№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: Xotira saodati, qadr qimmati!


Download 1.29 Mb.
bet39/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

31-Mavzu: Xotira saodati, qadr qimmati!
(9 - may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlanadi.)
Xotira – arabcha so‘z bo‘lib, tilimizda xotir va xotira shakllarida ishlatiladi. Kishining biror kimsa yoki narsa haqidagi biror taassurotni esda saqlash, eslab qolish qobiliyatiga xotira deyiladi. Odam xotirasi bilan odamdir. Xotirasiz kishi esa odamiylikdan chiqadi.
Xotira – yo‘qotilgan narsani eslash. Bor narsa esa qadr talab qiladi. Yo‘qotib qo‘ygandan keyin xotirlab yurgandan borida qadriga yetgan ming karra afzal. Shuning uchun zimdan bir biriga ziddek tuyulayotgan xotira va qadrlash tushunchalari mohiyatan bir-biriga uzviy bog‘liq ham.
Inson yaralganidan buyon o‘tib ketganidan keyin ham bu dunyoda yashab qolishni istaydi. Jismonan buning sira iloji yo‘q. Xotira esa – odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan – bir imkon. Odamlar – ortda qolganlar xotirasida yashashga intilish ilinji kishini tarbiyalaydi. Uni ezguliklarga, bandalarning biror koriga yarab qolishga, umrni zoe ketkazmaslikka undaydi.
Bir o‘ylab ko‘ring-a! biz yurgan yo‘llardan avvallar kimlar yurgan, yonginamizda sharqirab oqayotgan zilol suvlardan, azim chinorlarning soyalaridan o‘tmishda kimlar bahra olishgan ekan? Bizning oyoqlarimiz ostidagi zamin kimlarni bag‘rida ardoqlab olib yotibdi? Hammamiz o‘z yaqinlarimizning bizga qilgan yaxshiliklarini, yordamlari, xizmatlarini yodimizda saqlaymiz hamda xotirlaymiz. Ammo vatan uchun xizmat qilganlarni kim xotirlaydi? Vatanga xizmat nima o‘zi?
Vatanga xizmat qilganlar xotirasi bu – siz tinch uxlagan har bir tun, farzandingizni tinchgina o‘qishga borishi, ko‘cha-ko‘yda emin-erkin yurishini ta’minlaganlarning egalik qilayotganingiz serhosil zamin, zilol suvli daryo-yu, anhorlar, og‘ir yumushlarningizni yengillashtirganlar, uzog‘ingizni yaqin qilganlarning, e’zozlanib yodga olinishi ruhi poklariga hurmat bildirilishidir.
Bu hammamiz uchun farzdir.
Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt shu xalq deb kurashgan kuch qudrati, aql – zakovatini ayamagan, kerak bo‘lsa, shu yo‘lda jon fido qilgan ne – ne buyuk zotlarni birma – bir xotirlab ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Xalqimiz, yurtimiz ozodligi uchun mardonavor kurashganlar jasorat ko‘rsatgan quyidagi mardlarimiz:

  • Vatani ozodligini saqlash uchun kurashgan, Eron shohi Kir boshini olib, qon to‘la meshga joylagan To‘maris jasorati;

  • O‘z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqqan va harbiy hiyla bilan uning qo‘shinlarini chalg‘itib, suvsiz, Qizilqumning dasht-sahrosiga boshlab borgan va El-yurtni vayronagarchilikdan saqlab qolgan Shiroq jasorati;

  • Iskandar Zulqarnaynga qarshi chiqqan antik tarixchilar zo‘r havas bilan madh qilganlari Spetamen jasorati;

  • Arab istilochilariga qarshi Mavarounnahrdagi eng katta qo‘zg‘olon 769 – yilda boshlandi. Muqanna qo‘zg‘oloni yoki ikkinchi nomi “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni ishtirokchilari va rahbari Hoshim ibn Hakimni;

  • Mug‘ullar istibdodiga qarshi o‘n ikki yillik mardonavor kurashgan Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi hamda Najmiddin Kubro

  • Ruslar istebdodiga qarshi chiqqan Dukchi Eshon, Nomoz botirlar va ular bilan bir safda to‘rganlarni xotirlash va ularga hurmat ko‘rsatish har birimizning farzandlik, fuqarolik burchimizdir.

Dunyo ilmu faniga katta hissa qo‘shgan, vatandoshlarimiz ham bir talaydir. Ularni sanab o‘tadigan bo‘lsak:

  • Ismi “algaritim” atamasini paydo bo‘lishiga olib kelgan, “algebra” fani asoschisi, “Kitob at-tarix” asari muallifi, 1983 yilda 1200 yilligi nishonlangan buyuk mutafakkir Muso al-Xorazmiy;

  • Nil daryosi suvini o‘lchovchi asbob yaratuvchisi, yerni shar shaklida ekanligini aniqlab shuhrat topgan, falakiyotchi va buyuk geograf Ahmad Farg‘oniy;

  • “Al-Muallim as-Soniy” – “Ikkinchi muallim” “Sharq Aristoteli” degan mo‘tabar unvon olgan Abu Nasir Farobiy;

  • Xristafor Kolumbdan 460 yil avval Amerika qit’asi borligini bashorat qilgan, Yerni quyosh atrofida aylanishini aytgan hamda tarix, geografiya, geologiya, meniralogiya, kimyo, fizika fanlariga buyuk hissasini qo‘shgan mutafakkir Abu Rayhon Beruniy;

  • Sharqda “Shayxur-Rais” va G‘arbda esa “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino;

  • Temuriyzoda, yulduzlar jadvalini tuzgan davlat boshlig‘i Mirzo Ulig‘beklar abadul-abad avlodlar qalbini faxr va g‘urur his-tuyg‘ulari bilan albatta yoritib turajak.

Bir qator yurtdoshlarimiz insoniyatning san’at, adabiyot, odob-axloq, odamiylik sohasiga fayz kiritib, dini islom osmoniga ko‘rk bag‘ishlab, yorqin yulduz bo‘lib, porlashgan. Ularni birma bir yodga oladigan bo‘lsak:

  • “Zarbulmasal” asari muallifi Muhammad Sharif Gulxaniyni xotirlashimiz millat sifatidagi yuksak ma’naviyatimiz belgisi. “Zarbulmasal”da ko‘plab masallar, hayvonlar obrazlari orqali kishilar orasidagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlar, hamda bu munosabatlardagi muammolar, urf-odatlar, xalq marosimlari haqida so‘z boradi;

  • Qadimgi Buxoro tarixi, arablar istilosi va ularga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar haqida hikoya qiluvchi “Buxoro tarixi” asari muallifi Abu Bakr Narshaxiy;

  • Fors adabiyoti asoschilaridan biri yurtdoshimiz hamda:

Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,
Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun.
va hayotni birinchi ustoz hisoblab,
Har kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgatolmas hech bir muallim.
kabi xalq orasida mashhur misralar muallifi Abu Abdulloh Rudakiy;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling