1. gulxaniy hayoti va ijodi. Asarning yaratilish va o`rganilish tarixi


Download 58.73 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi58.73 Kb.
#1564296
  1   2   3
Bog'liq
Reja Gulxaniy hayoti va ijodi. Asarning yaratilish va o`rganili


MAVZU: GULXANIYNING “ZARBULMASAL” ASARIDA BADIIY MAHORAT VA MAJOZ MASALALARI

REJA:

1. GULXANIY HAYOTI VA IJODI.
2.ASARNING YARATILISH VA O`RGANILISH TARIXI.
3.“ZARBULMASAL” ASARI TARKIBIDAGI MASALLARDA ILGARI SURILGAN G`OYALAR.
4. ASARDAGI OBRAZLAR.

Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxminan 18-asrning oxiri – Qoʻqon – 19-asrning 20-yillari) – oʻzbek mumtoz shoiri, oʻzbek adibi, masalnavis, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri.


Hayoti va ijodi haqida „Majmuai shoiron“ (Fazliy Namangoniy), „Tuhfat ul-axbob“ (Qori Rahmatulloh Vozeh), „Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron“ (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning „Koʻhiston mulkidan“ ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, oz vaqt hammomda oʻt yoquvchi – goʻlax vazifasida ishlagan (taxallusi shundan). Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda boʻlgan (1801–1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811) soʻng taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Oʻtli hajvlar yaratgan.
Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki (https://fayllar.org/zarbulmasal-v2.html), az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali “avommunos”ni bayon qiladi.
„Zarbulmasal"ni yozishda maqol (https://fayllar.org/1-topshiriq-nazariy-savollarga-javob-yozing-maqol-janri-haqida.html), matal, naql va xalq og'zaki ijodining to'rt yuzga yaqin boshqa namunalaridan mahorat bilan foydalandi. Shuningdek, atroflicha bilimdon ijodkor sifatida u hindlarning buyuk folklor asari ,,Kalila va Dimna” tajribasidan, Muslihiddin Sa'diy, Alisher Navoiy kabi ulug' va mo'tabar adiblarning asarlaridan ham o'rnida foydalandi. „Zarbulmasal" — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg'ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir.
Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imo-ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas (https://fayllar.org/bitiruv-malakaviy-ish-quloqlashtirish-va-quloqlar-taqdiri-masa.html), balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi.

Asarning kompozitsiyasi ham, sujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga masal (https://fayllar.org/ozbekistandaki-masal-arastrmalarnn-tarihi-gelisimi-historical.html), maqol, hikmat va matallardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. „Zarbulmasal"dagi hikoya ichida hikoya yo'sinida berilgan „Maymun bilan najjor", „Tuya bilan bo'taloq", „Toshbaqa bilan chayon" kabi masallar zimmalariga yuklangan badiiy vazifalaridan tashqari ham mustaqil estetik qimmat kast etib, asarning umumiy jozibasini oshirishga xizmat qilgan. „ Zarbulmasal "da qushlar timsolidan foydalanib, insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o'zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. „Zarbulmasal"da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari (https://fayllar.org/6-sinf-adabiyot-4--chorak-test.html); b) hayvon-hasharot obrazlari; v) odam obrazlari tarzida uchga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo'naltirilgan bo'lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o'zaro suhbatlari asnosida namoyon bo'ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo'lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo'lsa- da, ayni vaqtda, har bir qushga xos bo'lgan individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko'pincha, qushlarning otida ularning fe'li aks etadi. Chunonchi, Ko'rqushning ko'rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo'la oladi.


Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahramonlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo'lishiga bogiiq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush — bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o'zidan ham sarmoyaliroq (https://fayllar.org/fonemaning-variantlashuvi.html), taniqliroq kishi bilan quda bo'lishni orzu qiladi.
Zarbulmasal“ asari Tahrirlash
„Zarbulmasal“ asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan samnoo oj pkvvgo j arali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan.
„Zarbulmasal“da „Kalila va Dimna“ da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. „Zarbulmasal“ ning bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud,
OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan.
O'zidan balandlarga intilgani uchun ham o'g'liga Kulonkir sulton deb ism qo'yadi, Boyqush bilan quda bo'lishga urinadi. Adib Yapaloqqush misolida qo'lidan kelmaydigan ishga urinadigan, boylig-u shon-shuhratga mukkasidan ketgan kimsa obrazini yarata'di.U o’z holini bilmaydi, bildirganlarida esa tan olgisi kelmaydi. Yapaloqbibining: ,,O'g'limning asbobi kulangirligi minqori bilan changalidan ma'lum va ravshan emasmu?!" — degan gaplarida uning shaxsiyatiga xos maqtanchoqlik, zo'ravonlik sifatlari ma'lum bo'ladi. Kulonkir sulton ham onasiga munosib farzand. U — qushlar shohining pahlavoni. Kuch-qudrati bilan o'zgalarda dahshat uyg'otishga mohir. Lekin yaxshi tarbiya ko'rmagani, tabiatida yetuklik bo'lmagani uchun ham Ko'rqush unikiga borganda mehmonga qanday muomala qilishni bilmasligini namoyon qiladi. Asardagi mezbonlik tutumi tasviri Kulonkir sulton va uning xizmatkorlarining odamgarchiligiga baho berishga asos bo'ladi. Mehmonga sarqit ovqat taklif etishi, uning ham ko'pini o'zi yeb qo'yishi singari hollarda befarosat (https://fayllar.org/namangan-davlat-universiteti-filologiya-fakulteti-v8.html), yebto'ymas, tarbiyasiz Kulonkirning asl qiyofasi namoyon bo'ladi.
„Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi (https://fayllar.org/sana-09-2016-sinf-2-e-fan-atrofi-olam-mavzu-a-trofimizdagi-ola.html), ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi:
Zarbulmasal" asari tahlili
Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali “avommunos”ni bayon qiladi.

„Zarbulmasal"ni yozishda maqol, matal, naql va xalq og'zaki ijodining to'rt yuzga yaqin boshqa namunalaridan mahorat bilan foydalandi. Shuningdek, atroflicha bilimdon ijodkor sifatida u hindlarning buyuk folklor asari ,,Kalila va Dimna” tajribasidan, Muslihiddin Sa'diy, Alisher Navoiy kabi ulug' va mo'tabar adiblarning asarlaridan ham o'rnida foydalandi. „Zarbulmasal" — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg'ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir.



Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imo-ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi.Asarning kompozitsiyasi ham, sujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga masal, maqol, hikmat va matallardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. „Zarbulmasal"dagi hikoya ichida hikoya yo'sinida berilgan „Maymun bilan najjor", „Tuya bilan bo'taloq", „Toshbaqa bilan chayon" kabi masallar zimmalariga yuklangan badiiy vazifalaridan tashqari ham mustaqil estetik qimmat kast etib, asarning umumiy jozibasini oshirishga xizmat qilgan. „ Zarbulmasal "da qushlar timsolidan foydalanib, insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o'zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. „Zarbulmasal"da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari; b) hayvon-hasharot obrazlari; v) odam obrazlari tarzida uchga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo'naltirilgan bo'lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o'zaro suhbatlari asnosida namoyon bo'ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo'lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo'lsa- da, ayni vaqtda, har bir qushga xos bo'lgan individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko'pincha, qushlarning otida ularning fe'li aks etadi. Chunonchi, Ko'rqushning ko'rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo'la oladi.
Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahramonlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo'lishiga bogiiq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush — bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o'zidan ham sarmoyaliroq, taniqliroq kishi bilan quda bo'lishni orzu qiladi. O'zidan balandlarga intilgani uchun ham o'g'liga Kulonkir sulton deb ism qo'yadi, Boyqush bilan quda bo'lishga urinadi. Adib Yapaloqqush misolida qo'lidan kelmaydigan ishga urinadigan, boylig-u shon-shuhratga mukkasidan ketgan kimsa obrazini yarata'di.U o’z holini bilmaydi, bildirganlarida esa tan olgisi kelmaydi. Yapaloqbibining: ,,O'g'limning asbobi kulangirligi minqori bilan changalidan ma'lum va ravshan emasmu?!" — degan gaplarida uning shaxsiyatiga xos maqtanchoqlik, zo'ravonlik sifatlari ma'lum bo'ladi. Kulonkir sulton ham onasiga munosib farzand. U — qushlar shohining pahlavoni. Kuch-qudrati bilan o'zgalarda dahshat uyg'otishga mohir. Lekin yaxshi tarbiya ko'rmagani, tabiatida yetuklik bo'lmagani uchun ham Ko'rqush unikiga borganda mehmonga qanday muomala qilishni bilmasligini namoyon qiladi. Asardagi mezbonlik tutumi tasviri Kulonkir sulton va uning xizmatkorlarining odamgarchiligiga baho berishga asos bo'ladi. Mehmonga sarqit ovqat taklif etishi, uning ham ko'pini o'zi yeb qo'yishi singari hollarda befarosat, yebto'ymas, tarbiyasiz Kulonkirning asl qiyofasi namoyon bo'ladi.
„Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi:
Orazidin shams-u qamardir xijil,
So'zlaridin shahd-u shakar munfail.
Hosili umri edi ul boyning,
Oti Gunashbonu o'shal oyning.
Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur",— degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko'bga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi.
Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko'rsatadi. Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qo'l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Kordon xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga beriladigan bahoning asosi bo'lishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari o'quvchi Kordonning himmat kamarini g'aravdek bir necha yerdan bog'lashining sababini anglab olishi osonlashadi. Kordonning Tummtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechog'lik o'z o'rnida ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy qudratini anglash imkonini beradi. Turumtoy qo'llagan: „Yomon otga yol bitsa, yoniga to'siq bog'lamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo'ndirmas" degan maqol Boyo'g'lini xafa qilganligining sabablari to'g'risida o'ylab ko'rilsa, noo'rin ishlatilgan haq gap foyda o'rniga zarar keltirishi mumkinligi ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy yo'sinda anglatish, tuydirishdan iboratdir. Kordonning Boyqushga qarata aytgan bo'yi yetgan qizning onasi bilan gap talashishi xususidagi to'g'ri gapining nafsoniyatiga tegishi, darg'azab qilganligi tasviri Kordon shaxsini tavsiflashga asos bo'ladi. Kordonning gapidan Boyo'g'lining hamiyati zarar yegan ota sifatida achiqqlanishi esa uning shaxsiga xos jihatlarni baholash imkonini beradi. Asarda odamning vaziyatga, - suhbatdoshning farosatiga qarab o'zgarib turadigan mavjudot ekanligi Ko'rqushga umidvor qiluvchi so'zni aytgan Boyo'gii Kordonni noumid qilganligi tasvirlangan o'rinlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Buni Kordonning: „U „tokcha" dedi, biz „mo'ri" dedik, jo'nay berduk", „Quda bo'lduk, judo bolduk" degan so'zga yo'qmiz",— degan mulohazalaridan anglab yetish mumkin. Ko'rqushning: „Farg'ona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib o'tib edik. Agar Movarounnahr tobeotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin",— degan so'zlari ustida o'ylab ko'rish o'quvchilarga matn ustida atroflicha fikrlashish imkonini beradi. Bu qarashni Gulxaniyning amir Umarxonga qilgan xushomadi, kinoyasi tarzida ham,. Turkistondagi boshqa xonliklardan Farg'ona tuzuk edi yo'sinidagi vatanparvarligi shaklida ham talqin etish mumkinkj, bu hol kishida mustaqil fikrlashga imkon berganligi bilan diqqatga molikdir. Bu haqda asosli xulosa berishda tarix fanidan bilgan ma'lumotlarga tayanilsa, foydali bo'ladi. Farg'ona bilan Buxoro va Xiva xonliklarini o'zaro solishtirish asarning tag ma'nosini teranroq anglashga yo'l ochadi.

„ Zarbulmasal"ning majoziy ma'nosi, asardagi har bir qush obrazining biror toifaga mansub jonli odamni ifodalashi, bir-birini „cho'qib" emas, balki ,,chaqib" olishga tayyor, tili zahar qushlar timsoii Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish fnaqsadida tasvirlanganligi anglab yetilgandagina asardan chiqariladigan badiiy va hayotiy ma'noning qimmati yuqori bo'ladi.



Download 58.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling