bo’yicha ham berilgan savollarga javob qaytaradi.

Loyihani baholashda yozma tushintirish xati va chizmalar sifati, ma’ruza mazmuni va komissiya a’zolarining bergan savollariga qaytarilgan javoblar to’liqligiga e’tibor beriladi.

Berilgan savollarga qoniqarsiz javob berilganda biror muddat tayyorgarlikdan so’ng loyihani qayta himoya qilish uchun ruxsat beriladi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling