№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Muhabbat, sevgi, rashk. Oila - oliy qadriyat
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
30-Mavzu: Muhabbat, sevgi, rashk. Oila - oliy qadriyat.
Sevgi - Muhabbat. Adabiyot, sanatning barcha turlarida yaratilgan asarlar, joiz bolsa dunyodagi bino etilgan barcha mojizalar, ixtirolarning diyarli barchasiga ushbu tuygu sababchi bolgan, bugungi kunlarda ham bolib kelmoqda desak yanglishmagan bolamiz. Xalqda muhabbat togrisida aytilgan shunday naqllar bor: «Muhabbat - bir-biriga kim koproq baxt-saodat berarkan, deb erkak va ayol kishi ortasida qilinadigan ozaro musobaqadir». «Muhabbat - ozini fido qiladigan darajada mehr qoyish, yurak - yurakdan sevish hissidir». Sevgi-muhabbatning haroratli tuygusi, avvalo, begubor boqqan tiniq kozlarda aks etadi. Ikki bir-birini yoqtirgan yigit va qiz kongil mayli bilan ozaro ipsiz boglanib qoladilar. Zero, «On sakkizga kirmagan kim bor? On sakkizga tolib, sher yozmagan kim bor?» deganlaridek, shu yoshda bir - birlariga kongil qoygan yoshlar beixtiyor qollariga qalam olib ishqiy nomalar yozishlari, sevgi-muhabbat togrisidagi kitoblarni berilib mutolaa qilishlari, yoxud sherlarni yod olishlari, kinofilmlarni ishtiyoq bilan korishlari tabiiy bir holdir. Xalqimizda «Ishqi yoq - eshak, dardi yoq - kesak» degan naql bejiz aytilmagan. Oshiqlar qalbining kuychisi Huvaydo: Muhabbatdan bolur muhabbat paydo, Muhabbatsiz kishidan qoch, Huvaydo!, - degan baytni bitar ekan, muhabbatsiz kishini qoralaydi, undan hazar qiladi. Sevdim degan kimsa gunohlar sodir etayaptimi, dilozorlik yoki hiyonat qilayaptimi, men shu qizga uylanishim yoxud shu yigitga turmushga chiqishim shart deyaptimi tamom, u muhabbat emas. U yoqtirish shunchaki. Yoqtirishning esa soni kop! Muhabbat betakror, muhabbat bittadir. Sen birovni sevib qolding. Shunda tanangga bir oylanish kirishi kerak: shu odamning fazilatlari haqqi uning nuqsonlarini ham tan olish qolingdan keladimi? Uning feli atvoridagi kam - kostlarni toldirishga irodang etadimi? Muhabbatning qolipi yoq, tarifi yoq. Ammo shunisi aniqki, u eng laziz va eng mushkul faoliyatdir. Ha, faoliyat! Faoliyat bolganda ham u poklik, jurat, ixlos va sabru qanoatdan iborat faoliyatdir! Lev Tolstoyning Urush va tinchlik kitobida shunday gap bor: Biz birovlarni bizga qilgan yaxshiligiga qarab emas, ozimizning ularga ketgan yaxshiliklarimizga qarab yaxshi koramiz33 Ikki yosh ahdu-paymon bilan sevgi rishtasini boglar ekanlar, oz ixtiyorlarini bir-birlariga topshiradilar. Ular bir-birlarida nuqson emas, balki fazilat koradilar. Oshiqlar nazlida sevilgan shaxs ideal zotdir, Biroq xalqimizning «chiroyli gozal emas, balki sevganing gozal» degan naqlida chuqur mano bor. Oshiq nazlida sevgan mahbubasi hamma qizlardan ham alo, gozal va aqli raso bolib tuyulsa, mashuqa nazdida mahbub yigitlar korkam, bahodir, mardu maydon, aqli barkamoldir. Hayot haqiqatlarini, ming xil sinovlarni boshdan kechirish bilan tushuna olgan donishmand xalqimiz «Muhabbatning kozi kor boladi» deb bejiz aytmagan. Buning asl manosi - aqli hushingni yigib kongil qoy, bilib kongil qoy! Yolgon vadalarga, shirin sozlarga uchma, kelishgan qomatiga mahliyo bolma! - demakdir. Bu haqda adibimiz Otkir Hoshimovning fikrlari kishi etiborini oziga tortib, mulohaza yuritishga undaydi: «Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga oxshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof Na qolingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz Birinchi muhabbatni kopincha natijasiz tugashi balki shundandir Ayol qalbi teskari magnitga oxshaydi: yaqinlashsang - uzoqlashadi, uzoqlashsang - yaqinlashadi. Sevgi izhor qilayotgan erkak soqov bolsa ham bulbuligoyoga aylanib ketadi. Ammo aytganlarini tezda unutadi. Izhori-dilni tinglayotgan ayol bulbuligoyo bolsa ham soqovga aylanib qoladi. Ammo eshitganlarini hech qachon unutmaydi »34 Songgi yillarda ushbu mavzu - osmirlarning birinchi muhabbati mavzusi goyat keng yoritilayotgan mavzu bolib qoldi. V. A. Suxomlinskiy inson qalbini va ayniqsa, yoshlar qalbini juda yaxshi tushunadigan mashhur pedagog edi. U yurak sirlarini elga yoyishdan ehtiyot bolish togrisida mutlaqo adolatli va haqli ravishda bizni ogohlantirib qoygan edi: qadimgi dunyo kishilari ham sevgi, muhabbat togrisida gapirib: «Bu goyat buyuk sirdir», - deganlar. Biz qanchalik kop tadqiqotlar otkazmaylik, sevgining namoyon bolish formalarini qanchalik tiplarga ajratmaylik, lekin baribir har bir oshiqning his-tuygusi boshqa barcha malum hollardagi shunday his-tuygulardan sezilarli darajada farq qilib turadi. Sevgining kuchi ham uning ulugvorligi ham, jozibadorligi ham xuddi ana shunda uning takrorlanmasligidadir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling