O’zbekiston respublikasi
QAZUVCHI-YUKLOVCHI MASHINALARNI TANLASH
Download 0.51 Mb.
|
DOC.KMlari KURS LOYIHASI (2003)
QAZUVCHI-YUKLOVCHI MASHINALARNI TANLASH.
Ekskavator nazariy unumdorligi Qn (m3/soat) uning sof ish vaqtida bajargan ish hajmi va miqdori bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi. , m3/soat bu yerda: E – cho’mich sig’imi, m3; Ko’p cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida uning nazariy unumdorligi keltirilgan bo’ladi yoki ish bajaruvchi uskunalardagi barcha cho’michlar sig’imi litrda beriladi. nz - bir minutda yuklanadigan cho’michlar soni, min-1. Bir cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida nazariy sikl davomiyligi tts berilgan bo’lib, nz - qiymati quyidagi ifoda bilan hisoblanadi. Sikl davomiyligi ko’pincha 900 ga burilish uchun berilgan bo’lib, burilish burchagi farq qilgan holatlarda sikl davomiyligi spravochnik manbalarda keltirilgan korrektirovka koeffitsientiga ko’paytiriladi. Ekskavatorning texnik unumdorligi, uning ishlatilish sharoitlariga mos ravishda, to’xtatilishi zarur bo’lgan vaqt inobatga olingan holda quyidagi formula bilan aniqlanadi, Qtex (m3/soat)
bu yerda: Kn va Kr - mos ravishda cho’michning to’lishi va unda tog’ jinslarining qo’shimcha maydalanishi koeffitsientlari Kn=0,8-1,1 va Kr=1,1-1,5; tp - ekskavatorning bir joyda turib yoki ish bajaruvchi a`zoning bitta yo’nalishda tuxtovsiz ishlashi davomiyligi; tp - bir cho’michli ekskavatorlar uchun ish joyini bitta surilishi yoki ko’p cho’michli ekskavatorlar uchun ish bajaruvchi a`zoning harakati yo’nalishini o’zgartirishi uchun ketgan vaqt; Kek=Kn/Kr - ekskavatsiya koeffitsienti. Ekskavator unumdorligi vaqt birligida qo’shimcha ravishda texnik va tashkiliy sabablarga ko’ra to’xtashlarga ketgan vaqt inobatga olib aniqlanadi QE (m3/smena) , m3/smena bu yerda: Ts - smena davomiyligi, soat; KV - ekskavatorning vaqt davomida ishlatilishi koeffitsienti. Ishlab chiqarish amaliyotidan kelib chiqib ekskavatorning transport vositalari bilan birgalikda ishlash sharoitidan KV ning quyidagi qiymatlari tavsiya etiladi: Avtotransportga yuklaganda - KV=0.5-0.6; Temir yo’l vagonlariga yuklaganda KV=0.55-0.7 ; Konveyerga yuklaganda yoki ag’darmaga to’kganda KV=0.75-0.85 Ekskovatorning yillik ish unumdorligi Kon ishlarini yillik hajmini bajarish uchun ekskovatorlarni sonini hisoblab topish zarur. Nrez+Nrem= 0,15(Ne)+0,1(Ne) Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling