№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Xotira saodati, qadr qimmati!
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatanga xizmat qilganlar xotirasi
- Shiroq
- Jaloliddin Manguberdi hamda Najmiddin Kubro Ruslar istebdodiga qarshi chiqqan Dukchi Eshon, Nomoz
- Ahmad Fargoniy ; Al-Muallim as-Soniy Ikkinchi muallim Sharq Aristoteli degan motabar unvon olgan Abu Nasir Farobiy;
- Abu Rayhon Beruniy; Sharqda Shayxur-Rais va Garbda esa Avitsenna nomi bilan mashhur bolgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino;
- Muhammad Sharif Gulxaniy
31-Mavzu: Xotira saodati, qadr qimmati!
(9 - may Xotira va qadrlash kuniga bagishlanadi.) Xotira arabcha soz bolib, tilimizda xotir va xotira shakllarida ishlatiladi. Kishining biror kimsa yoki narsa haqidagi biror taassurotni esda saqlash, eslab qolish qobiliyatiga xotira deyiladi. Odam xotirasi bilan odamdir. Xotirasiz kishi esa odamiylikdan chiqadi. Xotira yoqotilgan narsani eslash. Bor narsa esa qadr talab qiladi. Yoqotib qoygandan keyin xotirlab yurgandan borida qadriga yetgan ming karra afzal. Shuning uchun zimdan bir biriga ziddek tuyulayotgan xotira va qadrlash tushunchalari mohiyatan bir-biriga uzviy bogliq ham. Inson yaralganidan buyon otib ketganidan keyin ham bu dunyoda yashab qolishni istaydi. Jismonan buning sira iloji yoq. Xotira esa odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan bir imkon. Odamlar ortda qolganlar xotirasida yashashga intilish ilinji kishini tarbiyalaydi. Uni ezguliklarga, bandalarning biror koriga yarab qolishga, umrni zoe ketkazmaslikka undaydi. Bir oylab koring-a! biz yurgan yollardan avvallar kimlar yurgan, yonginamizda sharqirab oqayotgan zilol suvlardan, azim chinorlarning soyalaridan otmishda kimlar bahra olishgan ekan? Bizning oyoqlarimiz ostidagi zamin kimlarni bagrida ardoqlab olib yotibdi? Hammamiz oz yaqinlarimizning bizga qilgan yaxshiliklarini, yordamlari, xizmatlarini yodimizda saqlaymiz hamda xotirlaymiz. Ammo vatan uchun xizmat qilganlarni kim xotirlaydi? Vatanga xizmat nima ozi? Vatanga xizmat qilganlar xotirasi bu siz tinch uxlagan har bir tun, farzandingizni tinchgina oqishga borishi, kocha-koyda emin-erkin yurishini taminlaganlarning egalik qilayotganingiz serhosil zamin, zilol suvli daryo-yu, anhorlar, ogir yumushlarningizni yengillashtirganlar, uzogingizni yaqin qilganlarning, ezozlanib yodga olinishi ruhi poklariga hurmat bildirilishidir. Bu hammamiz uchun farzdir. Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt shu xalq deb kurashgan kuch qudrati, aql zakovatini ayamagan, kerak bolsa, shu yolda jon fido qilgan ne ne buyuk zotlarni birma bir xotirlab takidlab otishimiz mumkin. Xalqimiz, yurtimiz ozodligi uchun mardonavor kurashganlar jasorat korsatgan quyidagi mardlarimiz: Vatani ozodligini saqlash uchun kurashgan, Eron shohi Kir boshini olib, qon tola meshga joylagan Tomaris jasorati; Oz qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqqan va harbiy hiyla bilan uning qoshinlarini chalgitib, suvsiz, Qizilqumning dasht-sahrosiga boshlab borgan va El-yurtni vayronagarchilikdan saqlab qolgan Shiroq jasorati; Iskandar Zulqarnaynga qarshi chiqqan antik tarixchilar zor havas bilan madh qilganlari Spetamen jasorati; Arab istilochilariga qarshi Mavarounnahrdagi eng katta qozgolon 769 yilda boshlandi. Muqanna qozgoloni yoki ikkinchi nomi Oq kiyimlilar qozgoloni ishtirokchilari va rahbari Hoshim ibn Hakimni; Mugullar istibdodiga qarshi on ikki yillik mardonavor kurashgan Xorazmshohning ogli Jaloliddin Manguberdi hamda Najmiddin Kubro Ruslar istebdodiga qarshi chiqqan Dukchi Eshon, Nomoz botirlar va ular bilan bir safda torganlarni xotirlash va ularga hurmat korsatish har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Dunyo ilmu faniga katta hissa qoshgan, vatandoshlarimiz ham bir talaydir. Ularni sanab otadigan bolsak: Ismi algaritim atamasini paydo bolishiga olib kelgan, algebra fani asoschisi, Kitob at-tarix asari muallifi, 1983 yilda 1200 yilligi nishonlangan buyuk mutafakkir Muso al-Xorazmiy; Nil daryosi suvini olchovchi asbob yaratuvchisi, yerni shar shaklida ekanligini aniqlab shuhrat topgan, falakiyotchi va buyuk geograf Ahmad Fargoniy; Al-Muallim as-Soniy Ikkinchi muallim Sharq Aristoteli degan motabar unvon olgan Abu Nasir Farobiy; Xristafor Kolumbdan 460 yil avval Amerika qitasi borligini bashorat qilgan, Yerni quyosh atrofida aylanishini aytgan hamda tarix, geografiya, geologiya, meniralogiya, kimyo, fizika fanlariga buyuk hissasini qoshgan mutafakkir Abu Rayhon Beruniy; Sharqda Shayxur-Rais va Garbda esa Avitsenna nomi bilan mashhur bolgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino; Temuriyzoda, yulduzlar jadvalini tuzgan davlat boshligi Mirzo Uligbeklar abadul-abad avlodlar qalbini faxr va gurur his-tuygulari bilan albatta yoritib turajak. Bir qator yurtdoshlarimiz insoniyatning sanat, adabiyot, odob-axloq, odamiylik sohasiga fayz kiritib, dini islom osmoniga kork bagishlab, yorqin yulduz bolib, porlashgan. Ularni birma bir yodga oladigan bolsak: Zarbulmasal asari muallifi Muhammad Sharif Gulxaniyni xotirlashimiz millat sifatidagi yuksak manaviyatimiz belgisi. Zarbulmasalda koplab masallar, hayvonlar obrazlari orqali kishilar orasidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlar, hamda bu munosabatlardagi muammolar, urf-odatlar, xalq marosimlari haqida soz boradi; Qadimgi Buxoro tarixi, arablar istilosi va ularga qarshi kotarilgan qozgolonlar haqida hikoya qiluvchi Buxoro tarixi asari muallifi Abu Bakr Narshaxiy; Fors adabiyoti asoschilaridan biri yurtdoshimiz hamda: Jahonning shodligi yigilsa butun, Dostlar diydoridan bololmas ustun. va hayotni birinchi ustoz hisoblab, Har kishi olmasa hayotdan talim, Unga orgatolmas hech bir muallim. kabi xalq orasida mashhur misralar muallifi Abu Abdulloh Rudakiy; Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling